Jro etuvchi hokimiyat



Yüklə 102,1 Kb.
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü102,1 Kb.
#180733
1   2   3   4   5   6
IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT TIZIMI

Birinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tayinlanadi.
Bunda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi taqdim etiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi;

  • Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi;

  • Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

Ikkinchi bosqichda Vazirlar Mahkamasi qolgan a’zolari shakllantiriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazirning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri:
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan;
Bosh vazir o‘z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda;
Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbusni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar etakchi fraksiyalari qo‘llab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qo‘yilganda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.
Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi.

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish.
Bosh vazirni lavozimidan ozod etish asoslaridan biri unga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish hisoblanadi. «Votum» so‘zi (lotincha «votum») o‘zbek tilida «fikr», «istak» degan ma’nolarni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
YAngi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradiIjro hokimiyati organlari tushunchasi va ularning o'ziga xos xususiyatlari

Turli huquq sohalari mutaxassislarining davlat organlari va xususan ijro hokimiyati oiganlari tushunchasi, mazmuni va ahamiyati muammolariga bag'ishlangan ko‘pdan-ko‘p ilmiy izlanishlari mavjuddir. 90-yillaming boshlaridan, ya’ni sobiq Ittifoqning parcha- lanishi, yangi davlat tuzilmalarining shakllanishi va rivojlanishi bilan, bu muammoga bo'lgan e’tibor yanada kuchayib bordi. Bu ayniqsa, davlatlar tomonidan asosiy qonunning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi bilan yanada jonlandi.0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya asosida davlat hokimiyatining bo'linishi prinsipining o‘matilishi bilan, davlatning — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga bo'linishi mustahkamlandi.





Yüklə 102,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin