Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
2-son qushimcha

Ключевые слова. 
Инновационное образование, педагогическая технология, специалист, 
личностно-ориентированное образование, метод.
This article discusses the problems of improving the system of formation and develop-
ment of the creative activity of future educators through personality-oriented education, defines 
the content and nature of the activities of preschool educational organizations, as well as the 
conditions necessary for the manifestation of the creative, mental and intellectual potential 
of the subjects of the pedagogical process to achieve effectiveness in the development and 
improvement of the creative activity of future educators.
Key words.
Innovative education, pedagogical technology, specialist, person-oriented 
education, method.
Feruzaxon RAXIMOVA, 
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM ORQALI 
BO‘LAJAK TARBIYACHILAR IJODIY FAOLIYATINI 
RIVOJLANTIRISH TIZIMINI 
TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI
Annotatsiya
MAKTABGACHA TA’LIM
J
ahon amaliyotida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarda 
ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tatqiqotlar tahlili shuni 
ko‘rsatmoqdaki, demokratik jamiyatda bo‘lajak tarbiyachilar ijodiy faoliyatini 
shakllantirish va rivojlantirish o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, mazkur jarayon munta-
azam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllanti
-
riladi va tarkib toptiriladi. Shuningdek, bo‘lajak tarbiyachilar ijodiy faoliyatini shakllanti
-
rish va rivojlantirishga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bilan ularning bilim, ko‘nikma 
va malakalari, mavjud ijodkorlik faoliyati kompetensiyalari o‘rtasidagi nomutanosiblik 
jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos kelmasligiga sabab bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Adabiyotlarda «Ijodkorlik» tushunchasining ma’nosi va mazmuni jihatdan turlic
-


108
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
ha yondashuvlar mavjud. Jumladan, ‘‘ijodkorlik’’, “kreativlik”, “ijodiy faoliyat’’, “ijodiy 
tafakkur”, “ijodiy yondashuv”, ”ijodiy sifat va fazilatlar” kabilarni aytish mumkin. Ame
-
rikalik psixolog E. P. Torrensning nuqtai nazaricha ‘‘Ijodkorlik – insonning nostandart, 
ijodiy qobiliyatiga ega bo‘lish qobiliyati, ijodiy fikrlashi, shaxsning muammolarga nis
-
batan sezgirligi va ularning yo‘llarini topish yechimlariga egaligi, moslashuvchan fikr
-
lash qobiliyati va yangi g‘oyalarni ilgari surishi; mavjud bilimlarning noqulayligi uchun 
sezuvchanlik’’ degan ma’nolarni anglatadi degan qarashlarni ilgari suradi.
D.B. Bogoyavlinskaya, F. Uilyams, E.P. Ilyin, A.M. Matyushkin, A.V. Petrovskiy, 
A.V. Xutorskaya kabi mualliflar ham ijodkorlik shaxsning qobiliyati (xususiyati, sifati) 
ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadilar. Shuningdek. ijodkorlik ostida ma’lum bir aqliy va 
shaxsiy xususiyatlar, yangi qaror qabul qilish qobiliyati va nostandart fikrlash kabilar 
mujassam ekanligini ilgari suradilar.
Bo‘lajak tarbiyachilarni o‘qitish jarayoni shaxs ijodiy faoliyatini faolligi bilan to‘g‘ri
-
dan to‘g‘ri bog‘langan. Oliy maktabda zamonaviy o‘qitishning eng muhim vazifalaridan 
biri – bu bo‘lajak tarbiyachilarning kasbi bo‘yicha xabardorligini aniqlashtirish uchun 
qulay shart-sharoit yaratish muhim amiyatga ega ekanligini anglatadi. Ijodiy faoliyat 
uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rishni, eruditsiyani, kasbiy qobiliyatlarni talab qiluvchi ijodiy 
jarayon hisoblanadi. Ijodiy faoliyat – insonning uzoq faoliyati asosi, barcha moddiy va 
ma’naviy boyliklar manbasi ekanligini anglatadi.
Shaxsning muvaffaqiyatli ijodiy faoliyati uning muhim va zarur axborotni tanlab 
olishi hisoblanadi. Shuningdek, ijodiy fikrlar va farazlarni generatsiyalashga undovchi 
asosiy omillar ehtiyojlar hisoblanadi. Bu ehtiyojning sifati bilimlar va malakalar bilan 
uzviy qurollanganlik va farazlarning mazmuni bilan belgilanganligida ifodalanadi. Ong 
bilan nazorat qilinmaydigan intuitsiya doimo ehtiyojga bog‘liq sanaladi. Bilishni ifoda
-
lagan ehtiyojsiz odamning mahsuldor ijodiy faoliyat yuritishga mo‘ljal olishi juda qiyin 
kechadi. Bu tegishli ehtiyojni qanoatlantirgandagina uning intuitsiyasi g‘oyalar va fa
-
razlarni generatsiyalashi amalga oshiriladi.
Shaxsning ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga oid ilg‘or qarashlar J. 
Gilford, A. Maslau va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida ham o‘z aksini topgan.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muammoli ta’lim, modul ta’limi dasturiy ta’lim, ri
-
vojlantiruvchi ta’lim, o‘yin texnologiyalari, interfaol ta’lim, hamkorlik ta’limi, tabaqalash-
tirilgan ta’lim, individual ta’lim, masofaviy ta’lim, mustaqil ta’lim va innovatsion ta’lim 
kabi turlari mavjud bo‘lib ulardan ta’lim tarbiya jarayonida keng foydalanish ta’lim si
-
fatini ta’minlash va bo‘lajak tarbiyachilarni ijodkorlik faoliyatini tarkib toptirish imkonini 
beradi. Avtoritar texnologiyada, tarbiyachi yagona subyekt sifatda namoyon bo‘ladi, 
tarbiyalanuvchilar esa faqatgina ‘‘obyekt’’ vazifasini bajaradi. Bunda tarbiyalanuvchi
-
larning tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshirila
-
di. An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga qaratilgan 
bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitish
-
ning tushuntiruv – ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish kabilar bilan ifodalanadi.
An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: tarbiyalanuv-
chi – bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, tarbiyachi esa – bu 
sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda esa tarbiyalanuvchi shaxsi pedagogik jarayon 
markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga 
qulay shart-sharoit va imkoniyat yaratiladi 


109
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi;
– har bir tarbiyalanuvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;
– yuqori estetik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va bosh-
qalar) shaxsning ustivor xislatlari sifatida qaraladi.
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– bo‘lajak tarbiyachi va pedagog huquqlarini tenglashtirish;
– bo‘lajak tarbiyachini erkin tanlab olish huquqi;
– xatoga yo‘l qo‘ymaslik huquqi;
– o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi;
– pedagog va bo‘lajak tarbiyachilarning o‘zaro munosabati zayli;
– uning iqtidori va qobilyatini taqiqlamaslik;
– boshqarish emas, birgalikda boshqarish; 
– majburlash emas, ishontirish;
– buyurish emas, tashkil etish; 
– chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali na
-
tija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz 
kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona me
-
zonlarini aniqlashda o‘z ifodasini topadi.
Umuman olganda tarbiya jarayonida zo‘ravonlik mumkin emas, chunki jazolash 
insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda odamovi, ichingdan top, 
yalqov, mas’uliyatsizlik, tajanglik, asabiylik kabi salbiy xususiyatlarini shakllantiradi.
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:
– ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;
– o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlan
-
tirish;
– bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;
– jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.
Bo‘lajak tarbiyachi shaxsini shakllantirishda ijodiy yondashuvning zamonaviy yan
-
gi talqini quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– bo‘lajak tarbiyachi shaxsini ijodiy izlanishga innovatsion yo‘naltirish;
– shaxsning ijodiy xislatlarini izlash va rivojlantirish;
– shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi:
– har bir bo‘lajak tarbiyachi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, 
tushunish, qabul qilish, unga ishonish.
– bo‘lajak tarbiyachida barcha tarbiyalanuvchilarni ‘‘iste’dodli’’ degan ishonchni 
olib kirish;
– shaxsga muvofaqiyatlarni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar 
yaratish, ya’ni ijodiy faoliyatidan qoniqish va xursandchilik olib kelishi;
– bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga 
urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;
– pedagogik jarayonda, bo‘lajak tarbiyachilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqa
-
rishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish kabilar.
Xulosa o‘rnida aytish mumkin-ki, bo‘lajak tarbiyachilarda ijodkorlik qobiliyatini 
rivoj lantirishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmunini quyidagilarda o‘z aksini topgan:


110
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
– o‘qituvchining bo‘lajak tarbiyachi shaxsiyatini qadriyat sifatida qabul qilishiga 
yo‘naltirilgan faoliyat mazmuni;
–ijodkorlikni maqsadga muvofiq rivojlantirish, ya’ni ijod jarayonidagi ijodiy ele
-
mentlarni loyihalash, rejalashtirish va tanlashga alohida e’tibor qaratilishi;
– mazkur faoliyat jarayonida ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan tajriba shakllanadi.
Bo‘lajak tarbiyachilarni ijodkorligini rivojlantirish uchun quyidagi omillar muhim 
ahamiyat kasb etadi:
– ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish usullarini o‘rganish va tahlil qilish;
– ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
– o‘quv jarayonida ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish uchun motivat-
siyani rivojlantirish;
– ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlantirishni nazorat qilish.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin