MASALALAR VA ULARNING YECHILISH USULLARI 1-MASALA Navoiy shahridan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki
avtomashina yo‘lga chiqdi. 4 soatdan keyin ular orasidagi masofa
720 km bo‘ldi. Agar birinchi avtomashinaning tezligi soatiga 95 km
bo‘lsa, ikkinchi avtomashinaning tezligini toping?
Yechish:
1-usul.
1).
720:4=180(km/soat)
ikkita
avtomashina
tezliklarining yig‘indisi
2). 180-95=85(km/soat) 2-avtomashinaning tezligi
2-usul. 1). 95·4=380(km) 1-avtomashinaning 4 soatda bosib
o‘tgan masofasi
2). 720-380=340(km) 2-avtomashinaning 4 soatda bosib o‘tgan
masofasi
3). 340:4=85(km/soat) 2-avtomashinaning tezligi
3-usul. (95+x)·4=720
95+x=720:4
42
95+x=180
x=180-95
x=85
Javob: 2-avtomashinaning tezligi 85 km/soat.
2-MASALA Toshkent shahridan Buxoro shahriga 50 km/soat tezlik bilan
yuk poyezdi yo‘lga chiqdi. Oradan 3 soat o‘tgach, shu yo‘nalishda 80
km/soat tezlik bilan elektr poyezd yo‘lga chiqdi. Elektr poyezd necha
soatdan so‘ng yuk poyezdiga yetib oladi?
Yechish:
1-usul. 1). 50·3=150(km) yuk poyezdining 3 soatda bosib
o‘tgan masofasi
2). 80-50=30(km/soat) elekr poyezdning yuk poyezdiga
yaqinlashish tezligi
3). 150:30=5(soat)
2-usul. Elektr poyezd yuk poyezdiga yetib olguncha x soat, yuk
poyezdi esa undan 3 soat oldin yo‘lga chiqqan, ya’ni x+3 soat yo‘l
yurgan.
(x+3)·50=x·80
50x+150=80x
80x-50x=150
30x=150
x=150:30
x=5 10
Javob: elektr poyezd yuk poyezdiga 5 soatdan so‘ng yetib oladi.
3-MASALA Bir kishi bozorga bir savat olma olib keldi. U 1-xaridorga jami
olmalarining yarmini va yana 1 dona olma, 2-xaridorga qolgan
olmalarining yarmini va yana 1 dona olma sotdi. Shundan so‘ng
uning savatida 14 dona olma qoldi. Kishi bozorga jami nechta olma
olib kelgan?
Yechish:
1-usul. 1). (14+1)·2=30(ta) 1-xaridor olgandan keyin savatdagi
olmalar