Volume – 6_ Issue-1_May_2022 39 Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi.
O‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi
shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada
pedagoga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga chinakam ma'naviy
murabbiysi bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog
faoliyatining
muvaffaqiyati
pedagogik
qobiliyatlarining
mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik mahoratiga
erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik,
pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik
muommolar kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida,
shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi.
Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishni yuksak darajada va
doimiy ravishda takomillashtirib borish san'atidir.
Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish. Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari,
kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga
madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish
odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik,
kattalarga xurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va
hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati
natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.Xalq san'ati, musiqa,
ashula, adabiyot, tasviriy san'atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli
qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim,
malaka va ko‘nikmalarni ma'lumbir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni
tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z
kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidagi
shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli bilimlarni
egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay