Kalit so‘zlar.
Temuriy malikalar, o‘smir qizlar, milliy qadriyat, ayollar ta’limi, Sharq al-
lomalari, mahalla, oila, ta’lim, tarbiya, kitob mutolaasi, axloq-odob, afsona, rivoyat.
В данной статье речь идет о формировании духовного наследия тимуридских
принцесс на основе педагогических технологий и информационных технологий, о
научности, повышении их духовно-нравственных ценностей, поощрении к чтению книг.
Духовно-нравственные ценности учат девочек методу воспитания, дисциплине воспитания,
добрым нравам, манерам поведения, сдержанным манерам, способам очищения ума.
Ключевые слова.
Tимуридские принцессы, девочки-подростки, национальная
ценность, женское воспитание, восточные ученые, соседство, семья, воспитание,
обучение, чтение книг, нравственно-нравы, легенда, повествование.
This article deals with the formation of the spiritual heritage of the Timurid princesses on
the basis of pedagogical technologies and information technologies, about scientific character,
increasing their spiritual and moral values, and encouraging them to read books. Spiritual and
moral values teach girls the method of education, the discipline of education, good morals,
manners, restrained manners, ways to purify the mind.
Key words.
Timurid princesses, teenage girls, national value, women’s education, Eastern
scholars, neighborhood, family, upbringing, education, reading books, morals, legend, narration.
Dilafruz QURBONOVA,
Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
TALABA QIZLARDA TEMURIY MALIKALAR
MA’NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLARINI PEDAGOGIK
VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
98
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
ratlari hamisha Bibixonim (Saroymulkxonim) so‘zlariga quloq tutganlar, maslahatlarini
e’tiborga olganlar hamda temuriy shahzodalar asosan Bibixonim tarbiyasini olganlar.
Malikalarning uzuk-muhrlari ham bo‘lgan. Buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Mu
-
hammad Bobur ham o‘zining “Boburnoma” asarida 72 ta ayol to‘g‘risida ma’lumot ber
-
gan.
Ma’naviyat – insonning hayot tajribasi, mehnati, bilimi, axloq-odobi, avlodlar tajri
-
basi asosida shakllanib boradi. Ma’naviyat insonning hayoti va faoliyatiga maqsad va
yо‘nalish beradi. Shunungdek, insonning о‘z xalqi tarixini, uning madaniyatini chuqur
-
roq bilishi va tushunib yetishiga yordamlashadi. Inson ma’naviyatsiz yashay olmaydi.
Ma’naviyat alohida bir inson uchungina emas, jamiki odamlar uchun ham, xalq, elat va
millat uchun ham о‘ta zarur va muhimdir. Ma’naviyatsiz inson bо‘lmaganidek, ma’naviy
yetuk, axloqan pok va mukammal insonlarsiz jamiyat va millat ham bо‘lmaydi. Inson
ma’naviyati jamiyat, davlat va millat ma’naviyati bilan uzviy bog‘liq.
Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Shodmulk Xotun Samarqand
shahrining quyi tabaqasiga mansub hunarmand oilasida dunyoga keladi. Amir Temur
-
ning suyukli nabirasi Xalil Sulton Mirzo (Mironshoh Mirzoning о‘g‘li, 1366-1408) kun
-
lardan bir kun shahar chetidagi bog‘ kо‘chadan otda о‘tib ketayotib, Shodmulkka kо‘zi
tushadi va uni sevib qoladi. Xalil Sulton Mirzo (1384-1411) jasoratli, harbiy salohiyatli
va iste’dodli yigit bо‘lgan. Balog‘atga yetgach, uni aslzoda xonadon qiziga uylantirish
-
gan. Undan bir о‘g‘li ham bor edi. Ammo Shodmulkni sevib qolgach, о‘z zamonasining
taomiliga qarshi о‘laroq, shu qizga uylanadi. Tabiiyki, bunday ‘‘tengsiz’’ nikohga Temur
boshliq butun avlod qarshi turishgan. Biroq Xalil Sulton Mirzoning qat’iy qarori g‘olib
chiqadi. Amir Temur avvalida qattiq g‘azablangan bо‘lsa-da, keyinchalik nabirasiga
bо‘lgan yuksak e’tiqodi tufayli uning gunohini kechiradi.
Gulbadan begim Zahiriddin Muhammad Boburshohning Dildor begim nomli xotini
-
dan tug‘ilgan uchinchi qizidir. Gulbadan begim 1523-yili Kobulda tug‘ilgan. Uning onasi
Dildor begimning haqiqiy ismi Soliha Sulton begim bо‘lib, Zahiriddin Muhammad Bobur
Mirzoning amakisi Sulton Mahmud Mirzoning qizi edi. Gulbadan begim otasi Bobur
podshohning farmoniga kо‘ra katta onasi, ya’ni Humoyun Mirzoning onasi — Mohim
begim qо‘lida tarbiyalanadi. Mohim begim Bobur podshohning eng suyukli katta xotini
bo‘lib, hukmdorning xotinlari orasida oqila va bilimdoni edi. Binobarin, 1525 yili Gulba
-
dan begimni Mohim begim о‘z tarbiyasiga oladi. Gulbadan begim har ikkala onasini
ham samimiy e’zozlagan. U о‘z asarida onasini ‘‘Dildor begim’’, Mohim begimni esa
‘‘onam hazratlari’’ deb tilga oladi.
Zebunniso begim Zahiriddin Muhammad Boburning pannevarasi Abu Zafar Mu
-
hiyiddin Muhammad Avrangzeb (taxtbezagi) Olamgirning qizi. Uning onasi Dilrasbonu
Shohnavozxonning qizi bо‘lib, Boburning Gulbadan begim ismli qiziga borib tutasha
-
di. Zebunniso begim (1048-hijriy yil shavvol oyi) 1639-yil-milodiy, fevral oyida Dehlida
tug‘ilgan.
Uning otasi Avrangzeb (1618-1707) yoshligidanoq dindorligi bilan nom chiqargan
edi. Sankt-Peterburg Davlat Ermitajining qimmatbaho ashyolar fondidan temuriy mali
-
ka Gavharshod begimning uzuk-muhri, XIX asr saroy malikalarining oltindan yasalgan
uzuklari, taqinchoqlari saqlanmoqda.
Gavhar Shod begim Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li Shohruh Mirzoning suyukli
katta xotini edi. U Chig‘atoy zodagonlaridan G‘iyosiddin Tarxonning qizi edi. Rivoyat
qilishlaricha, G‘iyosiddin Tarxonning bobokaloni – Qushlik bir vaqtlar Chingizxon mu
-
lozimatida bo‘lib, bir jang asnosida uni o‘limdan saqlab qolgan ekan. Shundan buyon
99
Chig‘atoy ulusida bu avlod yuksak e’tibor va hurmatga sazovar bo‘lgan. Gavhar Shod
begim 1379-yilda tug‘ilib, 1393-yilda Shohruh Mirzo nikohiga kirgan. Undan uch o‘g‘il
va ikki qiz ko‘rgan. To‘ng‘ich o‘g‘li – Ulug‘bek Mirzo ko‘ragon (Muhammad Tarag‘ay,
1394-1449), o‘rtancha o‘g‘li – Boysung‘ur Mirzo (1397-1433) va kichik o‘g‘li – Muham
-
mad Jo‘ki Mirzo (1401 -1445) lardir.Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Gavhar
Shod begim yuksak did-farosatli, oqila, tadbirkor, suxandon, bir so‘zli, qat’iyatli, husn
bobida ham benazir ayol bo‘lgan.
Tabiatan dindor Shohruh Mirzo ko‘p vaqtini toat-ibodat va kitob mutolaasiga sarf
-
lardi. Saltanat, devon ishlarini o‘ktam va tadbirkor xotini Gavhar Shod begim boshqa
-
rardi. Bu ziyrak ayol qaynotasi Amir Temur vafotidan so‘ng, sekin-asta saltanat ishlarini
o‘z qo‘liga oldi. Zotan, Shohruh Mirzoning o‘zi ham xotini Gavhar Shod begimning
donoligiga tan berar, saltanatni boshqarishda oqilona va tadbirli maslahatlariga ehtiyoj
sezib turardi. Shu bois, saltanatga doir ko‘pgina ishlar malikaning nazar-e’tiboriga ha
-
vola qilingan. Viloyatlarga hokim tayinlash, qo‘shinga sarkarda belgilash, hatto kimga
qanday in’om va kimga qanday jazo berish masalalari ham malikaning inon-ixtiyorida
edi. Tabiatan vatanparvar, bilimdon va zukko Gavhar Shod begim mamlakat ravnaqi
yo‘lida tinmay g‘amxo‘rlik qiladi. Uning dasturida madaniy va ma’rifiy hayot birinchi
o‘rinda bo‘lgan. Shu boisdanmi, farzandlari hamda barcha nabiralari ilm-fan muxlislari
bo‘lib, hatto g‘azal ham bitganlar.
Maqolada so‘z ketgan ushbu uzuk-muhr bodom shaklida ishlangan bo‘lib, Gav
-
harshodbegimdan bizgacha saqlanib qolgan yagona buyumdir. Uning otasi G‘iyo
-
siddin Tarxon Chig‘atoyzodalardan bo‘lgan. Amir Temur saroyida bu oilaning mavqei
baland turgani bois, Gavharshodbegimning muhri shubhasiz katta qudratga ega bo‘l
-
gan. Muhr temuriylar davri hunarmandchiligining yorqin namunasi bo‘la oladi. Albat
-
ta, temuriylar davri ijtimoiy-iqtisodiy hayotini badiiy hunarmandchiliksiz tasavvur qilish
qiyindir. Bu davrda metallga badiiy ishlov berish san’ati nihoyatda rivojlangan. Tarixiy
manbalarda qayd etilishicha, temuriylar davrida podshoh buyruqlari maxsus farmon
-
larda qayd etilgan. Farmonlarlarga qo‘yiladigan muhrlar 5 xil bo‘lib, turli maqsadlarda
foydalanilar edi. Ulardan birinchisi, amir va beklarga hamda arkoni davlatga unvonlar
berish, lavozimlarga tayinlash, mukofotlash haqidagi hujjatlarga qo‘yilgan. Ikkinchisi
esa xorijiy davlatlar rahbarlariga yozilgan xatlar va boshqa diplomatik hujjatlarga qo‘yil
-
gan. Uchinchi muhr adliya ishlari borasidagi hujjatlarga bosilgan bo‘lsa, to‘rtinchisi, sa
-
roy ma’muriyati bo‘limlariga tegishli hujjatlarga va oxirgisi unchalik muhim bo‘lmagan
hujjatlarga qo‘yilgan ekan. Shu o‘rinda aytish kerakki, yana bir o‘ta maxfiy sanalgan
muhr ham bo‘lib, u uzuk muhr deyilgan. U eng ishonchli shaxslarda saqlangan. Ayrim
shohlarning bu muhri ularning suyukli malikasida bo‘lgan. O‘ta muhim farmonlar mat
-
nining oxirida shu kabi muhr bosilgan. Shubhasiz, Gavharshodbegimning uzuk-muhri
ham ana shunday yuqori qiymatga ega bo‘lgan.
O‘sha davrlarda ayollar kiyimining to‘plamini zargarlik buyumlari ham to‘ldirib tur
-
gan. Bular qatoriga suyakdan yasalgan bezaklar, munchoqli, og‘ir kumushdan yasal
-
gan taqinchoqlar, quloq va burun bezaklari, bo‘yin va ko‘krak uchun bezaklar; qo‘l be
-
zaklari – uzuklar va bilakuzuklar; kiyim bezaklari – tugmalar, qadama bezaklar, bezakli
kamarlar, tumorlar, ayollar bosh kiyimiga qadaladigan bezaklardir. Ayollarning bezakli
bosh kiyimini asosan turmushga chiqqan ayollar mehmonga borganda yoki mehmon
kutib olganda taqishgan. Bular; tillaqosh – (Toshkent, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari) na
-
fis qilib ishlangan oltin suvi yugirtirilgan, firuza toshlari va mayda rang-barang shishalar
bilan bezatilgan; osmado‘zi – (Xorazm viloyati) shakli qoshga o‘xshaydigan shokilali
100
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
beshona bezagi, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan; tillabar
-
gak – (Buxoro, Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari) bog‘ich shakldagi pesho
-
na bezagi, atroflari mayda firuza toshlari bilan bezatilgan va ayrim hollarda shokildalari
ham bo‘lgan.
Tabiiyki, kitob mutolaasi o‘smir qizlarda hayo, ibo, iffat, andisha kabi insoniy fa
-
zilatlarni tarbiyalaydi va muhim tarbiyaviy vosita ekanligini uqtiradi. Alloma hakim Ibn
Sino tili bilan aytganda ‘‘Insonda doim turadurgan husn va latofat hayo ila iffatdur,
hayosiz yuz jonsiz jasad kabidur’’. Darhaqiqat, qiz boladagi hayoni dilni ravshan qi
-
ladigan nurga qiyoslash mumkin. Yana iffat, hayo ko‘proq qizlar va ayollar uchun ol
-
mosdan qimmat, injudan qadrli ziynat va fazilatdir. Aynan ana shu aqidaga amal qilgan
Sharq allomalari, dono xalqimiz turli hikoyat va rivoyatlarni yaratganlar.
Shu o‘rinda, Sharq xalqlarining, mashhur ‘‘Ming bir kecha’’ kitobida asosiy qah
-
ramon, Sharq go‘zali Shahribonu tilidan hikoya qilingan ibratli hikoyatlarni misol qilib
olishimiz mumkin. Hikoyatlarni so‘zlovchi sifatida ayol kishining tanlanishi ham, uning
birinchidan, aqlzavoti tan olinganligini tasdiqlasa, ikkinchidan Sharq ayoliga bildirilgan
hurmat va ehtirom belgisi ekanligini anglab olish qiyin emas. Shahribonu tomonidan
hikoya qilingan bir rivoyat diqqatga sazovordir. Hikoyat ‘‘Kanizak qissasi’’ deb nomla
-
nadi. U kichik, mo‘jazgina bo‘lishiga qaramay, mazmun mohiyati jihatidan katta ma’ri
-
fiy-ta’limiy, axloqiy ahamiyatga egadir. Shuning barobarida hikoya qahramoni, hayoli,
iboli, bilimli dono kanizak qiz hisoblanadi. Hikoya bevosita Sharqda mashhur ilm-ma’ri
-
fat homiysi bo‘lgan, Xorun ar-Rashid (763-809) davri va uning nomi bilan bogʻliqdir.
Hikoyada aytilishicha, bir savdogarning Abulhasan nomli o‘gʻli otasidan qolgan
bor mol-mulkni qisqa vaqt ichida sarflab tugatadi.
Natijada bisotida bir kanizidan boshqa hech vaqosi qolmaydi. Hojasining tang ah
-
volda qolganini ko‘rgan kanizak, ogʻir vaziyatdan chiqishning yo‘lini o‘ylay boshlaydi.
Shunda, u hojasiga qarata: – ‘‘Meni halifa Xorun ar Xonuran – Rashid huzuriga olib
boring va ming oltin qiymatida sotishingizni ayting’’ - deb aytadi. Shuningdek, mening
qiymatim ming oltindan ham qimmat turishini uqtiring. Bunga sabab, mening ilmim
chuqurligini, qunt bilan o‘rganganimni, ishonmasa imtihon qilishini so‘rang» - deya o‘q
-
tiradi. Abulhasan kanizni olib Xorun ar – Rashid huzuriga boradi va u tayinlagan so‘z
-
larni takrorlaydi. Xalifa kanizdan qanday ilmlarni bilishini so‘raganda u bilgan ilmlarini
sanab beradi va xalifani hayratda qoldiradi. Kanizak ilmlarni dastlab arab tilining nahv
(grammatikasini chuqur o‘rganishidan boshlaganligini, keyinchalik she’riyat, fiqih va
tafsir, lugʻat va musiqa, ilmi sitora va shammora – yulduz va quyosh ilmi, ilmi sanoq,
qismat va masohat – yer o‘lcham ilmlarini o‘rganganligini aytadi. Shuningdek, kanizak
din ilmini yaxshi bilishini, Qur’onni yetti xil qiroat bilan o‘qishini, hadislardan ko‘pini yod
bilishini ham isbotlab beradi. Aniq fanlardan handasa ilmi, riyoziyot, falsafa, mantiq,
maoniy, shantranjni chuqur bilishini aytadi. Xalifa kanizakni qirolar, olimlar, tabiblar,
munajjimlar, faylasuflar, qo‘yingki, o‘sha davrda mashhur bo‘lgan olimu ulamolar ishti
-
rokida imtihon qiladi.
Xulosa qilib aytganda, alqissa, hamma imtihondan a’lo darajada o‘tgan kanizak
halifadan bir necha ming tilloni olib, hojasining davlatini tiklaydi.
Hikoya, xalq tomonidan to‘qilgan afsona yoki rivoyat bo‘lishi mumkin. Lekin, xalq
ayol kishilarda ham ilm – fanni o‘rganish qobiliyati borligini, aynan bu ilmlarning sohi
-
basi ayol – kanizak ekanligini, hikoya qilishar ekan, xalqimizning Sharq xotin-qizlariga
bo‘lgan hurmat va ehtiromi belgisi ekanligini isbotlab turibdi.
Darhaqiqat, kanizak o‘zlashtirgan ilmlar majmuasi asrlar davomida maktab, mad
-
101
rasalarda o‘rganilganligi haqiqatdir. Eng muhimi hikoyatda ilgari surilgan fikrda, kaniz
-
ning mazkur ilmlarni o‘rganish uchun mustaqil, har sohaga oid kitoblarni o‘qiganligini,
tinimsiz izlanganligini uqtirishdan iboratdir. Haqiqatdan ham, har qanday zamonda,
ilm-ma’rifatni qadrlagan xonadonlar qizlarini savodli, ziyoli, bilimli qilishga intilganlar.
Dastlab, ichkarida xususiy tarzda ochilgan qizlar maktablarida savod chiqarganlar.
Qizlarga saboq beradigan otin oyilar, asosan o‘qimishli, madrasa ko‘rgan akasi, otasi,
bobosi qo‘lida ilm o‘rganganlar yoki ular ham xususiy ustozlar qo‘lida ta’lim olganlar.
Shu nuqtayi nazardan oladigan bo‘lsak, otin oyi, muallimalarning bilim berish saviyasi
u ta’lim olgan daraja muhiti bilan bogʻliq bo‘lgan.
“Erta oila qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida talaba-qizlarning soha mutaxas
-
sislari bilan muloqotlarini uyushtirish ularda erta oila qurishdan saqlanish – sog‘lom
farzand kо‘rishning, tartibli hayot kechirish garovi ekanligiga ishonch paydo qildi va
bu borada salomatlik markazlari bilan aloqa о‘rnatish, ayniqsa, ijobiy natijalarga olib
keladi.
Zarurat tug‘ilganda o‘quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududi
-
da joylashgan tashkilot, korxona va idoralarni ta‘lim-tarbiya yuzasidan olib borayotgan
ishlari to‘g‘risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish sa
-
marasiga va uning izchilligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Hamkorlik kenagshi mahalla hu
-
dudida istiqomat qilayotgan o‘z farzandalari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan
davlat boshqaruv idoralari, huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli
ma‘muriy choralarni qo‘llashi mumkin. Hamkorlik kenagshi mahalla hududida o‘zbek
milliy tarbiya an‘analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o‘tkazish, bolalar va kattalar
-
ning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar, o‘yingohlar, madaniyat muassa
-
salari, sport inshootlari, o‘smirlar klublari, maktabgacha tarbiya va makatabdan tas
-
hqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi. Hamkorlik kenagashi o‘tkazilgan tadbirlarni
tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy ax
-
borot vositalarida yoritadi. Hamkorlik kenagashi yosh avlodni tarbiyalashda mahalla,
maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarini mahalla hudu
-
didagi o‘quv-tarbiya muassasalari, tashkilotlar va idoralari ishi rejalashtirilishi va ama
-
liyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatliligini ta‘minlaydi. Ta‘lim-tarbiya so
-
hasiga e‘tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun
va hujjatlarni, ma‘muriy ko‘rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab
hamkorligi faoliyati o‘ziga xos pedagogik tizim uslub va shakllarga ega bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |