Sulaymon ota ziyoratgohi – Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joy
-
lashgan .O‘zbekistondagi madaniy me’ros obyekti hisoblanadi. Sulamon ota ziyoratgo
-
hi tarixi XVI asrlarga borib taqaladi. Bu ziyoratgoh maskaniga mahalliy aholidan tash-
qari respulika bo‘ylab ziyorat qilish va poklanish maqsadida kelishadi. Asosan aholi
dardiga shifo so‘rab, ya’ni turli yara kasalliklariga shifo tilab kelishadi.
Chilgiz ota ziyoratgohi - Qiziriq tumani markazi Sariq shaharchada joylashgan
bo‘lib, asosan aholi dardlariga shifo so‘rab ziyoratga kelishadi. Ziyoratgohning o‘ziga
xos hususiyati shundaki, insonlar turli toshma, so‘gal, yara kabi hastaliklariga davoni
shu yerdan istab kelishadi.
Surxon vohasida islom olamida mashhur bo‘lgan payg’ambar, sahoba, xo‘ja es
-
hon, avliyo nomlari bilan ulug’lanadigan ziyoratgoh mskanlar mavjud. Masalan, Qur’o
-
ni Karimda nomi zikr etilgan Payg’ambar Zu-l-Kifl nomi bilan bo‘liq Termiz shahri yaqi
-
nidagi Payg’ambar orolining janubiy qismida Zu-l-Kifl ziyoratgohi joylashgan.
Zu-l-Kifl nomi Qur’oni Karimda keltirilib, unga ko‘ra “Ismoil, Idris va ZU-l-Kiflni es
-
lang! Barchalari sabr qiluvchilardandir. Biz ularni o‘z rahmatimizga doxil qildik, dar
-
haqiqat, ular solih zotlardandir”, deyiladi. “Yana Ismoil, al-Yasa va Zu-l-Kuflni eslang!
Barchalari yaxshi kishilardandir” deb aytilgan.
Ibn Kasrning aytishicha, Mazkur oyati karimalarning zohiriy ma’nosiga binoan Zu-
l-Kufl qaysi qavmga yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q. Rivoyatga ko‘ra, rumliklarning
Zu-l-Kuflga ergashganliklari naql etiladi. Bu qavm Zu-l-Kufldan o‘zlarining uzoq umr
ko‘rishlarini Allohdan so‘rashini iltimos qilishgan. Alloh Zu-l-Kuflning duosini qabul etib,
“Ular o‘zlari hohlaganlaricha o‘lmaslar. Bunga sen ham kafil bo‘lgin”, degan vahiy ke
-
ladi. Bishr o‘z qavmiga bu bashoratini yetkazadi. Ilohiy vahiyga o‘zi kafl bo‘ladi. Shu
sababdan ham uni “Zu-l-Kifl” deb atay boshlaganlar.