JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–19_Issue-3_December_2022
140
MUSIQA MADANIYATINING INSON HAYOTIDAGI O'RNI
Dinora Soporboyeva San'atovna
Xorazm viloyati Shovot tumani
1-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Annotatsiya:Ushbu maqolada mamlakatimizda musiqa san'ati doirasida amalga
oshirilayotgan ishlar, musiqa madaniyati tushunchasi va umumta'lim maktablarida
musiqa madaniyatini o‘qitish metodikasi xususida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: musiqa, epik, lirik, dramatik, tovush, ton, ijro, oktava,madaniyat
Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam
olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr,
sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli
ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab
topish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa
darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning
yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol
mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda.
Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari,
tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida
aks ettiruvchi san'at turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi
mu-ayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari
(masalan,koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv
va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning
irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni,
uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy
imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari —
Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom
Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqalar tomonidan yuqori baholangan, sharh va
ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib
kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli
tabiati bilan bogʻliqdir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning oʻzaro
munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi.
Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra musiqa mazmuni ham turli — epik,
dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi,
ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika musiqaning „botiniy“ tabiatiga ancha
Dostları ilə paylaş: |