Javob:
Kishi bozorga 62 ta olma olib kelgan.
4-MASALA
Alisherning uyida qo‘ylar va tovuqlar boqiladi. Alisher sanab
ko‘rganda ularning boshlari 42 ta, oyoqlari esa 144 ta chiqdi.
Ularning uyida nechta qo‘y va nechta tovuq bor?
Yechish:
1-usul. 1). 42·4=168(ta)
2). 168-144=24(ta) tovuqlarning oyoqlari
3). 24:2=12(ta) tovuqlar
4). 42-12=30(ta) qo‘ylar
2-usul. Alisherning uyidagi qo‘ylar sonini x ta deb olamiz. Jami
qo‘y va tovuqlar sonidan qo‘ylar sonini ayirsak, tovuqlar soni kelib
chiqadi, ya’ni tovuqlar sonini 42-x ta deb olamiz. Qo‘ylarda 4 ta,
tovuqlarda esa 2 ta oyoq bo‘lishini inobatga olib, tenglama tuzamiz.
x·4+(42-x)·2=144
4x+84-2x=144
4x-2x=144-84
2x=60
x=60:2 11
x=30 (ta, qo‘ylar)
42-30=12 (ta, tovuqlar)
Javob:_Alisherning_uyida_30_ta_qo‘y_va_12_ta_tovuq_bor.__44_5-MASALA'>Javob:
Alisherning uyida 30 ta qo‘y va 12 ta tovuq bor.
44
5-MASALA
Ikkita qayiqlar to‘xtash joyida teng miqdorda qayiqlar turibdi.
Ulardan 35 tasi suvga tushgandan keyin , 1-to‘xtash joyida 10 ta, 2-
sida esa 15 ta qayiq qoldi. Dastlab har bir to‘xtash joyida nechtadan
qayiq bo‘lgan?
Yechish:
1-usul. 1). 10+15=25(ta) ikkala to‘xtash joyida qolgan qayiqlar
soni
2). 25+35=60(ta) ikkala to‘xtash joyidagi jami qayiqlar soni
3). 60:2=30(tadan) har bir to‘xtash joyidagi qayiqlar soni
2-usul. x+x-35=10+15
2x-35=25
2x=25+35
2x=60
x=60:2
x=30
Javob
: Har bir to‘xtash joyida 30 tadan qayiq bo‘lgan.
6-MASALA
To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 52 sm. Bo‘yining uzunligi esa
15 sm ga teng bo‘lsa, uning yuzini hisoblang?
Yechish:
1-usul. 1). 52:2=26(sm) qo‘shni tomonlari(1 ta eni va 1 ta bo‘yi)
ning uzunligi
2). 26-15=11(sm) eni
3). S=a·b=15·11=165(sm2)
2-usul. 1). 15·2=30(sm) 2 ta bo‘yining uzunligi
2). 52-30=22(sm) 2 ta enining uzunligi
3). 22:2=11(sm) eni
4). S=a·b=15·11=165(sm2)
3-usul. To‘g‘ri to‘rtburchakning enini x deb olamiz va to‘g‘ri
to‘rtburchakning perimetrini topish formulasi ya’ni P=(a+b)·2 ga
asosan tenglama tuzamiz.
(x+15)·2=52
x+15=52:2
45
x+15=26
x=26-15
x=11 (sm, eni)
S=a·b=15·11=165(sm2)
Dostları ilə paylaş: |