Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə29/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Kirgiz tili. Shimoliy va janubiy kurama shevalardan tash­kil topgan. Xozirgi qirg‘iz tilining shakllanish jarayoni qadim zamonlarga borib taqaladi. Unga milodning dastlabki asrlarida Yenisey atrofida yashagan qadimgi qirgiz qabilalarining tili asos bo‘lgan. Bu til Oltoy oilasi guruhining qirg‘iz-qipchoq tarmog‘iga kiradi.38
Qozok tili. Bir qancha qadimiy qabilalarning hamda boshqa tillar asosida tashkil topgan bo‘lib, uch asosiy shevaga bo‘linadi: g‘arbiy, shimoli sharkiy va janubiy. Gʻarbiy sheva alshin kabilalar ittifoki tilidan paydo bo‘lgan. Shimoli - sharkiy sheva arg‘in, nayman, qiray, qipchoq, qo‘ng‘irot qabilalarining umumiy tilidan kelib chiqqan. Hozirgi qozoq adabiy tili ana shu shevaga asoslangan. Nihoyat, janubiy sheva uysin, jaloyir, qangli, dug‘lat va boshka qabilalar tilidan yuzaga kelgan.39
Qorakalpok tili. Qadimda bulg‘or va o‘g‘uz tillari ta’sirida rivojlanib kelgan. Keyinchalik bir qancha qabilalar ittifoqi, masalan. pecheneglar (X - XI asrlarda), qipchok (XI - XIII asrlarda) qabilalar ittifokiga, Oltin O‘rda davlati (XIII - XV asrlarda) tarkibida, so‘ngra XV asrgacha katta No‘g‘oy o‘rdasidan, undan keyin qisman o‘zbek, qozoq tillari ta’sirida shakllana borgan.
Korakalpok xalk og‘zaki tili ikki asosiy shevadan tashkil topgan: shimoli sharkiy va g‘arbi janubiy. Birinchi (shimoli sharkiy) shevada Taxtako‘pir va Mo‘ynoq tumanlarining boshka xududlarida yashayotgan kishilar so‘zlashadi.40
O‘zbek tili. Ushbu til o‘zbek xalkining milliy tili va O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Bu til tillarning genealogik tasnifiga ko‘ra, turkiy tillar oilasining karluk guruxiga kiradi. O‘zbek tili, asosan, O‘zbekistonda, shuningdek, ko‘shni Afg‘oniston, Tojikiston, Kirg‘iziston, Kozog‘iston Respublikalarida, Turkmanistonda, Rossiya Federasiyasi, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoyning Sinszyan muxtor rayoni, AKSH, Germaniya va boshka mamlakatlarda tarkalgan.
XI-XII asrlardan eski turkiy tildan ajrala boshlagan eski o‘zbek tili o‘zining tarixiy tarakkiyoti davomida murakkab etnogenetik, etnolingvistik jarayonlarni bosib o‘tdi. Ana shu etnogenetik va siyosiy tarixiy jarayonlar o‘zbek tili tarixida ma’lum darajada iz koldirdi.
Tarixan turli ilmiy manbalarda eski o‘zbek tili “turkiy”, "turkcha”. “chig‘atoy tili", “chig‘atoy turkiysi” singari nomlar bi­lan atalib kelgan. Xususan. X Vamberi (“Chigatoy tili darsligi”, 1867) va uning izidan bir kator g‘arb olimlari XIII XIX asrlar oralig‘idagi eski o‘zbek tilini noto‘g‘ri ravishda “chig‘atoy tili" deb nomladilar. Vaxolanki, mug‘ullar istilosi davrida xozirgi kunda o‘zbeklar nomi bilan yuritiluvchi xalkning madaniyatiga, tili va adabiyotiga mug‘ullarning bironbir sezilarli ta’siri bo‘lgan emas, boshkacha aytganda, eski o‘zbek tilining Chig‘atoyga, mug‘ullarga xech kanday alokasi yuk. Aksincha, mug‘ullar Movarounnaxrda yashovchi etnoslarning yuksak madaniyatidan baxramand bo‘lganlar. Buning ustiga Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur kabi buyuk shoir va mutafakkirlar o‘zlari ijod kilgan tilni “turkiy”, “turkcha” deb atab, bu tilni boshka turkiy tillardan aloxida ajratib ko‘rsatadilar.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin