Janubiy Sibir tipi mug‘ul bashara irkka mansub, ko‘zlari kisik, yuzlari yumalok, tanasi ok sarikmalla, puchuk burun, panjalari kalta, jussalari mayda, bosh chanog‘i braxikefal (dumalok).31 Bepoyon dashtliklar, otulov, tuya ularning jonu dili, erkin, ozod xayot turmush tarzi bilan suyagi kotgan.
Markaziy Osiyodagi mongoloid irkiga mug‘ullar, xitoylar, tibetliklar. dunganlar xam kiritiladi. Bu o‘rinda, ayniksa mongoloid irki mug‘ullarda, xitoylarda yakkol seziladi. Masalan, Tibet kabilalaridan biri bo‘lgan “tatut'lar ko‘proq antropologik jixatdan lo‘lilarni eslatadi. Ularning sochlari kopkora. ko‘zlari kisik, burunlari to‘g‘ri, lablari katta32.
Kaspiy orti tipimoʻtadil tabiiy geografik muxitda shakllangan yevropeoid irkiga mansub: bodom kuz, peshonalari keng, yuzi uzunchok, kirra burun, iyagi kichik, bosh chanog‘ining tuzilishi dolixokefal (uzunchok), jussasi yirik. Bu tip maxalliy axolining eng kadimgi sharkiy O‘rta yer dengizi tipi bilan turkiy yevropeoid tiplari korishuvidan tashkil topgan. Uning tarkibida sharkiy O‘rta yer dengizi tipining ta’siri kuchli.
“O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”asosan yevropeoid irkining variantlaridan birini tashkil kiladi. Uning tarkibi maxalliy tub joyli axolining sharkiy O‘rta yer dengizi tipiga karashli protoyevropoid tipi bilan korishuvidan tarkib topgan. “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ning asosiy belgilari: ko‘zlari ko‘y ko‘z, tanasi bug‘doyrang, yuz tuzilishi dumalokrok, yuz chanoklari biroz bzrtib chikkan, iyagi oval shaklda, sochlari kora, bosh chanog‘i braxikefal (dumalokrok), jussasi o‘rtacha.
O‘rta va Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan beri aholi yashab keladi. Tog‘larning etaklaridan va vodiylardan, shuningdek sahrolardan topilgan tosh asri qurollari – chaqmoqtoshdan yasalgan turli belkuraklar, o‘q-yoylar, pichoqlar bu yerda kishilar juda qadim zamonlardan boshlab mehnat qilganini ko‘rsatadi. Tarix qadimgi davrlardayoq hozirgi O‘rta Osiyo territoriyasidagi qudratli va yuqori madaniyatli bir qancha davlatlarni biladi. Zarafshon havzasida joylashgan So‘g‘diyona, Amudaryoning o‘rta oqimida joylashgan Baqtriya, Murg‘ob bo‘yida joylashgan Marg‘iyona va Amudaryo etagida, shu daryo deltasida joylashgan Xorazm shular jumlasidandir. Bu qadimgi davlatlarning aholisi o‘z etnografik va til xususiyatlariga ko‘ra hozirgi davrlardagi kishilardan farq qilgan.33 Markaziy Osiyo xalklari etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishda lingvistik tasniflash muxim axamiyatga ega. Markaziy Osiyo xalklari tillari rangbarang bo‘lib, tarixan kadimiy va zamonaviy kurinishga ega.