“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
396
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DIDAKTIK
O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING TA’LIMIY AHAMIYATI
Ismailova Asaljon Qutliboy qizi
Urganch Davlat Universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
mazkur maqolada ona tili va o‘qish
savodxonligi darslarida
didaktik o‘yinlardan foydalanishning ta’limiy ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Unda darsni samarali tashkil qilishda didaktik o‘yinlardan foydalanishga ijodiy
yondashilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, ona tili va o‘qish
savodxonligi, o‘yin,
didaktik o‘yinlar, ijodiy tasavvur, dars samaradorligi.
Didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilar zehnini o‘stirish, tez hisoblash
va hamjihatlik,
birdamlik, ahillik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda katta
ahamiyatga ega.
Bilamizki, maktabning 1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan har bir bola
faoliyatida o‘yin asosiy o‘rin turadi. O‘yin bola
hayotining ajralmas qismi
hisoblanadi. O‘yin ularning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib, bolalar har qanday
mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borishga harakat qilishadi. Shu
boisdan mohir pedagog bola psixologiyasini chuqur
anglaganligi sababli bola
hayotidan o‘yinni chiqarib tashlamagan holda darslarni didaktik o‘yinlar bilan birga
olib borsa ko‘zlagan natijasiga erisha oladi. O‘quvchilar faoliyatida didaktik o‘yinlar
ta’lim jarayonining samaradorligini oshishida katta yordam beradi. Didaktik o‘yinlar
orqali bolaning aqliy faoliyati, jismoniy faoliayati va dunyoqarashi kengayadi, atrof-
muhit, buyumlar, o‘simliklar,
hayvonot olam, tabiat hodisalari,
manzaralari bilan
tanishadilar.
Ona tili va o‘qish savodxonligidan tashqari boshqa darslarda ham didaktik
o‘yinlardan keng foydalaniladi. Masalan, matematika darslarida didaktik