Jurayeva d. J



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/24
tarix25.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#148030
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
TIMSS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLARI TO‘PLAMI (1)

 
 


50 
XULOSA 
 
Hozirgi kunga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda 
Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi 
oʼrtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-yilda PISA va 
PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Mazkur tadqiqotlar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi 
oʼquvchi-yoshlarining savodxonlik darajalari ilk bor sinab koʼrilar 
ekan, bunga o‘ta mas’uliyat bilan tayyorgarlik koʼrish talab etiladi. 
Buning uchun, xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab 
chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar oʼtkazish, oʼquv 
jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali 
oʼquvchilarda maxsus koʼnikmalarni rivojlantirib borish muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Shuni e’tirof etish lozimki, ayni yuqori o‘rinni olgan davlatlarda 
yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak 
darajadagi taraqqiyot ettirish maqsadida aniq fanlarni yuqori 
darajada o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, unda o‘quvchilar 
tug‘ma iste’dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash 
hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar 
sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda 
ham mavjud bo‘lib, 1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik 
dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish 
imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori 
bilan ta’lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar 
etib belgilangan. 
Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish 
joiz deb hisoblash mumkun: 
1.
Xalqaro ta’lim sifatini baholash dasturlarida O‘zbekistonning 
ishtiroki masalasini atroflicha o‘rganib chiqish va ushbu dasturlarda 
ishtirokini ta'minlash; 
2.
Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quvchi yoshlar 
bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy 


51 
dasturi”ni yaratish; 
3.
Ilm-fan yutuqlarining eng ilg‘or natijalari va adabiyotlarning 
ingliz tilida nashr qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda 
ingliz tilini o‘rgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish 
masalasini ko‘rib chiqish; 
4.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim–tarbiya berishga 
mas'ul mutaxassislarning malaka talablarini aniq mezonlar orqali 
belgilab qo‘yish va bolalarning umumiy ta’limga yo‘naltirilishida 
butunlay mas'ulligini qonun bilan belgilab qo‘yish; 
5.
Maktabgacha 
ta’lim 
hamda 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim 
muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro tajribada sinalgan 
usullardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar sonining maksimal 
hamda minimal ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘yish; 
Psixologik testlar yordamida boshlang‘ich sinflardagi iste’dodli 
bolalarni ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda 
ixtisoslashgan sinflar tashkil etish. 
Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday 
xalqaro dasturlarning ta’lim tizimini baholash va monitoring 
qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o‘quvchi yoshlar bilimlari 
darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”
 
yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu 
fanni o‘zlashtirish darajasining sifati va sohada amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar 
o‘tkazish 
imkoniyatini 
cheklab 
qo‘ymoqda. 
Shuningdek, 
boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘qitish 
darajasining islohotlar tempidan 
ortda 
qolayotganligi 
yaqin 
kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi. 
Shunday 
ekan, 
umumtaʼlim 
muassasalari 
rahbarlari, 
pedagoglar, o‘quvchilar foydalanishlari maqsadida o‘quvchilarning 
matematik, tabiiy-ilmiy fanlar va oʼqish savodxonligini baholashga 
qaratilgan topshiriqlar tarjima qilinib, to‘plam ko‘rinishiga keltirildi.


52 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin