“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 399
egalari to‘g‘risida ma’lumot berishlari kerak. Tasvirlangan kasb nomini,
qanday ish bilan shug‘ullanishi va qayerlarda ishlashlari to‘g‘risida bilganlarini
gapiradi. O‘quvchilar tomonidan berilgan javoblarni o‘qituvchi qo‘shimcha
ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Agar o‘quvchilar kartochkalarda tasvirlangan kasb
egalarini nomlarini topmasa bu kartochka boshqa o‘quvchiga beriladi. O‘yin shu
tariqa davom ettiriladi.
“Mo‘jizalar maydoni” o‘ yinida kasb nomlari harflar sonini hisobga olib
qog‘ozga katakchalar chiziladi. O‘ylangan kasb nomi shu katakchalar soniga teng
kelishi kerak. O‘quvchilar katakchalarning soniga qarab harflarni aytishadi.
O‘qituvchi o‘quvchilar aytgan harflarni katakchalarda borligini ko‘rsatadi. Keyin
o‘quvchilar qolgan harflarni ham aytib o‘tishadi. Oxirida o‘quvchilar kasb nomini
topishadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi dunyo miqiyosida axborot
kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa
sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga
o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki,
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila
olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim.
Buning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi darsni tashkil etish jarayonida
barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo‘lgan usullarni tanlashi va qo‘llay
olishi, ko‘rgazmali materiallardan foydalanishi, innovatsion texnik vositalarni
tadbiq qilishi, ta’lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, didaktik
o‘yinlardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.