Ko’hitang tog’-o’rmon davlat zakaznigi. Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan. Zakaznikning maydonida burama shoxli echki, tojik tog’ qo’yi, burgut hamda arxeologik yodgorliklar — tosh davridagi ovchilarning rasmi solingan tasvirlar muhofaza qilinadi.
Nurumtubek tog’ davlat zakaznigi. Bu zakaznik hududida yovvoyi cho’chqa, bo’rsiq, tolay quyoni, Xiva qirg’ovuli muhofaza qilinadi.
Oqbuloq tog’ davlat zakaznigi. Toshkent viloyatida tashkil etilgan. Bu yerda yovvoyi cho’chqa, yelik, Markaziy Osiyo echkisi, oq tirnoqli ayiq, farg’ona oq suvsari, suvsar, Farg’ona bo’rsig’i, Turkiston silovsini, bars, ilvirs, menzbir sug’uri va qizil sug’ur, kaklik, burgut, tasqaralar muhofaza qilinadi.
Dengizko’l cho’l-ko’l davlat zakaznigi. Buxoro viloyatida tashkil etilgan. Bu yerda mavsumiy va qishlovchi qushlar hamda ko’lga suv ichish uchun keladigan hayvonlar muhofaza qilinadi.
Amudaryo qayir davlat zakaznigi. Qayirda uya quradigan va mavsumiy suv parrandalarini muhofaza qilish maqsadida Qoraqalpog’istonda tashkil etilgan.
SHabboz to’qay zakaznigi. Xorazm vohasida tashkil etilgan bu zakaznik cho’chqa, chiyabo’ri, qum bo’rsig’i, qamish mushugi, qum quyoni, Xiva qirg’ovulini saqlash hamda to’qaylarda yashaydigan xongul bug’usini tiklash maqsadida tashkil etilgan.
Xorazm cho’l davlat zakaznigi. Bu ham Xorazm vohasining chekkasidagi suv havzalariga va qumli cho’llarga xos hayvonlarni tiklash va muhofaza qilish maqsadida barpo qilingan.
Tabiatni muhofaza qilishda qo’riqxona va zakazniklardan tashqari kichikroq maydonlardagi tabiiy ob’ektlar, ya’ni «tabiat yodgorliklari» muhofazaga olinadi. Masalan, valunlar — muzlik qoldiqlari, «qo’y peshonalar»— muzliklarning qoyalarga ishqalanishi, jimjimador qoyalar — tog’ jinslari nurashining guvohidir. Umumiy xarakteriga ko’ra, tabiat yodgorliklari geologik-geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo’linadi. Geologik-geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog’ jinslari, valunlar, g’orlar, karst voronkalar, vulqon kraterlari, geyzerlar, qadimiy okean, dengiz, ko’l va daryo qirg’oqlari, muzlik izlari, «qo’y-peshonalari», morenalar, tog’ jinslarining nuragan shakllari, relьef shakllari va qoyalar kiradi. Bota-nik yodgorliklarga esa umri boqiy daraxtlar, yo’qolib ketayotgan relikt o’simlik turlari tarqalgan maydonlar, dashtda uchraydigan o’rmonlar kiradi. Paleontologik yodgorliklarga toshga aylangan organizm va qirilib ketgan hayvonlarning izlari qolgan joylar misol bo’la oladi.
Nazorat uchun savollar
Dostları ilə paylaş: |