Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
2-son qushimcha

F
gacha yetadi. Turli xil avtomobil markalari turli ish kuchlanishlaridan 
foydalanadi: 48 
V
, 96 
V
va 120 
V
eng ko‘p ishlatiladi. Shuningdek, o‘ziga xos parametr
-
lar, masalan: o‘ziga xos quvvat [W/kg], o‘ziga xos energiya [W/kg], energiya zichligi 
[W/m
3
] va ekvivalent seriyali qarshilik [mW]”.
Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yonda-
shish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish.
O‘quvchilardagi kreativ kompetentlik ko‘p qirrali bo‘lib, boshqalarni jalb qiladigan, 
o‘zini barkamol inson, deb his qiladigan bo‘lmog‘i kerak. Ijodiy faoliyatni o‘rgatish ja
-
rayoni shunday bo‘lishi kerakki, har bir o‘quvchi qobiliyatini namoyon qilishi va uning 
majmualarini rivojlantirishi, o‘z-o‘zini bilishga o‘rganish, ma’lum darajada tafakkuri, 
fantaziyasi hamda tasavvur qilishni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim.
O‘quvchilarda kreativ kompetentlikni rivojlantirish haqida gapirilganda, ijodda ‘‘ta
-
savvur qilish’’, ‘‘fantaziya’’ va ‘‘orzu’’ muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda uning 
asosiy qismlaridan biri hisoblanishini unutmaslik kerak. Ijod tasavvur qilish faoliyati 
bilan uzviy bog‘liq. Tasavvursiz inson deyarli ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi, u 
faqat borliqning zaif nusxasini yarata olishi mumkin. Tasavvur qilish bu o‘zi ega bo‘lgan 
tajriba asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat murakkab ruhiy jarayondir. Tegishli 
suyuqlik porsiyalarini taqqoslash uchun kerak bo‘ladigan ikkita stakan taroziga qo‘yib 
muvozanatlashtiriladi. Shtativga mahkamlangan prujinaga pallacha osiladi, bu pallac
-
haning tagiga ixtiyoriy shakldagi jism (yuk) ip bilan bog‘lanadi.
— Prujina nima ta’siridan chuziladi? Prujina jism bilan pallachaning og‘irligi ta’si
-
ridan cho‘ziladi. — Prujina qanday vaziyatgacha cho‘zilganini belgilab qo‘yamiz. Jism-
ning tagiga jumrakli stakan qo‘yib, unga to‘lguncha suv quyamiz. Boshqa suyuqlik 
bilan ham tajriba o‘tkazib ko‘rish mumkin, ammo bu bilan xulosalarning ma’nosi o‘z
-
garmaydi. Jumrakli stakanning jumragi tagiga tarozidan olingan stakanlardan birini 
qo‘yamiz. Jismni suvga butunlay botiramiz. Prujina nima qildi? Nima uchun? (Prujina 
siqildi, chunki prujina elastik bo‘lganligi hamda jism suvga botirilganda unga suyuklik 
tomonidan yuqoriga tik yo‘nalgan itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qila boshladi.) 
— Prujinani oldingi pastki vaziyatiga kelguncha qo‘l bilan cho‘zamiz. Bunda ta’sir 
qiluvchi kuchlar to‘g‘risida nima deyish mumkin? Ularning bir-biriga munosabati qan
-
day? (Prujinaga ta’sir qilayotgan qo‘l kuchi, elastiklik kuchi va itarib chiqaruvchi kuchga 
teng.)
— Qo‘limizni olamiz. Pallachaga prujina oldingi vaziyatiga kelguncha suv quyamiz. 


71
quyilgan suvning og‘irligi bilan itarib chiqaruvchi kuch to‘g‘risida nima deyish mumkin? 
(Itarib, chiqaruvchi kuch pallachaga qo‘yilgan suv og‘irligiga teng.)
O‘quvchilarda kreativ kompetentliginiing muvaffaqiyatli rivojlantirishni faqat 
ma’lum sharoitni yaratish hamda uni qulay shakllantirish bilan amalga oshirish mum
-
kin. Ijodni rivojlantirishning biri o‘quvchining o‘z-o‘zini yuqori baholash, ya’ni unda o‘z 
kuchi va aqliy imkoniyatlariga yetarli darajada ishonch uyg‘otishdir. O‘quvchi “omad 
lazzati” ni bilishi kerak. O‘quvchining omadi uning ishining yakuni bo‘lishi kerak emas, 
balki boshlanishi bo‘lmog‘i darkor. O‘quvchining qobiliyatini rivojlantirishning ikkinchi 
sharti munosib psixologik iqlimni yaratish hisoblanadi. Aynan o‘qituvchi o‘quvchini bi
-
rinchi kunlardan boshlab maktabda uning kreativ kompetentligini shakllantirish hamda 
rivojlantirish uchun mukofotlashi va rag‘batlantirishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, ijodiy taffakkur – maktab o‘quvchilarini psixik faollik, mus
-
taqillik yangi, original yaratishdir. Ijod fan va texnikada kashfiyotni, insoniyat sivilizatsi
-
yasining barcha ixtirolarini, insonlarning hayot shaklini hamda inson ijodiy faoliyatining 
natijasini belgilab berdi. Hozirgi zamonaviy maktablarning talabi nafaqat bilim berish, 
balki amaliy ishlarda o‘quvchini muammoni qo‘yish qobiliyati va uni hal qilish yo‘llari 
hamda yangi ijodiy faoliyatni mustaqil izlashga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika kursining “Qattiq jismlar fizika”ga oid mav
-
zularni o‘qitishda aralash dars, amaliy mashg‘ulaot, laboratoriya (vertual) hamda ijod 
qilish (kashfiyot va ixtiro)ga o‘rgatish o‘quvchilarda kreativ kompetentlikni shakllanti
-
rish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi omillardan biri sanaladi. Kuzatish olib borish, 
muammoli vaziyatlarni yaratish va ta’lim oluvchilarning mustaqilligini ta’minlash, ularni 
o‘z fikrlarini erkin bayon etish, rag‘batlantirish ularda nafaqat kreativ kompetentlikni 
shakllantiradi, balki fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, uni mustahkamlaydi 
hamda rivojlanishiga olib keladi.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin