Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma


Etnik antropologiya va irqshunoslik



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə46/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Etnik antropologiya va irqshunoslik - antropologiyaning odamzot irqlarining kelib chiqish tarixi, sabablari va Er yuziga tarqalishi hamda xalqlarning antropologik tarkibini o‘rganuvchi sohasi. Millat va irq odamzod turlarining birligi, monogenizm va poligenizm, odamzod guruhlari va uning tarkiban antropologik bir xillik darajasini aniqlash, irqlarning klassifikatsiyasi, dunyo xalqlarning antropologik tarkibi, irqlarning hozirgi davrda tarqalishi va odamzod birligi, irqiy belgilarning o‘zgaruvchanligi irqlarning kerishuvi kabi masalalari ustida tadqiqot olib boradi.
Etnik birlik - kishilarning qabila, elat millat va boshqa birliklaridan iborat bo‘lgan, tarixan tarkibi topgan alohida barqaror ijtimoiy guruhi. Etnik birlik tushunchasi etnografik jihatdan «xalq» ma’nosini anglatadi. Kishilar birlashuvining tabiiy negizi hudud umumiyligi, shuningdek ular tilining yaqinligi va umumiyligi etnik birlikning vujudga kelishiga asosiy shart hisoblanadi.
Etnik guruh - turmush va madaniyatning ayri elementlari (tili, moddiy va ma’naviy madaniyatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, dini va b.)ni saqlagan. Xalq yoki millatning alohida qismi. Etnik guruhga, odatda, elat yoki millatning boshqa milliy guruhlar bilan assimlyasiyasi yoki elatga o‘zining ayrim xarakteri belgilarini saqlagan holda qo‘shilishi natijasida, shuningdek xalqlning bir qismi asosiy etnik hududddan uzoq vaqt uzilib qolishi migratsiya jarayonlari, davlat chegaralarining o‘zgarishlari va boshqalar, yangi tabiiy-geografik sharoitga tushishi natijasida xo‘jalik va madaniyatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan paydo bo‘ladi. YAngi etnik guruhning tashkil topishida din, tabaqaviy guruhlar va boshqalar katta rol o‘ynaydi.
Etnografik guruh - ma’lum bir etnosning (elatning yoki millatning ajralmas qismi, uning tarkibidagi bo‘linmalardan) biri bo‘lib, o‘zining ba’zi xususiyatlari bilan til lahjasi, xo‘jalik faoliyati, tumursh tarzining ba’zi tomonlari bilan farq qilgan. Etnografik guruh odatda bir qabilaning, elatning yoki millatning ikkinchi bir xalq bilan aralashib, boshqa erga borib, shu erdagi xalq tarkibiga kirib, u bilan birga yashab kelishi natijasida vujudga keladi.
Etnik jarayon - etnik birlik (elat) bilan uning tarkibiga kirgan etnik guruhlar o‘rtasidagi xo‘jalik, iqtisodiy, madaniy aloqalarning uzluksiz rivojlanib borishidir. Bu jarayon ikki xil bo‘linib ketishga va birlanishga moyildir.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin