Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
2-son qushimcha

Dilmurod XOLMURODOV, 
Qarshi davlat universiteti
Sevara TURSUNOVA, 
TATU Qarshi filali
TEXNIKA IXTISOSLIKLARI TA’LIMIDA FUNDAMENTAL 
QONUNLAR VA ILMIY-TEXNIK NAZARIYANI O‘ZARO 
ALOQADORLIGINING TAVSIFI
Annotatsiya
T
exnika ixtisosliklarida “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texno
-
logiyasi (Materialshunoslik va KMT)” fanini o‘qitish jarayonini tahlili, ilmiy 
texnik ma’lumotlarni tobora ko‘payib borayotganligi, auditoriya o‘quv soat
-
lari miqdorini kamayib borishi hamda mustaqil ishlash soatlari miqdorini ortib borishi 
hisobiga o‘quv rejasida ajratilgan soatlarda o‘quv materialini to‘liq o‘rganish hamda 
pedagog tomonidan mavzuni yoritish uchun ajratilgan vaqtda ulgura olmaslik kabi no-
standart vaziyatga olib kelishini ko‘rsatmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, o‘qitishning qulay bir modelini tanlash talab qilinadiki, 
bunda pedagog o‘quv fanining zamonaviy ilmiy mohiyati asosida ishlov berishda va 
ekspluatatsiya sharoitida materiallardagi struktura o‘zgarishlari uning xossalarini o‘z
-
gartirishi, ya’ni “materiallarning mikrostrukturasidan makroxossalarigacha” bo‘lgan 
materialshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv materialini to‘liq bayon qila 
olishiga imkoniyat berishi lozim. Ana shunday yondashish talabalarda quyidagi muam
-
molarni hal qilishlariga imkoniyat yaratadi: 
– materiallarni tanlash; 
TA’LIM VA TARBIYA METODIKASI


46
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
– detallar tayyorlashda ishlov berishning optimal rejimlarini aniqlash yoki belgi
-
lash; 
– mashinalarni yig‘ish jarayonini loyihalash; 
– transportni ishonchliligini oshirish maqsadida ishlash sharoiti va optimal ishlash 
tartibini tanlash.
Pedagog oldida o‘qitishning shunday metod, shakl va vositalarini tanlash masa
-
lasi turadiki, bunda talaba o‘quv fanini ilmiy mohiyatini anglagan holda tobora o‘sib 
borayotgan ilmiy-texnik ma’lumotlarni mustaqil o‘zlashtirishi asosida transport bilan 
bog‘liq muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvni amalga oshirishi mumkin. O‘qi
-
tish metod, shakl va vositalarini tanlashda ilmiy bilish metodikasi asos bo‘lishi tabiiy 
hisoblanadi.
Ma’lumki, metod – umumiy ma’noda, ma’lum bir tartibli faoliyat bilan maqsadga 
erishishning usulidir. Bu esa, o‘z navbatida turli xil empirik va nazariy uslublarni tizimli
ravishda qo‘llash orqali qo‘yilgan maqsadga erishishga olib keladi.
Pedagog o‘quv fani umumiy mazmunidan avvalambor materiallarni olish, ular
-
ga ishlov berish va ekspluatatsiya qilishda, ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalarini 
o‘zgarishiga olib keladigan hodisalarni fizik mohiyatiga qarab ajratadi. Bunday holda, 
qo‘yilgan metodik masalalarni hal qilishda ilmiy bilishdagi substrat yondashuvning na
-
zariy va metodologiyasiga e’tibor qaratish lozim.
Falsafa, tabiatshunoslik, texnik bilimlarda turli xil, jumladan fenomenologik, atribu
-
tiv, funksional va tarkibiy-tuzilmaviy yondashuvlar qo‘llaniladi. Ularning har biri yorda
-
mida aniq fanlarda ilmiy bilish muammolarining ma’lum bir sinfi masalalari hal etiladi.
Fenomenologik yondashuv fenomenologik qonuniyatlarni ochib beradi; atributiv
-
da modda xususiyatlarini o‘rganish uni o‘zida amalga oshiriladi; funksional – tizimlar 
faqat tashqi jihati nuqtai nazaridan, yaxlitlikning funksional abstraksiyasi doirasida o‘r
-
ganiladi; tarkibiy-tuzilmaviy yondashuvda esa, tizimli ravishda funksiyalarning ierarxik 
ketma-ketligini loyihalash va boshqalar ko‘rib chiqiladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 
yondashuvlar doirasida faqat o‘ziga xos umumiy shakllariga asoslanib, tizimlar, bilish 
obyektlarining mos modellari yaratiladi.
Tadqiqot predmetlari metodik tizim va tarkibiy-tuzilmaviy bo‘lganligi sababli, ilmiy 
bilishdagi funksional va tarkibiy-tuzilmaviy yondashuvlar haqida aniqroq to‘xtalamiz. 
Birinchi yondashuvda tashqi funksional aloqalar, funksional bog‘liqliklar tahlil qilina
-
di. Ikkinchi yondashuvda, tarkibiy-tuzilmaning abstraksiyasiga asoslanib (to‘plamlar 
elementlari bilan munosabatlar o‘rnatiladi, masalan, fraktal materialshunoslik va bo-
shqalar), ichki tarkibiy-tuzilmalarning o‘zaro munosabatlar momenti mutlaqlashtiriladi, 
zaruriy substrat quriladi.
Funksional yondashuvda ham, tarkibiy yondashuvda ham tadqiqotchi individual 
narsalar bilan emas, balki ularning tanlangan modellari bilan shug‘ullanadi. Ikkala ho
-
latda ham munosabatlar hamda substratning xususiyatlarini aniqlash amalga oshiriladi 
va “munosabatlar xususiyati substrati” turini aniqlash amalga oshirilmaydi.
Ammo aniq tadqiqotlarda, ayniqsa, qattiq jismlar fizikasi va materialshunosligi 
uchun xos bo‘lgan fazaviy o‘tishlar, bifurkatsiya va shunga o‘xshash boshqa jarayon
-
larda ilmiy bilishning qabul qilingan aksiomalar oqibati haqiqatdan chetga chiqishning 
ma’lum ehtimolligi mavjud, materialshunoslikda barcha tarkibiy-tuzilmaviy o‘zgarishlar 
chegarasida sodir bo‘ladi.
Bu esa, aynan (haqiqat harakati) “xossalar munosabatining substratini” aniqlash
-
ning substrat turi mazmunini tashkil etadi. Shunday qilib, materialshunoslikda – subst
-


47
rat (materiallarning mikrostrukturasi) xususiyatlari (materialning fizikaviy va mexanik 
xossalari) - munosabatlar (turli xil ishlov berish yoki ekspluatatsiya (ish sharoitlari)da 
materiallar xossalarining o‘zgarishi) ko‘rinishida shakllanadi.
Materialshunoslik va KMT substrati asosiy fundamental fizik mohiyatga ega – 
konstruksion materiallar atom-kristall tarkibiy-tuzilmalari va shunga o‘xshash boshqa
-
lar bo‘lganligi sababli fundamental fan (fizika) ning rivojlanishi bilan bog‘lanadi.
O‘tgan asrning oxirlariga kelib an’anaviy fundamental fanlarda sezilarli o‘zga
-
rishlar ro‘y berdi, fanlarni tahlil qilish va ularni ajratish o‘rniga, aniqlik, chiziqlilik va 
o‘zgaruvchanlikni o‘rniga fanlarning sintezi qarala boshlandi. Shu sababli, dunyoning 
xususiy ilmiy ko‘rinishi sifatida paydo bo‘layotgan dunyoqarash asta sekin dunyoning 
umumiy ilmiy ko‘rinishiga tizimlashtirilib, bu esa bilimlarni tizimlashtirish shakli sifatida 
xizmat qila boshladi.
Olamning fizikaviy manzarasi tasviri dunyoning tabiiy-ilmiy ko‘rinishining bir qis
-
midir. “Olamning fizikaviy manzarasi – tabiatning ideal modeli sifatida, ya’ni fizikaning 
umumiy tushunchalari, tamoyillari, gipotezalarini o‘z ichiga olgan va uning rivojlani-
shining ma’lum bir bosqichini tavsiflovchi model sifatida tushunilishi kerak”. Ilmiy ada
-
biyotlarda “olamning ilmiy manzarasi” va “olamning fizikaviy manzarasi” tushunchalari 
ko‘pincha teng qo‘yiladi. Bu esa ilmiy-texnik nazariyalar yaratilishi uchun asos bo‘ladi
-
gan fizik qonunlar va nazariyalarning fundamental tabiati bilan izohlanadi.
Nazariya ilmiy bilimlarning asosi va yetakchi shakli bo‘lganligi sababli, uning doi
-
rasida fundamental va amaliy aloqalar aniq ko‘rinadi, shu jumladan, to‘ldiruvchi faraz
-
lar, har xil modellar, metodologik ko‘rsatmalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan fizik nazariya
-
larning tuzilishini umumtexnik bilimlar asosida ko‘rib chiqish zarur.
Aynan fizika fanining ushbu tarkibiy qismlari asosida shakllangan barqaror ta’lim
“nazariy sxemalar, deb nomlangan va ijtimoiy-tarixiy jarayonda bilimlarning mustaqil 
shakli va nazariyalarni qurish bosqichi sifatida rivojlanib boradigan ta’lim sifatida vu
-
judga keladi. Umumiylik darajasi bo‘yicha nazariy sxemalar fundamental va xususiy 
sxemalarga bo‘linadi. Bunday bo‘linish mavhum obyektlarning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi, 
agar ular umumtexnik obyektlar bo‘lsa, u holda ilmiy-texnik nazariyalar fizik nazariyalar 
asosida paydo bo‘lgan, deb hisoblashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ammo mavhum obyektlar asosida qurilgan xususiy fizik nazariyalar fundamental 
va xususiy fizik nazariyalarga bo‘linishi uchun asos bo‘lganligi sababli, umumtexnik 
obyektlar esa xususiy fizik nazariyani xususiy ilmiy-texnik nazariyaga aylantirish uchun 
asos bo‘lishi mumkin. Shu sababli, Materialshunoslik va KMT fanini o‘qitishda xususiy 
ilmiy-texnik nazariyani (kimyoviy-issiqlik bilan ishlov berish nazariyasi – fizikaviy mo
-
hiyati – dissotsiatsiya, absorbsiya, diffuziya; sirt plastik deformatsiyalanish nazariyasi 
– dislokatsiya va shu kabilar) ajratish zarur.
Fundamental va xususiy nazariy sxemalardan nazariy umumlashtirishlarning 
umumiy bosqichlari ularning tuzilishi va o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra quyidagilarga aj
-
ratiladi: 
– hodisalar, tajribalar natijalari, nazariy sxemalar asoslari bo‘lmish dalillar, obyek
-
tiv haqiqat bo‘lagi (umumtexnik soha faktlari, ishlab chiqarish faoliyati obyektlari); 
– olamning yaxlit ilmiy manzarasini shakllantirish vositasi (nazariy sxemalar yad
-
rosi) sifatida tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, umumiy fizik tushunchalar, qonunlar 
va g‘oyalar asosidagi yaratilgan fizikaviy plastik modellari (texnikaviy obyektlari); 
– nazariy sxemalar yadrosining xulosalari va amaliy dasturlari;
– nazariy materialni talqin qilish.


48
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
Har qanday fizikaviy nazariyada asos, yadro va natija ajratiladi. Nazariyalar
-
ning tuzilishini ifodalovchi va yuqorida ko‘rsatilgan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan nazariy 
umumlashtirish bosqichlariga egadir.
Shunday qilib, agar fizika nazariyasida eksperimental dalillar, ideal obyekt, hamda 
ushbu obyekt bilan ishlash qoidalarini tavsiflovchi fizik tushunchalar va miqdorlar asos 
bo‘lsa, u holda yadro nazariyasiga - qonunlar, postulatlar, tamoyillar, fundamental do
-
imiylar kiradi. Eksperimental dalillarni asoslash, xulosaviy bilimlar olish va ularni aniq 
masalalarni hal qilish uchun qo‘llashga esa nazariyaning natijasi sifatida qaraladi. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin