Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə30/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Uygur tili. Umuman o‘zbek tiliga yakin bo‘lsa xam kup jixatdan undan keskin fark kiladi. Bu tilni shakllanish jarayoniga kadimiy uygur kabilalarining ta’siri katta bo‘lgan. Hozirgi uygur tili ikki adabiy tilga bo‘linadi: MDX uygurlarining adabiy tili va Sinszyan uygurlarining adabiy tili. MDX uygurlarining adabiy tiliga uyg‘ur xalk tilining shimoliy shevalari asos bo‘lgan. Shimoliy shevalarga kuchiturfon va taranchi yoki gulja shevalari kiradi.41
Tarixdan ma’lumki, miloddan avvalgi bir minginchi yillardan boshlab Markaziy Osiyoda Xindevropa til oilasining eroniy guruxiga mansub bo‘lgan sug‘d, xorazm, baktr, shak, parfiya tillari tarkalgani ma’lum. Bulardan oldin xam bir kancha boshka tillar bo‘lgan. Lekin ularning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga oid anik ma’lumotlar deyarli mavjud emas.
Miloddan avvalgi minginchi yildan milodning bir mingin­chi yili O‘rtalarigacha bo‘lgan davr mobaynida Markaziy Osiyo hududida eroniy tillari keng tarkaladi. Milodning VI-VII asrlaridan e’tiboran Markaziy Osiyoda eroniy tillari tur­kiy tillar tomonidan sikib chikariladi. Shuningdek, V-VI asrlardayok Xurosondan parfiya tili, Toxaristondan baktr tili xam sikib chikarila boshlaydi. Turkiy tillarda so‘zlashadigan kabilalar garchi Markaziy Osiyo yerlariga ancha oldindan kirib kela boshlagan bo‘lsa xam, ayniksa Turk xokonligi xukmronligi davridan (VI asrdan) mintakada turkiy kabilalar asosiy rol o‘ynay boshlaydi. Koraxoniylar va Saljukiylar davlatlari tash­kil topganidan keyin ko‘chmanchi chorvador turkiy kabilalarning ko‘pchiligi sekinasta o‘trok xayot kechirishga o‘tib, maxalliy axoli bilan aralasha boshlaydilar. Yettisuv, Choch, Farg‘ona, Zarafshon, Qashkadaryo vodiylaridagi xalklar orasida turkiy tillar keng yoyila boradi. Xiva yerlarida eski xorazm tili XIV asrga kelib tamomila yukoladi. XV asrdan boshlab turkiylashish jarayoni yanada kuchayadi. Natijada Markaziy Osiyo yerlariga turkiy tillarda so‘zlashadigan ko‘plab kabilalar ko‘chib keladi.
Kuyida ayrim kadimiy tillar to‘g‘risida (avesto tili, sug‘d tili, kadimiy xorazm tili, baktr tili, shak tili, parfiya tili) kiskacha so‘z yuritamiz.
Avesto tili. Markaziy Osiyoda, shuningdek, sharkiy Eronda keng tarkalgan kadimiy tillardan eng ko‘xnasi xisoblanadi. Bu ­til eroniy tillarning sharkiy guruxiga kiradi. Axamoniylar davrida forslar mixxat yozuvini o‘zlashtirganlar va takomillashtirganlar. Natijada mixxatdagi juda kup alomatlar yukolib, fakat 42 ta belgi koldirilgan. Teri, papirus, sopol taxtalardagi yozuvlar uchun oramiylarning alifbosi ishlatilgan. Avesto tili hindlarning buyuk kitobi “Rigveda” tiliga yaqin.42

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin