Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma


O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari etnogenez muammolari va etnik tarixi



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə25/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari etnogenez muammolari va etnik tarixi

Markaziy Osiyoga beshta mustaqil davlat: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston hududlari kiradi. Bu mintaqada qadimdan yuksak madaniyat yaratgan xalqlar uzoq, murakkab tarixiy taraqqiyotni bosib o‘tib, asrlar mobaynida bir-birlariga yaqin munosabatlarda bo‘lib, yagona tarixiy-etnografik hududni tashkil etadi.


Markaziy Osiyo xalqlari turli tarixiy davrlarda har xil nomlar bilan atalib kelingan. Qadimgi Markaziy Osiyoga nafaqat hozirgi Markaziy Osiyo hududlari, ayni vaqtda eronning shimoliy-sharqiy, Afg‘onistonning shimoliy hududlari ham kirgan. Miloddan avvalgi VI asrda bu hududlarda eron podsholigi, IV asrda esa Iskandar Zulqarnayn boshliq Yunon-makedon podsholigi hukm surgan. Miloddan avvalgi IV asrda bu hududlarda Xorazm va Qang‘ davlatlari keyinchalik Kushon podsholigi, Turk hoqonligi, Arab xalifaligi tarkibida bo‘lgan. X – XI asrlarda qadimgi O‘rta Osiyoda Sosoniylar, Saljuqiylar, Gʻaznaviylar davlatlari paydo bo‘lgan. Birmuncha bu hududlar Qoraxoniylar hukmronligiga ham o‘tgan.
XII asr oxiri – XIII asr boshlarida Xorazm podsholigi qo‘l ostida bo‘lgan. XIII asr ikkinchi yarmi o‘n yilligi oxiridan bu hududlarni Mo‘g‘ul istilochilari bosib oladi. XIV asr 70-yillarida Amir Temur davlati qaror topadi. XV asr oxiri – XVI asr boshlarida bu erlar Shayboniylar so‘ngra Ashtarxoniylar davlatlariga qaram bo‘lgan. Pirovardida XVIII asr o‘rtalarida uchta xonlik Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Qo‘qon xonliklari tashkil topadi. XIX asrning ikkinchi yarmida esa Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylandi. Tez orada Qo‘qon xonligi tugatiladi. O‘lka Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylantiriladi. Xullas, Markaziy Osiyo erlari qariyb 26 asr mobaynida o‘zga davlatlar qaramog‘ida va zulmi ostida bo‘lgan. Yozma manbalarga ko‘ra XVI asr oxiri – XVII asr boshlaridan to 1924 yilgacha bu erlar Turkiston deb atalib kelingan.
Markaziy Osiyoning geografik sharoiti turli-tuman bo‘lib, uning ko‘pchilik qismi qirg‘oq dashtlari va jazirama iqlimli sahro, janubiy-sharqiy va janubiy tomondan Pomir, Tyan-Shan va Kopettog‘ tizmalari o‘rab olgan, ayniqsa vohalari yumshoq iqlimli tabiatga ega, o‘simlik dunyosi juda boy bo‘lib, qadimgi davrlardan odam yashashi uchun juda qulay joy hisoblangan. Iqlimi va tabiatiga Kaspiy va Orol dengizlari ta’sir qiladi. Amudaryo va Sirdaryo Pomir tog‘laridan boshlanib Orol dengiziga quyilgan. Boshqa katta-kichik daryolar va soylar ham mavjud. Vohalarda eng qadimgi davrdan boshlab sug‘orma dehqonchilik paydo bo‘lgan, bog‘lar yaratilgan. Tog‘ hududlari doimiy sahrolari ham hayvonot va o‘simlik dunyosiga boyligi bilan ajralib turgan. Markaziy Osiyo yerlari g‘arbda Volga daryosi va Kaspiy dengizi sohillaridan shimolda Gʻarbiy Sibirgacha, Janubiy Afg‘oniston, Jrongacha sharqda esa Xitoygachyaa cho‘zilgan bo‘lib, jami 3 mln. 994 ming 400 kvadrat km. maydonni egallaydi. Aholisi 1997 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra 70 mln.dan ziyod kishi yashaydi. Hudud jihatidan Qozog‘iston birinchi o‘rinda turadi. 2717,3 ming kvadrat km. Undan keyin Turkmaniston turadi. Shuningdek Qirg‘izistonning maydoni 198,5 ming kvadrat km. Tojikistonniki esa 143, 1 ming kvadrat km. Aholi soni bo‘yicha birinchi o‘rinda O‘zbekiston turadi.
Antropologik jihatidan Markaziy Osiyoning tub aholisi asosan ikki katta irqqa mongoloid va evropoid irqiga mansubdir. Mongoloid irqiga qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, evropoid irqiga o‘zbek, tojik, turkman va boshqa xalqlar kiradi. Lekin ayrim etnik guruhlarda aralash tiplar ham uchraydi. Markaziy Osiyo xalqlarining antropologik qiyofasi miloddan avvalgi I ming yillikda shakllana boshlagan va milodiy XII asrdagi mo‘g‘ullar hujumidan so‘ng nihoyasiga etgan. Olimlar fikriga ko‘ra tub aholi ikkita katta irq evropoid, mongoloid oralig‘idagi ko‘prik vazifasini bajarib o‘ziga xos O‘rta Osiyoning maxsus antropologik tipini vujudga keltirgan.
Markaziy Osiyo aholisi tillari jaihatidan bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Ko‘pchilik Oltoy oilasining turkiy tillar guruhiga kiradigan til va shevalarda so‘zlashadi. Bu guruhga o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, uyg‘ur, tatar tillari kiradi. Turkiy tilda so‘zlashadigan aholi butun mintaqa xalqlarining taxminan 60 foizidan ortig‘ini tashkil etadi.
Hind-yevropa oilasiga kiradigan tillarda so‘zlashadigan eroniy guruhiga kiradigan aholi ham ko‘proqdir.
Mintaqada yashovchi ruslar, ukrainlar, beloruslar, koreyslar, yahudiy, mahalliy lo‘li va arablar ham bir necha til turkumiga oid xalqlarning avlodlari hisoblanadi. Demak, Markaziy Osiyo ko‘p millatli mintaqa hisoblanib, yuzlab millat va elatlar umrguzaronlik qilishadi. Tojiklardan tashqari yag‘noblar, shug‘nonlar, rushanlar, vohanlar, bartanglar, yozg‘ulomlar, ishkashimlar, bajuylar hamda bir qancha boshqa pomir va pomiroldi xalqlari bor.
O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yashaydigan Buxoro yahdiylari, Markaziy Osiyo lo‘lilari tojik tilida so‘zlashadi.
Eroniy tillar guruhiga kiradigan til va shevalarda gaplashadigan oz sonli xalqlardan bellujiylar, kurdlar va fors-yeroniylardir. Turkmanistonda yashaydigan bellujiylar o‘z ona tilining Xuroson shevasida so‘zlashadi. Xurosondan kelib qolgan kurdlar esa Turkmanistonning Ashg‘abad va Mari viloyatlarida yashaydi va o‘zaro Xuroson shevasida muomala qilishadi. eroniy-forsiy xalqning bir guruhi bir zamonlar erondan ko‘chib kelgan Buxoro eroniylari eroniycha, Samarqand forsiylari asosan turkiycha so‘zlashadi.
Markaziy Osiyoda yashayotgan xalqlar orasida turkiy tillarning uch xil guruhi tarqalgan: janubiy-g‘arbiy (o‘g‘iz), shimoliy-sharqiy (qipchoq) va janubiy-sharqiy (Chig‘atoy yoki qarluq).
O‘g‘uz tillar guruhi VIII – XIII asrlar davomida o‘g‘uzlar va XI – XII asrlarda saljuqiylar orastda tashkil topgan. Bu tillarga, jumladan turkman tili kiradi. Bu tillar bir qancha shevalarga bo‘linadi. Bu shevalar odatda ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhni Turkmanistonning g‘arbiy tumanlari va Toshhovuz viloyatining ko‘pchilik erlariga tarqalgan yovmut shevasi, Turkmanistonning Qizil-Avrotdan Bayramaligacha cho‘zilgan markaziy tumanlarida qo‘llanilayotgan tekin shevasi, Qoraqalin tuman shimoliy qismiga Turkmanistonning Chorjo‘y viloyati Chorjo‘y va Kerki tumanlarida ishlatilayotgan ersari shevasi tashkil etadi. Ikkinchi guruh shevalari O‘zbekistonga chegaradosh tumanlarda tarqalgan.
Qipchoq tillari guruhi qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillaridan iborat.
Qirg‘iz tili. Shimoliy va janubiy qurama shevalardan tashkil topgan. Hozirgi qirg‘iz tilining shakllanish jarayoni qadim zamonlarga yashagan qadimgi qirg‘iz qabilalarining tli asos bo‘lgan. Keyinchalik qipchoq tillari, shuningdek mo‘g‘ul tili ta’sirida bir muncha o‘zgargan.
Qozoq tili. Bir qancha qadimiy qabilalarining keyingi asrlarda hamda boshqa tillar ta’sirida ancha o‘zgargan va rivojlangan tillar asosida tashkil topgan bo‘lib, uch asosiy shevaga bo‘linadi, g‘arbiy, shimoliy-sharqiy va janubiy. Gʻarbiy sheva alshin qabilalar ittifoqi tilidan paydo bo‘lgan. Shimoliy-sharqiy sheva arg‘in, nayman, kiray, qipchoq, qo‘ng‘irot qabilalarining umumiy tilidan kelib chiqqan. Hozirgi qozoq adabiy tili ana shu shevaga asoslangan. Nihoyat janubiy uysin, jaloyir, qang‘li, dulat va boshqa qabilalar tlidan yuzaga kelgan.
Qoraqalpoq tili. Qadimda bulg‘or va o‘g‘uz tillari ta’sirida rivojlanib kelgan. Keyinchalik bir qancha qabilalar ittifoqi, masalan, pecheneglar X – XI asrlarda, Qipchoqlar XI – XII asrlarda, qabilalar ittifoqiga Oltin O‘rda davlati XIII – XV asrlarda tarkibida, so‘ngra XV asrgacha Katta No‘g‘oy o‘rdasidan undan keyin qisman o‘zbek, qozoq, ancha keyinroq esa qoraqalpoqlar ittifoqiga kirgan urug‘ va qabilalarning tillari ta’sirida shakllana boradi. Qoraqalpoq xalq og‘zaki tili ikki asosiy shevadan tashkil topgan: shimoliy-sharqiy, g‘arbiy-janubiy. Birinchi xil shevada Taxtako‘pir va Mo‘ynoq tumanlarining boshqa hududlarida yashayotgan kishilar so‘zlashadi.
Uyg‘ur tili. Umuman o‘zbek tiliga yaqin bo‘lsa ham ko‘p jihatdan undan keskin farq qiladi. Bu tilni shakllanish jarayoniga sharqiy qadimiy uyg‘ur qabilalarining ta’siri katta bo‘lgan. Hozirgi uyg‘ur tili ikki adabiy tilga bo‘linadi. MDH uyg‘urlarning adabiy tili va Sinzyan uyg‘urlarning adabiy tili. MDH uyg‘urlarining adabiy tiliga uyg‘ur xalq tilining shimoliy shevalari asos bo‘lgan. Shimoliy shevalarga ko‘chi-turfan va tarancha yoki g‘ulja shevalari kiradi.
Tojik tilidan tojik xalqidan tashqari Buxoro yahudiylari, Markaziy Osiyo lo‘lilari, arablar va bellujiylarning bir qismi foydalanadi. Tojik tili g‘arbiy eron tillari guruhiga kiradi. Arablar hukmronligi, Somoniylar davrida so‘g‘d tili o‘rniga tojik tili ishlatila boshlanadi.
Markaziy Osiyo xalqlari bitta avtonom respublika, bir avtonom viloyat, 34 viloyatga birlashgan. O‘zbekistonda Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi, Tojikistonda esa Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyati bor.
O‘rta Osiyoning tub aholisiga o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, afg‘onlar, forslar kiradi. O‘zbeklar, forslar va tojiklarning katta qismi o‘troq hayot kechirib shaharlar qurganlar, qurg‘oqchil, cho‘l yerlarda suv chiqarib, obod vohalar bunyod qilganlar. Qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullanganliklari uchun ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi shaklda hayot kechirganlar. Hozirgi vaqtda bu xalqlar ham o‘troq hayot kechiradilar. O‘rta Osiyo xalqlari jahon fani va madniyatiga, davlatchilik ilmiga katta hissa qo‘shgan buyuk allomalari, sarkardalari bilan faxrlanadi. O‘rta Osiyo aholisining ko‘pchiligini o‘zbeklar tashkil qiladi. O‘rta Osiyoda tub millatlardan tashqari turli vaqtlarda ko‘chib kelib, o‘troq yashab qolgan ruslar, tatarlar, yahudiylar, ukrainlar, boshqirdlar, koreyslar, uyg‘urlar, turklar va boshqa millatlar ham tarqalgan. Hozirgi paytda O‘rta Osiyo aholisi 70 mln. kishidan ortiq.
O‘rta Osiyo siyosiy xaritasining keyingi ikki asr davomidagi tarkib topishida bir necha bosqichlarni ajratish mumkin.

  • 1-bosqich – O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi arafasidagi davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda uchta yirik davlat – Qo‘qon xonligi, Xiva xonligi va Buxoro amirligi mavjud bo‘lgan;

  • 2-bosqich – Mustamlaka davrini o‘z ichiga oladi. Bu davrida O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo general gubernatorligi tarkibiga kirgan va ikkita xonlikdan (Xiva va Buxoro) hamda Qo‘qon uyezdidan iborat bo‘lgan.

  • 3-bosqich – juda qisqa davrni (1917-1920/1922) o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda O‘rta Osiyoda uchta mustaqil davlat paydo bo‘ladi: Turkiston (Qo‘qon) muxtoriyati, Buxoro va Xorazm respublikalri.

  • 4-bosqich – 1924-1991 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda O‘rta Osiyo hududida 5 ta ittifoqdosh respublika tashkil qilindi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, o‘lkaning janubi Afg‘oniston va Eron davlatlari tarkibiga kiradi.

  • 5-bosqich – 1991 yildan boshlanadi. Bu davrda Sobiq Ittifoqning parchalanishi oqibatida O‘rta Osiyo hududidagi ittifoqdosh respublikalar o‘rnida mustaqil davlatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston tashkil topdi.28

Markaziy Osiyoning tabiati, xo‘jaligi, shaxarlari, axolisiga oid dastlabki tarixiygeografik ma’lumotlar Gerodot (mil. avv. V asr). Kvint Kursiy Ruf, Strabon (mil. avv. II asr) kabi Yunoniston, Rim, va, Xitoy olimlarining asarlarida mavjud, shuningdek, Muxammad Xorazmiy, Axmad Farg‘oniy, Axmad asSaraxsiy (IX asr), Jayxuniy, Abu Zayd Balxiy (X asr), Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Maxmud Koshg‘ariy (XI asr), alXovakiy, Maxmud Zamaxshariy, Sam’oniy va boshka maxalliy olimlarning asarlarida xam berilgan. Markaziy Osiyo geografiyasiga oid ma’­lumotlar IX XII asrlarda yashagan sayyox olimlar Ibn Xurdodbek, Ibn alFakik, Ibn Rusta, alMukaddasiy, alMas’udiy, Ibn Fadlan, Istaxriy, Ibn Xavkal kabilarning asarlarida xam uchraydi.29
Markaziy Osiyo mintakasining yana bir tarixiy nomi mavjud bo‘lib, u xam bo‘lsa “O‘zbekiston”dir. Bu atamaning lotincha ekvi­valenti bo‘lgan “O‘zbek” va “O‘zbekiya” atamalari XVI XVIII asr­larda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida nashr etilgan tarixiy, siyo­siy va etnik xaritalarda xamda globuslarda kayd etilgan.Rossiya imperiyasi davrida Markaziy Osiyo deyilganda, Orol dengizining shimoliy nuqtasidan to Balxash ko‘lining shimoliy nuqtasigacha o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqdan Eron, Afg‘oniston, Xitoy va Kaspiy dengizi chegaralarigacha bo‘lgan oralikda joylashgan hudud tushunilgan. Sovet davrida bu tushunchalar bir oz o‘zgargan, chunki 1924 yildagi milliy hududiy chegaralanish natijasida sobik mintakaning anchagina kismi Kozog‘iston tarkibiga kiritildi. Qozogistonning chegaralari esa sharkishimolda O‘rta Sibirga, g‘arbda Ural tog‘lari va Volga daryosining etaklarigacha, kisman Yevropa kit’asigacha cho‘zilib bordi.
Rasmiy xujjatlarda va kundalik xayotda "O‘rta Osiyo" va Qozog‘iston tushunchasi keng ishlatilar edi. Sovet ittifoki parchalangach, uning tarkibida bo‘lgan O‘zbekistan, Kozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston mustakil davlatlarga aylangandan so‘ng hududi, tarixi, madaniyati, ko‘p jixatdan tillari yakin bo‘lgan bu mamlakatlarni birbiriga jipslashtiruvchi yangi va istikbolli omillar paydo bo‘ldi. “O‘rta Osiyo va Kozog‘iston” tushunchasi o‘rnini "Markaziy Osiyo" tushunchasi egalladi. Bu besh davlat raxbarlarining 1993 yil yanvar oyi boshida Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Prezidentimiz I. A. Karimov tashabbusi bilan mintakani nomlashda bundan buyon “Markaziy Osiyo” atamasini ko‘llash to‘g‘risida kelishib olindi.
"Markaziy Osiyo” atamasi xam dastlab yukorida ta’kidlanganidek, nemis geograf olimi A. Fon Gumboldning Parijda 1843 yilda chop etilgan 3 jildlik “Markaziy Osiyo tog‘ tizmalarini tadkik kilish va iklimini takkoslash” nomli asarida ko‘llangan. Unda tadkikotchi mazkur xududning sug‘orish tizimi va tog‘ tizma­larini o‘rganib, Markaziy Osiyoni mustakil va o‘ziga xos mintaka sifatida ta’riflagan edi.
Yukorida ta’kidlanganidek, “Markaziy Osiyo” atamasi bugungi kunda barcha ilmiyommabop adabiyotlarda va jamoatchilik o‘rtasida keng ko‘llanilib kelinmokda. Ko‘rinib turibdiki, insoniyat sivilizasiyasi beshiklaridan xisoblangan azim Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi bepoyon xududlar turli davrlarda siyosiy, tarixiy va geografik asarlarda Turon, Turkiston, Movarounnaxr, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo nomlari bilan atalib kelingan. Mustakillik sharofati bilan, milliy o‘zlikni anglashga intilish yanada kuchaya boshlagan va tarixiy kadriyatlar tiklanayotgan xozirgi vaktda, asrlarga bo‘ylashgan ushbu saloxiyatli mintaka tarixini yanada teranrok o‘rganishga kizikish tabora ortib bormokda.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin