Jurnalistika fan sifatida- jamiyatda amaliy jurnalistikani yaratish va
boshqarishning to‘liq siklini, uning ijtimoiy jarayonlardagi o‘zgarishlarga ta’sirini
qamrab oluvchi badiiy, madaniy, tarixiy, sotsiologik va boshqa fanlar tizimi.
Jurnalistika – qariyb qadimgi kasb... bir so‘z bilan aytganda, ikkinchi eng qadimgi kasb.
Interaktiv jurnalistika kelib chiqish tarixi va asosiy tamoyillari.
Interaktiv jurnalistika negizida zamonaviy g‘arb falsafasi va sotsiologiyasi tarkibidagi interaksionizm yo‘nalishi turadi. Aynan ijtimoiy interaksiya: «… alohida individ, guruh, ijtimoiy sistemalar, jamiyatlarning o’zaro ta'sir ko’rsatish jarayonidir.»
1.Bu yo’nalishning asosiy maqsadi – ijtimoiy o’zaro bog’liqlikning ramziy qirralariga e'tibor berish, ularning muhimligini tan olish va ularni tahlil qilishdan iboratdir. Interaksionizm va uning asosiy vositasi sifatidagi til - insonlararo muloqotning tayanch nuqtasi, ikki tarafga ham ta'sir etuvchi imkoniyat degan g’oyalarni ilgari suradi. Shuning uchun ijtimoiy o’zgarishlar , turli jabhalarning faollashuvi davrida interaksionizm g’oyalari ko’pgina sohalar bilan uyg’unlashadi. Jumladan, jurnalistikaga ham kirib keldi.
Interaksionizm so’zining lug’aviy ma'nosiga kelsak, «inter»- o‘zaro, «aksio»- faoliyat, o’zaro faoliyat yuritish, bizning mavzumizda axborot almashish, keng ma'noda esa, ijtimoiy ta'sir ko’rsatish darajasini ko’tarish, ya'ni muloqot jarayonida axborot almashinuvining ikki taraflama faollashuvini bildiradi, o‘zaro o‘rganmoq ma'nolarini anglatadi.
« Uning e'tiborining markazida individlarning o‘zaro ta'sir qilish jarayoni nazarda tutiladi. Ammo har bir shaxs ushbu jarayonning bir sub'ekti sifatida namoyon bo‘lishi bilan birga abstrakt holatda emas, balki alohida ijtimoiy guruhning namoyondasi, o‘zining ijtimoiy vazifasini bajaruvchisi sifatida talqin etiladi.»
2. Biz bugungi jamiyatimizda jurnalistikaning ijtimoiy interaksiyali ko‘rinishlarini kam uchratamiz. Odamlarning dunyoqarashi o‘tmishda qolgan totalitar sovet tuzumi davrida shakllanib qolgan. Totalitar tuzumning kollektivizm g’oyalari insonning shaxsiy fikrini bug’ishga, o’zining va o‘zgalarning dunyoqarashlarini hurmat qilmaslikka qaratilgan edi.
Bu hol esa ularning ruhiyatini, fikr bildirish qobiliyatini passiv holatga keltirib qo’ydi. Bunday holat garchi yuz foiz bo’lmasada, jamiyatning aksariyati uchun odatiy holga aylanib qolgan.
Ijtimoiy guruh ko‘rinishida namoyon bo’ladigan auditoriya interaktiv jurnalistikada passiv qabul qiluvchi emas, axborot olish va tarqatishda faol ijodkorga , o‘zining ichki imkoniyatlarini namoyon qiluvchi ijtimoiy interaksiyaning ishtirokchisiga aylanadi. Interaktivlik ommaviy axborot vositalari yordamida o‘zining jarayonlariga barchaning diqqat – e'tiborini jalb qiladi, shuuridagi fikr – mulohazalarning jonlanishiga qaratiladi.
Ming yillar avval insoniyat paydo bo’lganidan beri, uni taraqqiyotga undagan so’z, bugun jurnalistika orqali insonlarni fikrlashga , o’z dunyoarashlarini ifodalashga, hayotini erkinlashtirishga undamoqda. Bugungi radio o’sha ming yillik og’zaki nutqning kuchini va ta'sirchanligini yana tikladi.
Bunda auditoriya – OAVning ta'sir doirasi uchun xizmat kiluvchi vosita emas, balki OAV– auditoriya fikrini aks ettiruvchi vositasiga aylanmoqda. Demokratik jamiyatda har bir inson yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan
qat'iy nazar, o’zining fikrlarini ifoda etish va u bilan hisoblashish huquqiga egadir.
Interaktivlikda auditoriyaning har bir so’zi efir orqali yana auditoriyaga qaytib keladi. Bu ommaviy axborot vositasi uchun juda muhim jarayon. . Auditoriyaning dunyoqarashi, kayfiyati, mentaliteti interaktiv jurnalistikaning u yoki bu darajada takomillashuvini belgilaydi. Bizning kishilarimiz G’arb kishilaridek ko’p gapirishga, o’zini namoyish qilishga moyil emas. Gapirishdan ko’ra tinglashni xush ko’rishadi. Shuning uchun interaktiv usullarni joriy etish nafaqat texnikaviy ( telefon, radio, apparatura) shu bilan bir qatorda urf – odat, mentalitet tusiqlarini yengib o’tishni nazarda tutadi. Interaktivlikka soha mutaxassislari qatorida efir hammuallifi bo’lgan auditoriyani ham tayyorlash zarur. Boshqacha qilib aytganda, yangi erkin jamiyat qurish uchun, eng avvalo, fuqarolar faolligini oshirish darkor, interaktiv radio esa aynan ushbu vazifani bajaradi.
Jurnalistika doim interaktiv usulda taraqqiy etmaydi, ammo doimo auditoriyaning aks –sadosini nazarda tutib faoliyat ko’rsatadi. Qaysidir ma'noda, auditoriyaning fikrini bilishga , dialogga, o’z ta'sir doirasining samarasini aniqlashga intiladi. Interaktivlik – jurnalistikaning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan xususiyatdir. Bu xususiyatning interaktiv usulda namoyon bo’lishi boshqa muammodir. Interaktivlikning ko’rinishlari jurnalistikaning turli janrlarida ham namoyon bo’ladi. Ommaviy axborot vositalariga auditoriyani jalb qilishda, uning ommaviyligini oshirishda interaktiv jurnalistika yangi yo’nalish sifatida
rivojlanmoqda. Unda asosiy muallif sifatida auditoriya fikr bildiradi va ijodkor bo’ladi.
Avvalambor, interaktiv usulda tayyorlangan material auditoriyani fikrlashga o’rgatadi, uni o’ziga bo’lgan ishonchni paydo qiladi. Bunga, ayniqsa, kommunofashistik iskanjasida qolgan sobiq Sovet tuzumi davlatlari odamlarida katta ehtiyoj bor. Chunki bu davrda tarbiyalangan odamlar aksariyat holatlarda o’ziga ishonmagan, o’zini va o’zligini hurmat qilmaydigan tarzda fikr yuritishadi. Ular boshqalarga ham xuddi shunday munosabatda bo’lishadi. Bunga ularni tarbiyalab voyaga yetkazgan ijtimoiy muhit, siyosiy tuzum va boshqa faktorlar asosiy omil bo’lgan. Bu davrda ,ma'lumki, odamlar fikrini bug’ishga, nafaqat uzbek, balki , barcha millatlarning ziyoli qatlamini yo’qotishga harakat qilindi. Ijtimoiy, siyosiy, ruhiy bir xillikka intilish natijasida odamlar tanlash, fikr bildirish, irodasini ifoda etishdan maxrum qilindi. Shu o’rinda bir hayotiy misol keltirsak.
Odatda ma'lum bir yoshdagi bolalarning guruhida «tarbiyasi og’ir»lari bo’ladi. Ularni «tarbiyalanmagan» deb bulmaydi. Chunki aynan ularning ustidan qayta- qayta tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Do’q-po’pisa, qo’rqitish va negativ ruhiyatda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar bolalarni o’zining ichiga yanada kirib ketishga turtki bo’ladi . Endi ular odamlarning yaxshiliklariga ishonmaydigan, ulardan va butun olamdan faqat yovuzliklar kutadigan bo’lishadi. Ruxshunoslar nuqtai nazaridan olganda, bu bolalarga nisbatan juda e'tiborli bo’lish , ularning fikrlarini diqqat bilan tinglash va qo’llab quvvatlash juda muhim.
Sobiq sovet tuzumi davrida yashagan va tarbiyalangan odamlarning aksariyati ham « tarbiyasi og‘ir» bolalar kabi, butun dunyoga arazlagan, nimaga yoki kimga ishonishni, kimga bo’ysunishni bilmaydigan avlod bo’lib qolgan nazarimda. Ba'zilarning o’ta dinga berilishini, kimdir pulga ruju qo’yishini, turli terroristik oqimlar ostiga tushib qolishini ana shular bilan izohlash mumkin. Bu davrni faylasuflar « Ma'naviy inqiroz» davri deb ataganlar.
Demokratik tuzumga o’tishda odamlarning fikrlarini tinglash, ularni qiziqishlarini qondirish - vujudga kelgan og’ir vaziyatdan chiqib ketishning imkoniyatlaridan biridir. Bu imkoniyatni ro’yobga chiqarish va keng ommaga taqdim etishda ikki taraflama aloqaga asoslangan ommaviy axborot vositalarning ahamiyati katta . Avvalambor ommaviy axborot vositalarini xususiylashtirish, senzurani bekor qilish, jonli efirni yo’lga qo’yish erkin matbuotning yaratilishi uchun yagona zamindir.
Dostları ilə paylaş: |