81
bu universitetining o‘qituvchisi o‘qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qis
-
man o‘qiydilar. Shuningdek, bu modelda an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar,
taqdimotlar, ma’ruzalar ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar alohida shakllarining birlashmasi
bo‘lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan
qanchalik yuqori jihozlangan bo‘lsa, shunchalik o‘qitish shakllari turli-tuman bo‘ladi.
Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zelandiyadagi Massey universitetida (Massey
University, New Zealand – http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium.
Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular
o‘quv materiallari bilan almashadilar yoki ba’zi vazifalarni bo‘lishib oladilar. Masalan,
bir universitet masofali o‘qitish uchun o‘quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi vir
-
tual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofali o‘qitish dasturlarini
rasmiy akkreditatsiyasini o‘tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning
alohida markazlari, fakultetlari, xatto ta’lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki
davlat tashkilotlari hamkor bo‘lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat markazlashgan
boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material xuquqlarini rioya
etish shartlaridagina samarali bo‘ladi. Kanadadagi ochiq o‘quv Agentligi (Open Lear
-
ning Agency, Canada – http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo‘lishi mumkin.
Franchayzing.
Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o‘qitish modelida
hamkor universitetlar bir – birlariga o‘zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta’lim
xizmati bozorida o‘zini ko‘rsatgan qandaydir universitet o‘zida ishlab chiqqan kurslarini
masofali o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o‘qitish uchun o‘quv ashyo
-
larini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lmagan boshqa oliygoh – hamkorlariga
o‘qitish huquqini berishi mumkin. Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar
o‘zlarining universitetida o‘qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg‘or oliygoh talabasi
kabi o‘sha hajmda va o‘sha sifatda ta’lim xizmatlariga, o‘qishni bitirganlaridan keyin
xatto diplomlariga ega bo‘ladilar. Bunda ilg‘or universitetning barcha atributlari o‘z ku
-
chini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq
universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Brita
-
in) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish mumkin.
Validasiya.
Masofali o‘qitishning juda keng tarqalgan modeli bo‘lib, bunda ta’lim
muassasalari masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada
bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs
va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni
berish ga mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygoh (davlat akk
-
reditasiyasiga ega bo‘lgan taniqli oliygoh) va uning hududlardagi ko‘p sonli filiallari
orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: