Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə8/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Ikkinchidan biogeografiya turli xil rayonlarni florasi va faunasi, hayvonot dunyosi va o’simlik qoplamini xususiyatlarini o’rganish asosida, shu ma'lumotlarni solishtirib, yer sharini rayonlashtirish, bir-biriga qaram bo’lgan biogeografik shu jumladan floristik va faunistik oblastlarni ajratishni amalga oshiradi. Biogeografiyani bu qismi regional biogeografiya deb ataladi.
Uchinchidan, biogeografiya organizmlarni hozirgi davr tarqalishini sababalarini, o’simlik qoplami va hayvonot dunyosining geografik muhit bilan bog`liqligini aniqlaydi. Biogeografiyani organizmlarni tarqalishi va tarqalishi bilan ekologik xususiyatlar o’rtasida, mavjud bo’lgan aloqalarni o’rganadigan bu qismi ekologik biogeografiya deb ataladi.
To’rtinchidan, biogeografiya organizmlarni tarqalishida va ularni birlanishida yerning geologik taraqqiyot tarixini ahamiyatini o’rganadi. Biogeografiyani bu bo’limi tarixiy biogeografiya deb ataladi.
Biogeografiyada evolyutsion g’oyalarning rivojlanishi. Hayvon va o’simliklar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi va tarqalishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadim zamonlardan ma’lum. Bu ma’lumotlarni umumlashtirishni birinchi bo’lib, eramizgacha yashagan Aristotelning ishlarida uchratamiz. U hayvonlarning 500 turini o’rganib, ularning xulq—atvori, ko’chib yurishi, qishda uyquga ketishi va qushlar to’g’risida ma’lumotlar qoldirgan.
O’simliklarning tashqi muhit bilan bog’liqligi to’g’risidagi masalalarni eramizgacha bo’lgan 372—277-yillarda yashagan Teofrast va yangi eraning 23—79 yillarida yashagan Katta Pliniy o’rgangan. Teofrast o’simliklarning shakli, o’sishi iqlim, tuproq sharoitiga bog’liqligini aniqladi. U o’simliklarning hayotiy formalari ekologik tasnifini berdi.
O’rta asrlarda yashagan Abu Ali Ibn Sino dorivor o’simliklarning morfologiyasi, nomlarining kelib chiqishi, tarkibi va geografiyasini o’rganib, ular to’g’risida ma’lumotlar qoldirgan.
Ekologik ma’lumotlarni XI asrda SHarqiy Turkistonda yashagan Mahmud Qoshg’ariyning ishlarida uchratamiz. Uning yozgan kitoblarida 200 ta o’simlik to’g’risida ekologik, morfologik va geografik ma’lumotlar bor.
O’rta Osiyo o’simliklari va hayvonlariga doir botanik va geografik ma’lumotlarni Z. Bobur asarlarida uchratamiz.
O’rta asrlarda ekologiya masalalari bilan Alьbert Velikiy shug’ullangan. U o’simliklarning tinim holiga o’tishini o’rgangan.
Ekologik kuzatishlarga oid ma’lumotlarni XVIII asr tabiatshunoslari- K.Linney, J.Byuffon. P.S.Pallas va I.I.Lepyoxin asarlarida uchratamiz.
XIX asrda nemis tabiatshunosi A.Gumbolьdt o’simliklarning haroratga bog’liq tarqalishini o’rganib, hayot formalarining tasnifini berdi.
Moskva universitetining professori K.F.Rulьe hayvonlar ekologiyasi sohasida katta ishlar olib bordi va bir qator asarlar qoldirdi. U suv va yer yuzida yashovchi, hamda boshqa hayvonlarni tiplarga bo’lgan. N.A.Lepyoxin o’simliklarning har xil iqlimlarda tarqalishini o’rganib, baland tog’da o’suvchi o’simliklarning tundra o’simliklari bilan o’xshashligini aniqladi.
Ch. Darvinning (1859) evolyutsion nazariyasi ekologiya tarixida yangi davrni boshlab berdi. 1877-yilda nemis olimi K.Myobius biotsenoz to’g’risidagi tushunchani kiritdi. 1895-yilda Varmingning "Tashqi muhit ta’sirida o’simliklarning tarqalishi" degan kitobi chop etildi.
XX asrda ekologiya metodlarining takomillashishi bilan yangi ekologik omillar- kun uzunligi, tuproq eritmasining reaktsiyasi, mikroelementlar ta’siri o’rganila boshlandi.
Antropogen omillarning tabiatga ko’rsatadigan ta’sirining kuchayishi natijasida ekologiya o’rganadigan masalalar doirasi kengaydi. Masalan, havoning gazlar bilan zaharlanishi, radiatsiya va boshqalar.
Turli geografik zonalarda tirik organizmlarning tashqi muhit bilan bog’liqligini birinchi marta V. V. Dokuchaev o’rgangan. U tabiat zonalarining iqlim omili bilan bog’liqligini o’rgandi.
V.I. Vernadskiyning ilmiy ishlarida biosfera to’g’risidagi ta’limot berilib, unda tirik organizmlarning biosferadagi roli o’rganildi.
Populyatsiyalar ekologiyasi ingliz olimi CH. Elton (1930) tomonidan rivojlantirildi. U ayrim organizmlarni o’rganishdan populyatsiyalarni o’rganishga o’tish zarurligini aytdi, chunki moslashish jarayonlari populyatsiya miqyosida kechadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin