Volume – 6_ Issue-1_May_2022 38 Pedagogika – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir.
Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy
qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning
ustozi bo‘lmasa. U hukumat rahbari, buyuk allomalarni, shifokorlarni, xalq mehrini
qozongan yozuvchimi yoki qo‘ligul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z
ustozi va hayot yo‘lini charog‘on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi.
Jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib,
turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni malakasini
oshirish
ilmiy-metodik
markazlari
kengaytirilmoqda,
ularning
siyosiy
tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda; har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari
uchun shart-sharoit yaratilmoqda.
Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda,
birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta'sir ko‘rsatadi.
U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini
bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish
natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi,
oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy
fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o‘z kasbini sevishi
va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqat o‘qituvchi –tarbiyachi boshqa kasb egalaridan
ajratib turiladi. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga quyiladigan muhim talablaridan biri
shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
Predmetni va uning nazariyasi chuqur bilishi bolalarni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini
oshiradi.Bu pedagog – tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos
bo‘lgan muhim fazilatlaridan talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan
qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va
bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar
qilaoladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo‘la oladi.
Bolaga befarq uning kelajagi va qiziqmaydigan tarbiyachilik kasbiga loqayd odam
haqiqiy pedagog – tarbiyachi bo‘la olmaydi.