Jurayeva d. J


©“ Qamar media” nashriyoti



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix25.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#148030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
TIMSS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLARI TO‘PLAMI (1)

©“
Qamar media” nashriyoti.
 
 
 



KIRISH 
 
Ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro tadqiqotlarni tashkil 
etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, ta’lim oluvchilarning ilmiy-
tadqiqot va innovatsion faoliyatini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash va rag‘batlantirish, ayniqsa yosh avlodning ijodiy 
g‘oyalari va ijodkorligi inson kapitali o‘sishining muhim omillaridan 
biridir.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for 
Economic Cooperation and Development – OECD) o‘tgan davr 
mobaynida moliyaviy sohada yuzaga kelgan turli muammolarning 
yechimini topish ustida izlanishlar olib bormoqda. Ayniqsa, yangi asr 
ostonasida ushbu tashkilot negizida dunyo ta’limining asosiy bo‘g‘ini 
bo‘lgan umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish maqsadida PISA (The 
Programme for International Student Assessment) – O‘quvchilar 
savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dastur ishlab chiqildi. 
Iqtisodiy tashkilotning ta’lim sohasiga murojaat etishining boisi, har 
qanday soha uchun kadrlar maktablarda, oddiy sinfxonalarda 
ulg‘ayishidir. Shu ma’noda OECDdek ulkan tuzilma ham 
davlatlarning ta’lim tizimiga qancha mablag‘ sarflayotgani va ular 
nechog‘li samara berayotgani reytingini tuzishga majbur bo‘ldi. 
Keyinchalik bu tadqiqotga boshqa davlatlarning ham qiziqishi ortib, 
unda qatnasha boshladi. Mazkur xalqaro baholash dasturlari va ular 
doirasidagi tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 
(OECD), 
Taʼlim 
sohasidagi 
yutuqlarni 
baholash 
xalqaro 
assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muayyan davriylik asosida dunyo 
mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Taʼlim sifatini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan OECD hamda IEA tashkilotlari 
oʻrtasida imzolangan kelishuv hujjatlariga binoan Oʻzbekiston 
Xalqaro oʻquvchilarni baholash PISA-2022 (avvalgi PISA-2021) 
hamda Oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish darajasini baholash 
xalqaro dasturi PIRLS-2021 da ishtirok etishga kirishilgan. 
Iqtisodiy 
hamkorlik 
va 
rivojlantirish 
tashkilotining 
o‘quvchilarning 
savodxonligini 
baholash 
bo‘yicha 
xalqaro 



tadqiqotida ishtirok etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori 
qabul qilindi. 
Mazkur qarordan ko‘zlangan maqsad: 
• Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining o‘qish, matematika 
va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini holisona baholash; 
• O‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash 
qobiliyatini rivojlantirish; 
• Ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim berish uchun yetarli 
shart-sharoitlarni yaratish. 
“Ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro tadqiqotlarning metodologik 
afzalliklari” quyidagilardan iborat: 

O‘tkazilayotgan tadqiqotlarning ilmiy, texnik sifati yuqoriligi 
va natijalarining ishonchliligi hamda xalqaro tadqiqotlar natijalarini 
ta’limni isloh qilish uchun qo‘llash imkoniyatini beradi; 

Ko‘pchilik davlatlar milliy tadqiqotlardan ko‘ra, xalqaro 
tadqiqotlarga ko‘proq ishonishadi; 

Tadqiqotlar natijalari davlatning ta’lim tizimini tahlil qilish va 
boshqa davlatlar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi; 

Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni 
sifatli o‘tkazishga ijobiy ta'sir qiladi; 

Bunday tadqiqotlar doirasida ta’lim sifatini baholash 
metodika va texnologiyalari samarali takomillashib boradi. 
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan 
rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish 
yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish 
hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida 
baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni 
o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli 
yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-
tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim 
ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasining 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan 
birga, taʼlim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok 
etish vazifalari belgilandi: 

PIRLS – boshlangʼich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va 
tushunish darajasini baholash; 

TIMSS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy 
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash; 

TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim 
muassasalarida o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda 
o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish; 

PISA – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy 
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. Ushbu 
loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash 
ko‘nikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga 
turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu 
ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 29 aprel kuni 
"O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmonni 
imzoladi. Farmon bilan Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi 
tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning 
quyidagi yo‘nalishlarini belgilab berdi: 
O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The 
Programme for International Student Assessment) Xalqaro 
miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning 
birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; 
STEAM fanlarni va tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash 
va tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga 
alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion 



iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va 
yangi davlat ta’lim standartlari joriy etiladi; 
xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarning bilim darajasini 
baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va 
izlanishlar (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar)da O‘zbekiston 
Respublikasining doimiy ishtiroki ta'minlanadi. 
Mazkur xalqaro baholash dasturlari va ular doirasidagi 
tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) 
Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) 
tomonidan muayyan davriylik asosida dunyo mamlakatlari bilan 
hamkorlikda tashkil etildi. 
Endilikda, TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga 
kirishildi. Bu borada IEA tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy 
tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy 
taklifi”ga muvofiq Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba 
qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini 
baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy 
markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA 
rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi.
IEA 
rahbariyati 
Oʻzbekistonning 
ushbu 
tadqiqotda 
qatnashishishidan mamnun ekanligini aytib, Oʻzbekistonning taʼlim 
sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos kelishi haqida maslahatlar 
berdi. Bundan tashqari, IEA 2021-yil fevral oyida Germaniyaning 
Gamburg shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan milliy tadqiqot 
koordinatorlarining birinchi yigʻilishiga taklif qildi va Boston kolleji 
mutaxassislari bilan turli xil baholash modellarini muhokama qilish, 
tadqiqotlar yoʻnalishlarining afzallik va kamchiliklari haqida 
muhokamalar olib borish uchun qulay imkoniyat yaratib berilishi 
haqida maʼlum qildi.
Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib 
bormoqda, buni 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat 
qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq 
davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot 
natijalariga koʻra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, 



Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi 
eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan.
PISA 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-
ilmiy savodxonlik darajasini baholasa, PIRLS 4-sinf oʻquvchilarining 
matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi. TIMSS xalqaro 
baholash dasturi esa, 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va 
tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholaydi. PIRLS va TIMSSni bir-
birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin.
PISA va TIMSS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan 
biri sifatida oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini 
inobatga olinsa, Respublikamizda matematika sohasini rivojlantirish 
boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi deb 
aytish mumkin.
Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish 
orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim 
tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan 
qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi. 
Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari boshqa 
davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan matematika va tabiiy 
fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy 
fanlar 4- va 8- sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila 
tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni 
oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning 
mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni 
qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston matematika va tabiiy fanlar 
oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi 
bormi, agar bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? 
Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish boʻyicha 
oʻqituvchilar 
metodlari 
boshqa mamlakatlar 
oʻqituvchilari 
metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar 
oʻrganiladi va tadqiq etiladi.



Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda 
ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining 
samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar 
Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, 
kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini 
oshirishga xizmat qiladi. 
TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda 
boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 
2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-
davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin