44
5-MASALA
Ikkita qayiqlar to‘xtash joyida teng miqdorda qayiqlar turibdi.
Ulardan 35 tasi suvga tushgandan keyin , 1-to‘xtash joyida 10 ta, 2-
sida esa 15 ta qayiq qoldi. Dastlab har bir to‘xtash joyida nechtadan
qayiq bo‘lgan?
Yechish:
1-usul. 1). 10+15=25(ta) ikkala to‘xtash joyida qolgan qayiqlar
soni
2). 25+35=60(ta) ikkala to‘xtash
joyidagi jami qayiqlar soni
3). 60:2=30(tadan) har bir to‘xtash joyidagi qayiqlar soni
2-usul. x+x-35=10+15
2x-35=25
2x=25+35
2x=60
x=60:2
x=30
Javob
: Har bir to‘xtash joyida 30 tadan qayiq bo‘lgan.
6-MASALA
To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 52 sm. Bo‘yining uzunligi esa
15 sm ga teng bo‘lsa, uning yuzini hisoblang?
Yechish:
1-usul. 1). 52:2=26(sm) qo‘shni tomonlari(1 ta eni va 1 ta bo‘yi)
ning
uzunligi
2). 26-15=11(sm) eni
3). S=a·b=15·11=165(sm2)
2-usul. 1). 15·2=30(sm) 2 ta bo‘yining uzunligi
2). 52-30=22(sm) 2
ta enining uzunligi
3). 22:2=11(sm) eni
4). S=a·b=15·11=165(sm2)
3-usul. To‘g‘ri to‘rtburchakning enini x deb olamiz va to‘g‘ri
to‘rtburchakning perimetrini topish formulasi ya’ni P=(a+b)·2 ga
asosan tenglama tuzamiz.
(x+15)·2=52
x+15=52:2