tashfdliy-huquqiy shakliga ko'ra quyidagilarga boiinadi: a) hukumat (Vazirlar Mahkamasi); b) vazirliklar, d) davlat qo'mitalari; e) agentliklar, f) qo‘mitalar, g) ko- missiyalar, h) markazlar, i) davlat aksionerlik kompaniyalari; j) davlat uyushmalari; k) davlat konsemlari; 1) davlat korpo-ratsiyalari; m) davlat assosiatsiyalari; n) departamentlar, o) inspek-siyalar va boshqalar;
5) Ijro hokimiyati organlarida rahbarlikni amalga oshirish shakliga ko'raular quyidagilarga boiinadi:
a) yakkaboshchilikka asoslangan organlar, b) kollegial organlar, d) yakkaboshchilik va kollegial rahbarlik uyg'unlashgan (ya’ni aralash shakldagi) organlar. 0‘zbekiston Respublikasida aksariyat ijro hokimiyati organlarida yakkaboshchilik bilan kollegial rahbarlikning uyg‘unlash- ganligini ko'rish mumkin;
6) mablag bilan ta’minlanishiga ko'ra Ijro hokimiyati organlari ikkiga boiinadi:
a) davlat va mahalliy budjet mablag‘laridan moliyalash-tirila- digan organlar. Mazkur davlat organlari ishlab chiqarish yoki moddiy boyliklaming muomalasi bilan bevosita bogiiq boimay, mulkiy mustaqillikka ega emas; ularning majburiyatlari uchun davlat javobgardir;
b) xo'jalik hisobidagi organlar. Ushbu davlat organlari mulkiy mustaqillikka ega boiib, asosiy va muomala vositalariga ega; o‘z majburiyatlari bo‘yicha o'zlarining mulki bilan bevosita javobgar boiadilar; ularning faoliyati moddiy boyliklami ishlab chiqarish, pulli xizmatlar ko'rsatish bilan bogiiqdir.
Oxirgi vaqtlarda ijro hokmiyati organlarini mablag* bilan ta’minlashning aralash shakli ham namoyon boimoqda. Bu guruhga kiruvchi davlat oiganlari xarajatlarining ma’lum bir qismi budjetdan, ma’lum bir qismi esa xo'jalik yuritishdan qoplanadi.