22
Vaziyatlarni matematik tilda ifodalash:
–
inson faoliyatining turli jabhalari: shaxsiy hayot, kelajakdagi
kasbiy
faoliyat, o‘quv faoliyati, jamiyatdagi ijtimoiy hayot, fan va
texnikaga doir turli kontekstlarda berilgan muammoli vaziyatlar
mohiyatini o‘qib tushunish;
–
berilgan vaziyatni tahlil qilish va unda keltirilgan muammoni
aniqlash;
–
muammo va vaziyatlarda berilgan matematik tuzilmalar
(qonuniyatlar va munosabatlar)ni tanib olish;
–
muammo va
vaziyatlarni soddalashtirish, ularni alohida
masalalarga bo‘lish;
–
vaziyat tavsifida berilgan ma’lumotlardan amalda foydalanish
imkoniyatlarini aniqlash, qayta ishlash va muammoni matematik
masala ko‘rinishida ifodalash;
–
muammoli vaziyatning muhim jihatlari aks ettirilgan matematik
modelni tuzish.
Matematikani qo‘llash:
–
amaliy matematik masalani yechish uchun o‘rganilgan
matematik tushunchalar, faktlar, g‘oyalar, qonuniyatlar, algoritmlar va
metodlardan foydalanish;
–
masalani yechishning muqobil usullarini tahlil qilish, tanlash va
asoslash;
–
masalani (muammoni) yechish jarayonida yangi matematik
bilimlarni hosil qilish va ularni o‘zlashtirish;
–
matematik taxminlarni ifodalash va tadqiq qilish, matematik
asoslash,
taqqoslash va baholash;
–
masala yechishda mantiqiy, kreativ fikrlash, matematik
mulohaza yuritish va ilmiy izlanish usullari: kuzatish, o‘lchash, tajriba
o‘tkazish, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash va
Bilim
Munosabatlar va
qadriyatlar
Ko`nikmalar
Kompetensiyal
ar
Faoliyat
23
analogiyalardan foydalanish;
–
matematik tushunchalar orasidagi aloqalarni tanib olish va
ulardan foydalanish;
–
kundalik turmushda uchraydigan va boshqa fanlarga oid o‘quv
va hayotiy vaziyatlarda matematikani qo‘llash;
–
tabiat, jamiyatdagi hodisa
va jarayonlarni tushuntirish,
modellashtirish uchun turli matematik talqin usullaridan foydalanish.
Yechimni talqin qilish:
–
amaliy masalaning matematik yechimidan olingan natijalar
ustida fikr yuritish, matematik yechimni real muammo mazmuniga
ko‘chirish va matematik masalada tasvirlangan real muammoga
nisbatan uni talqin qilish va topilgan yechim muammoning haqiqiy
yechimiga mosligini hamda yaqinligini baholash;
–
matematik fikrni aniq, yozma
va tasvirli ifodalash uchun
matematika tilidan, belgi va timsollardan hamda kompyuter va axborot
kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish.
Matematik mulohaza yuritish va masalalar yechishda
qo‘llaniladigan o‘quvchilarning aqliy faoliyat turlari:
–
sodda xulosalar chiqarish;
–
mos keladigan asoslashni tanlash;
–
muammo mazmunidan kelib chiqib, matematik natija yoki
xulosa ma‟noga ega yoki ega emasligini tushuntirish;
–
muammoni boshqa shaklda ifodalash, jumladan, uni matematik
tushunchalarga moslashtirish va tegishli taxminlarni keltirish;
–
ta’riflar,
qoidalar va formulalarni, algoritmlarni va
hisoblashlarni qo‘llash;
–
real vaziyatga mos bo‘lgan va qurilgan matematik modelni
asoslash; – matematik natijani yoki yechimni aniqlash uchun ishlatilgan
jarayonlar va algoritmlar, modellarni tushuntirish va asoslash;
–
muammoni yechish uchun model chegaralarini aniqlash;
–
matematik natijani tushuntirishda va asoslashda matematik
dalillar ustida fikr yuritish kabilardir.
Dostları ilə paylaş: