Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


KREDIT-MODUL TIZIMIDA MASOFALI O‘QITISHNING



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88
2-son qushimcha

KREDIT-MODUL TIZIMIDA MASOFALI O‘QITISHNING 
NAZARIY VA DIDAKTIK ASOSLARI
Annotatsiya
P
rezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashab
-
busi doirasi Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va inter
-
netdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni 
axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida res
-
publika bo‘yicha 102 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida o‘zgarmay kel
-
gan holatlarni o‘zgartirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, 
kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo‘ldi.
Endilikda esa ta’lim tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari o‘rniga masofaviy 
ta’lim elementlari kirib keldi.
Zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoni
-
ga kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli 
– masofaviy o‘qitish yaratilishiga omil bo‘ldi.
Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘za
-
ro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va internetning 
bosh qa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini 
ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI


79
qo‘llashga asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imko
-
nini beradi, integrasiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi 
funksiyalarni bajaradi.
Masofaviy o‘qitish barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz 
oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mus
-
taqil o‘quv-uslubiy materiallarni o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita 
rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa ‘‘vertikal o‘quv guruhi’’ ta
-
labalari bilan muloqotda bo‘ladi.
Masofaviy o‘qitishda turli xil axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foy
-
dalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog‘liq. Masalan, 
an’anaviy bosma usuliga asoslangan o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma, darsliklar) 
talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video kon
-
ferensiyalar ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishga, elektron pochta to‘g‘ri 
va teskari aloqa o‘rnatishga, ya’ni xabarlarni jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan. 
Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va 
ko‘rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor al
-
mashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayot-
gan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o‘tamiz.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin