Interaktiv matbuot afzallikari va bugungi kun muammolari.
Gazeta va jurnallarning Internet variantlari materialllari o’zining dolzarbligi, yangiligi, eng so’nggi axborot veb- kengliklariga uzatiladi . Masalan , Iroqdagi Urush holatlari,Dubrovkadagi terrakt, «Kursk»ning cho’kishi, Ostankino teleminorasidagi yong’in haqida Runet saytida har daqiqada axborot berilgan.
Terish, korrektura, verstka, montaj kabi uzoq texnologik jarayonlar interaktiv jurnalistikada yuk. Eng yirik yangiliklar saytlari o’ziga xos dastur bo’yicha ishlaydi. Masalan, www Lenta ru sayti uchun odamlar axborotni yangiliklar lentasiga joylatirib, sung matnni veb- interfeys yoki FTP papkalalarga qo’shiladi.Yandeksda esa, yangiliklar boshqacha tayyorlanadi.Unda qidiruvchi robot partnerlar saytiga kirib, ular uchun maxsus tayyorlangan eksport saytini har 10-15 daqiqada olib turadi.Natijada www ntwc yandex ru partnyorlar yangiliklarining matniga giperssilkada( maqolaning nomi ) va Lead – qisqacha anons paydo bo’ladi.Shunday qilib, yangiliklar radio, TV yoki gazetada chop etilishidan oldin veb kengliklarida paydo bo’ladi.Bugungi kunda mutaxassislarni elektron OAVlar matbuotining o’rnini bosa oladimi degan savol o’ylantiryabdi.Qozog’istonning kompyuter Inter face kz nashriyoti tomonidan bir qancha tekshiruvlar o’tkazilib, quyidagi natijalarga kelishdi. Internet paydo bo’lganidan keyin har bir odam o’zining ijod namunsini internetda chop etish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bunday absolyut demokratiya Internet ramkasida samizdat tushunchasini shakllantiradi. Shunda samizdatning qonuniga binoan faqat eng yaxshi maqolani o’quvchi o’qiy boshladi- ya'ni tanlov xususiyati paydo bo’ldi. Bugungi kunda shunday saytlar borki, ulardan bir kunda 100 000 ga yaqin o’quvchilar foydalanishadi. Masalan, www new york times com. Ularga bugungi kunda obunachilar eng so’nggi yangiliklar uchun kattagina pullarini to’lashadi. Shuning uchun zamonaviy gazeta va jurnallar internetda o’zining veb- sahifalarini ochishga majbur bo’lishmoqda. MDX territoriyasida Izvestiya, Kommersant,Karavan, Panorama, Kazaxstanskaya pravda, Vremya, Novoe pokolenie kabi nashriyotlar o’zining veb- sahifalariga ega. Lekin har biri Internetda o’ziga yarasha yo’l tanlagan. Nashriyotlarining ba'zilari, Internetda sahifalarini takrorlashadi, ba'zilari yangiliklar bozorida raqobat jangiga kirishib ketishgan.U yoki bu holatlarda mualliflik huquqi buzilishi holatlari tez-tez uchrab turadi va bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan.Lekin keyinchaik Internet ko’pchilik internetdan ko’chirmachilikni to’xtatib, undan faqat ma'lumotlarnigina oladigan buo’ladi, deb umid qilinyabdi.
Shunday qilib, har qanday zamonaviy obunachi o’z xonasida o’tirib, eng so’nggi yangliklarni, ob-havo ma'lumotlarini, valyuta kurslarini olishi mumkin.Menejerlar www e-xecutve ru, texnik mutaxassislar www triz- ri ru , marketologlar saytlaridan o’zlariga kerak bo’lgan ma'lumotlarni olishlari mumkin.Masalan Rossiyada Internetdan foydalanuvchilar soni bugungi kunda 2,5 millionga yetdi.U yerda Internet OAV soni 500 dan ortik.Agar xar bir Internet OAV uchun 10ga yakin mutaxassis jalb kilinganini xisoblasak, bu saytning ijodkori 5000 ga yakin Internet obunachi ga mehnat qilayotgani ma'lum bo’ladi.
Shu bilan birga tarmoqdagi nashriyotlarda ixtiyoriy o’zining materiallarini chop etuvchi –bloggerlar ham bor.Shuning uchun bunday Internet «jurnalistlar» saviyasi nisbatan qoniqarli emas.Tarmoqdagi nashriyotlar u yoki bu darajada yangiliklarni qayta- qayta tayyorlashadi.O’z navbatida mualliflik huquqi ham buziladi.Chunki ko’pchilik nashriyotlar original material sotib olishga qurbilari yetmaydi.Tahliliy sifatli material tayyorlaydigan prffesionallar bu borada o’z mahoratlarini yuqori baholashadi.
Interaktiv jurnalistika bilan bosma matbuotning kamchilik va afzalliklari:
1)Matbuotdagi gazeta –jurnal materiallarning mahoratli yozilganligi.
2) Jurnalni topish oson, ammo internetda ma'lum tor sohani rubrikalarini tanlab o’qish qulay.
3) Internet uchun katta maqolalarni tayyorlashmaydi. Ko’pchilik komp'yuter ekranidan o’qishdan ko’ra, matnni printerdan chiqarib o‘qiydi.
4) Jurnal gazetalardagi reklamalar internetdagidan samaraliroq.
5) Gazeta –jurnallarda qog‘oz va texnologiya muammolari bor.
6) Gazeta va jurnallarni tarqatish katta mablag’ talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |