Ключевые слова.
Гончарство, творчество, живопись, умение, интерактивные методы,
инновации, образование.
This article describes factors that develop creativity, creative competence of pedagogues,
innovative activities of students, interactive education, innovative education and information and
communication technologies, and creative abilities of students during pottery classes.
Key words.
Pottery, creativity, painting, ability, interactive methods, innovation, education.
Jaxongir BEGIJONOV,
Andijon davlat universiteti,
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi’’ kafedrasi o‘qituvchisi
BADIIY KULOLCHILIK MASHG‘ULOTLARI
JARAYONIDA TALABALARNI KREATIV
KOMPITENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
O‘
zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro
standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim muassasasini jahonning
yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarni o‘rnatishi, o‘quv
jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar,
o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog
kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirishda interfaol
usullardan samarali foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Bu haqda O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh
avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish”
kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o‘qitish metodlari
asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy
ta’lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta’minotini yaratish, talabalar
-
da kasbiy faoliyat sohalariga yo‘naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish asosiy
vazifalardan biridir .
Kreativlik ta’lim jarayonini tashkillashtirishni o‘zida mujassamlashtirib, kreativ
ta’lim jarayonini qurish, ta’lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish, turli
uslublar, bilim va ko‘nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Kreativlik –
shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui sifatida
namoyon bo‘ladi. Kreativlik o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sez
-
63
girlik, intuitsiya, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiya
-
ni qamrab oladi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida,
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning
muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks
etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi.
Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, man
-
faatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini yangi
bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o‘qitish metodlari
asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish keng tatbiq etish imkoniyat
-
lari yaratilmoqda. Pedagog olimlardan O. Jamoliddinova, O. Musurmonova, M. Urazo
-
va, N. Egamberdieva, E. Yuzlikaeva, Sh. Sharipov, A. Umronxo‘jayev, A. Valiyev, Ru
-
ziev E.I, Ashirboev A.O, Sh. Shodmonovalarning ilmiy izlanishlarida ta’lim oluvchilarda
kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy-innovatsion
tayyorgarligini shakllantirishdagi o‘ziga xos jihatlari, kreativlik sifatlarini rivojlantirishga
ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi, shuningdek, ta’lim oluvchilarda tanqi
-
diy, kreativ tafakkurni shakllantirish yo‘llari va shakllari, mavjud pedagogik shart-sha
-
roitlari, didaktik ta’minoti, shuningdek pedagogik kreativlik mazmuni yoritib berilgan.
Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini
shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san’a
-
ti kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini
shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri
hisoblanadi. O‘zbek kulolchiligidagi badiiy uslub uzoq davr davomida shakllanib, ayrim
tumanlarda idish-tovoqlar turlari va naqshlarining o‘ziga xosligi saqlanib kelmoqda.
Idishlarga beriladigan naqshlar asosan qalami, chizma yoki xarroji uslubida amalga
oshirilgan, ba’zan ular birgalikda ishlatilgan. Kulolchilik O‘zbеkistonning hamma joyi
-
da uchraydi. Ammo badiiy buyumlar yaratishda eng yirik markazlardan Rishton, G‘ij
-
duvon, Shahrisabz, Xiva, Xonqa, Samarqand, Toshkеnt qadimdan mashhur bo‘lgan.
Masalan, Rishton kulollari yaratgan sirli idish va sopol buyumlar o‘zining nozik va mu
-
rakkab naqshlari, bo‘yoqlar koloriti, ayniqsa, och ko‘k kobalti va fеruza rangli bir nеcha
ohangliligi bilan ajralib turadi.
Hozirgi Rishton buyumlaridagi qalami uslubida yaratilgani naqshlar yirik va dеkora
-
tiv xildagi ornamеntli. G‘ijduvon sopol idishlari o‘zining rang boyligi va qatlamliligi bilan
ko‘zga tashlanadi. Ularda ham хatlami uslubida to‘q jigarrang fonida yashil, to‘q sariq,
to‘q ko‘k va qizil g‘isht rangli naqshlar bir nеcha qatlamda bеrilgan bo‘lib, bo‘rttirilgan
-
dеk sеziladi. Hozirgi Shahrisabz ustalari yirik ornamеntli qizil-jigarrang fonda yashil,
sariq, qizg‘ish va ba’zan ko‘k ranglar bilan idish-tovoqlarni bеzaydilar. Samarqandlik
kulollar katta dеkorativ shakldagi oltin yoki sakkiz qirrali yulduz, doirasimon, o‘simlik
ornamеntli naqshlari bilan o‘z mahsulotlarini bеzaganlar. Toshkеntliklarda ikki xil sopol
idishlar farqlanadi: eski xilda yasalgan suyuqlik oqimiga o‘xshash yashil, sariq va jigar
-
rang bo‘yoqli va hozirgi davrga oid ochiq fonga bitilgan chеkkasi gravirovkali, mayda
o‘simlik ornamеntli, poli xrom bеzakli namunalar. Farg‘ona kulollari sopol idishlarga oq,
ko‘k, qizil, yashil, sariq, va hokazo tusda sir bеradilar.
Ma’lumki, mavjud barcha san’at turlari o‘z o‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki to
-
moshabiniga o‘tkazadigan badiiy, xissiy, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi va tarbiyalaydi.
Shu o‘rinda amaliy bezak san’ati turlarining fazilatlari juda ham o‘ziga xos bo‘lib, ular
-
ni boshqa xech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ya’ni bunday san’at asarlari ayni
chog‘da ham badiiy, ham amaliy vazifalarni bajara olishi ularning xalq orasida keng
64
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
tarqalishiga sabab bo‘lgan. Yaqin o‘tmishda o‘zbek amaliy bezak san’atining eng ri
-
vojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och, tosh va suyak o‘ymakorligi kandakorchi
-
lik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘stlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik,
bo‘yrachilik kabi turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari,
ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda nom
qozongan ustalarning xizmatlari unuta borilib, yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan edi.
Bunday holat hozirgi kunda san’atkorlar, xalq ustalari, muallimlar va san’at havaskor
-
lari oldiga amaliy bezak san’atini saqlab qolish, ularni har tomonlama o‘rganish va
rivojlantirish, yosh avlodga san’at sir-asrorlarini o‘rgatish orqali o‘rinbosarlar tayyor
-
lash, san’at asarlarini keng targ’ib qilish orqali jamoatchilikning estetik didini, madaniy
darajasini yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga erishish vazifalarini qo‘yadi. O‘tmish-
da ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini
yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.
So‘nggi yillarda badiiy kulolchilikka qiziqish kuchaydi va u tez tarqala boshladi.
Yosh ustalarning ishlari shuhrat qozondi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg’o
-
na, Qoqon, Andijon, Namangan, Shahrisabz va boshqa shahar hamda tumanlarda
-
gi turli kasblarda ishlaydigan kishilar bo‘sh vaqtlarida naqsh bilan shug’ullanmoqda
-
lar. Usta kulollarni go‘zallik ustalari deb atalgan va haqiqatdan ham shunday. Badiiy
kulolchilik-ranglarning uyg‘unligida va original kompozitsiyalarda go‘zallik yaratish
san’atidir. Kulol o‘z ishida rangning tabiiy jilosidan, bejirim shakldan, material faktura
-
sidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalilikka erishadi. O‘zbekistonning an’anaviy
me’morchiligida kulolchilik va naqqoshlik asosan shiftlarni: jimjimador araqilarni, saroy
ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning, uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni
bezashda qo‘llangan. Nozik o‘simliksimon-geometrik naqshdagi o‘zaro singishib ket
-
gan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o‘zbek us
-
talarining ishlaridagi islimiy va girih nashqlarining klassik motivlari shiftlarning shakliga
moslangan.
Kulolchilik xalq amaliy sanʼati turlaridan bo‘lib, hunarmandchilikning loydan, gil
-
dan turli buyumlar, idishlar, qurilish materiallari tayyorlaydigan sohasiga kiradi. Kulol
-
chilikda asosiy xom ashyo tabiiy tuproq bo‘lib, loy qancha ko‘p pishitilsa, sopolning
sifati shuncha yaxshi bo‘ladi. Kulolchilikning bezak sanʼati boʼlgan koshinkorlik sanʼati
Markaziy Osiyoning meʼmorchiligida keng rivojlandi. Kulolchilikda asosiy xomashyo –
tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha bo‘lgan tuproqlardan turli xil kulolchilik mahsu
-
lotlari tayyorlanadi. Loy qancha ko‘p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo‘ladi.
Kulolchilikda asosiy qurol kulolning charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga
shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi.
Kulollik charxi – kulollikda ishlatiladigan dastgoh; kulolning asosiy ish quroli,
maxsus loydan ishlanadigan idishni shaklga solishda foydalaniladi. Kulollik charxi ikki
yog‘och g‘ildirak – katta parrak (diametri 1 metrgacha) va kichik sartaxta (diametri 20-
30 sm) hamda g‘ildiraklarning markazidan o‘tgan dumaloq xarsang toshga o‘rnatilgan
o‘qdan iborat. Kulol pasdagi katta g‘ildakni oyog‘i bilan aylantiradi, yuqoridagi g‘ildirak
ustiga loyni quyib idish yasaydi. Kulolchilik charxi ilk bor Qadimgi Sharqda milloddan
avvalgi 4-3 ming yillikda paydo bo‘lgan, u dastlab qo‘lda aylantirilgan. Keyinchalik o‘rta
asrlarda oyoq bilan aylantiradigan xili-hozir qo‘llanilayotgan Kulolchilik charxi yuzaga
kelgan.
Hozirgi kunda kulolchilik faniga yanada e’tibor kuchaymoqda. Rishton O‘zbekis
-
tondagi sirlangan sopol buyumlari ishlanadigan eng mashhur va qadimiy markazlardan
65
biri. XIX asr oxiri, XX asrboshlarida aholisining deyarli hammasi kulollardan iborat edi.
Farg‘ona vodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta’siri os
-
tida bo‘lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlarni yasash uchun yaroqli bo‘l
-
gan, alohida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo‘la oladi. Qizg‘ish-sarg‘ish
rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butun xududida 1-1,5 m chuqurlikda qatlam bo‘lib
joylashgan. Gilning yaxshi sifatliligi mahalliy ustalarning uni O‘zbekistonning boshqa
tumanlaridagi kulollardan farqli ravishda oldindan tozalab boshqa turdagi tuproqlarga
aralashmagan xolda ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini beradi. Kulollar Rishton yaqi
-
nidagi tog‘lardan har xil bo‘yoqlar, kvartsli qum va olovbardosh gillarni qazib olishgan.
1960-yillarda yuqorida eslatib o‘tilgan moviy sopol buyumlari ishlab chiqariladigan an’a
-
naviy markazlar barham topa boshladi. Anashunday sharoitda san’atshunoslarning Bu
-
tunittifoq konferentsiyasi (Farg’ona 1974 yil) qabul qilingan moviy ishqorli sopol idishlari
ishlab chiqarish an’analarini saqlab qolish haqidagi qarori amaliy ahamiyat kasb etdi.
Ushbu qaror ustalarga ma’qul tushdi. Ular oldingi ishlab chiqarishga qaytib buyumlarni
bezashning an’anaviy shakllari va usullarini qayta tiklay boshladilar.
An’anaviy shakllarni va naqshlarni izchillik bilan to‘laqonli qilib qayta tiklash an’a
-
nalarga so‘zsiz rioya qilish o`rnini yakka tartibdagi ijodiy tashabbuskorlik, yangicha
usul va naqshin bezaklar turlarini kengaytirish egallab bormoqda. Har bir ijodkorning
ruhiy holati, o‘zi bajarayotgan buyumida o‘z aksini topmasdan qolmaydi. Kishi ru
-
hiyatini ko‘tarishda esa xonaning ozodaligi, jihozlarning qulayligi muhim rol o‘ynay
-
di. Kulolchilik xonasini jihozlashda haykaltaroshlik xonalarini jihozlashning umumiy
qoidalaridan kelib chiqqan xolda jihozlash qisman bo‘lsada foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Har bir asbob-uskunalar, xom-ashyolar, ko‘rgazmali qurollar, talabalar
-
ning tayyor ishlari, dastgohlar, elektropechlar tartibi bilan o‘z joyiga qo‘yilmog‘i lo
-
zim. Kulolchilik ustaxonasida bevosita talabaning foydalanadigan maydoni 50-55 m2
bo‘lsa, har bir talabaning ish o‘rni bir-biridan 60 sm, qatorlar orasi 1 m dan uzoqlikda
bo‘lsa, harakatlanish qulay bo‘ladi. Ustaxonaga tabiiy yorug‘lik tushishini ta’minlash,
buning iloji bo‘lmasa, kunduzgi yorug‘lik lampalari bilan ta’minlash kerak. Kulolchilik
asarini yasash uchun talabadan mohir musavvirlikni, naqqoshlikni, haykaltaroshlikni
talab etadi. Har bir asbob-uskunani yoki dastgohni, elektropechni, xumdonlarni ishla
-
tishning qonun-qoidalari mavjud. Talabaning bu texnologiya bilan tanishmagani turli
baxtsiz hodisalarni keltirib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ishlashdan oldin albatta maxsus
ish kiyimini kiyib olish zarur. Xumdonda sopol buyumlar pishirishdan oldin xumdon
atrofidagi buyumlar ko‘zdan kechiriladi. Yong‘indan saqlash choralari ko‘rib chiqiladi.
Elektro isitgichlarda ishlaganda uni isitishdan oldin barcha simlar, uzellarning butunli
-
gi ko‘zdan kechiriladi. Agar ba’zi simlar izolyatsiyasi ochilib qolgan bo‘lsa, elektrope
-
chlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi. Topilgan kamchiliklar tuzatilgandan so‘ng ishlas
-
hga ruxsat beriladi.
San’atshunoslar ijodkorlarga yo‘l ko‘rsatib berishi emas, ularning qilgan ishlarini
ilmiy o‘rganishi kerak. Lekin yuqoridagiday holatlarda eski Chust pichog‘i namunalari
-
dan, eski Namangan kulollari ishlari namunalaridan muzeylar yordamida topib ustalar
-
ni to‘g‘ri yo‘lga, yani bobolari san’atini davom ettirishga va takomillashtirish yo‘liga solib
qo`yishi muhimdir. Bugun Farg‘ona vodiysida bir necha yetuk amaliy san’at vakillari
yashab ijod qilishmoqda. Biroq ularga shogirdlar biriktirish masalasi hal qilinmagan.
Agar qaysi bir yetuk san’atkorni olib ko‘rsak, xoh tasviriy san’at, yoki amaliy san’at so
-
hasida bo‘lmasin, albatda mukammal bir ijodkorga shogird bo‘lganligiga guvoh bo‘la
-
miz. Farg’ona naqqoshlik maktabining uslubi tojik namunalariga o‘xshab ketadi. Naqsh
66
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
kompozitsaiyalarida ortiqcha shakl yasovchilarisiz zamin bo‘shliqlari islimiy gul, vaq,
novda shakllari bilan mohirona to‘ldiriladi. Farg‘ona naqshlariga to‘qroq, qarama-qars
-
hi ranglar jilvasi ulug‘vorlik bag‘ishlaydi. Farg‘ona naqqoshlik maktabi haqida gap ket
-
ganda, Qo‘qonlik naqqosh ustazodalar nomlarini faxr bilan tilga olish mumkin. Ular
Norqo‘zi Nurmatov, Saidmahmud Norqo‘ziyev, Saidahmad Mahmudovlardir. Mustaqil
-
ligimizning ilk yillarida o‘zining 80 yoshlik to‘ylarini nishonlab, ‘‘O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan san’at arbobi’’ unvonini olgan Saidahmad Mahmudovning ko‘plab shogird
-
lari bor. Shuningdek Farg‘ona naqqoshlik maktabi nomi bilan tilga olinadigan Xo‘jand,
Marg‘ilon, Qo‘qon, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq, va Rishton
shaharlarida vujudga kelgan uslublarda ijod qilgan ustazoda Saidahmad Norqo‘ziyevni
ham alohida ta’kidlash lozimdir. Bugungi kun yoshlari ularning ishlarini sadoqat, ixlos,
mehr-muhabbat bilan organmoqdalar. Bu yo‘lda ularga bajonidil ustozlik qilib kelayot
-
gan Namangan naqqoshlik maktabi asoschilaridan biri, xalq ustasi, yetuk mutaxassis
rassom va naqqosh Asqarbek Akparov shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |