88
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
qo‘llay olish;
o`quvchilarning fikrlashlari va bir-birlari bilan fikr almashishlari uchun zamona
-
viy ta’lim texnologiyalari haqida tushunchaga ega bo‘lishi;
darsning samaradorligini oshirish uchun pedagogik texnologiyalardan
sama-
rali foydalanish va mashg’ulotlardan foydalanishni o‘zlashtirish;
pedagogik mehnat samaradorligini tahlil qilish usullarini bilish va o‘zini o‘zi
baholay bilish;
bolalarni o‘zlarining izlanishlari, ijodkorligi, tashabbusi va aniq harakatlari
orqali o‘qitish;
o‘quv jarayonlarida foydalanish uchun innovatsion multimediya materiallarini
yaratish.
Ilmiy izlanishlar natijasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining bilim ko‘nikmalarini
oshirishda zamonaviy pedagogik ta’lim texnologiyalari orqali tabiiy-iqtisodiy manba
-
lardan oqilona foydalanishning eng muhim vazifalarini, jumladan, tabiiy manbalar,
iqtisodiy manbalar haqida dastlabki bilim va ko‘nikmalarni turli xildagi videodarslar,
orqali tushuntirishimiz kerak bo‘ladi. Kelajakdagi oldini olish mumkin bo‘lgan iqtisodiy
inqirozlar, ekologik muammolar haqida bolaga tassavvur paydo bo‘ladi. Maktab o‘quv
-
chilarida zamonaviy ta’lim texnologiyalar orqali tabiiy-iqtisodiy manbalar tushunchasi
-
ni boshlang’ich sinfligidanoq o‘quv jarayonlarda interfaol usullar orqali o‘rgatilganda,
o‘quvchilar asosiy tushunchlar orqali tasavvurga ega bo‘ladilar. Tabiiy-iqtisodiy man
-
balarimizni asrab avaylashimiz haqida tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchi yoshligidanoq
tarbiya asosida ulg’ayadi. Bu esa, kelajakda ilm fanni, iqtisodiyotni rivojlanishiga olib
keladi. Tabiiy-iqtisodiy manbalarning mohiyatini bilishimizda ehtiyojlarni qondirish
uchun ishlab chiqarishga ishlatiladigan tabiiy va inson imkoniyatlarining barcha turla
-
ri hisoblanadi. Tabiiy iqtisodiy manbalar turli yo‘llar bilan shug‘ullanadilar. Manbalarni
tabiiy holatda o‘rganish va manbalarni iqtisodiy jihatdan o‘rganishimiz kerak bo‘ladi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalangan holda tabiiy iqtisodiy manbalar
-
dan oqilona foydalanishga o‘rgatishda o‘quvchilar uchun darsning muhim jihatlaridan
biri – bu bilim olishda shaxsiy qiziqish zarurligini tushunishidir
.
Shunda boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarida nafaqat natijada, balki butun o‘quv jarayoni davomida o‘z kompe
-
tentsiyalarini his qilishlari mumkin. Shuning uchun zamonaviy dars maxsus tashkil etil
-
gan mashg‘ulotlar va bilim va ko‘nikmalar orqali oddiy shaxslararo, tabiiy muhitlararo
aloqalar uyg‘unligida o‘tilishi kerak, deb hisoblaymiz.
Xulosa o‘rnida shu e’tirof etish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabi
-
iy-iqtisodiy manbaalardan oqilona foydalanish ko‘nikmasini shakillantirishimiz orqali,
o‘rgatishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ijodiy faolayatni rivojlan
-
tirishda o‘quvchilarning yosh xususuyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil
etishda darslarni rivojlangan mamlakatlar ta’limi tajribasi asosida noananaviy tarzda
o‘tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish, har tomonlama bilimli yosh
-
larni tayyorlashimiz imkoniyatlarini yaratib beradi.
Dostları ilə paylaş: