Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88
2-son qushimcha

PSIXOLOGIYA


123
yotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsata olishlariga ishonch hosil qilish mumkin. 
Bu esa ularda tegishli ma’naviy-axloqiy sifatlar bilan bir qatorda, Vatanga muhabbat, 
uning yuksakligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishga ishonch tuyg‘usini shakllani-
shiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida gender tarbiyaning 
imkoniyatlaridan izchil foydalanish yoshlarni barkamol shaxs sifatida kamol toptirishda 
katta rol uynaydi.
Olimlarning fikrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, shaxsiyatni kamol toptirish chog‘ida 
yuqori sinf o‘quvchilarida gender madaniyatini shakllantirish zarurligini eʼtiborsiz qol
-
dirish va tushunmaslik, gender tengligi g‘oyasiga asoslangan faol mafkuraviy izlanish 
o‘zaro munosabatlarning samarasiz bo‘lishiga olib keladi. Turli xil jins vakillari, zararli 
xatti-harakatlar va shaxslararo nizolar birgalikda bularning yig‘indisi jamiyat, alohida 
oila va shaxs hayotida ko‘ngilsiz vaziyatlarni yaratadi.
Gender madaniyatning asosiy maʼnosi balog‘at davridagi o‘g‘il va qiz bolalararo 
munosabatlar erkaklik, ayollik va androgenizmni anglash davrida talabaning shaxsini 
shakllantirish jarayoni sifatida taqdim etiladi va shu bilan birga uning gender roli to‘g‘ri
-
sida bilim jamg‘armasi shakllanadi.
Yuqori sinfdagi o‘quvchilar orasida gender bag‘rikengiligini singdirish gender ma
-
daniyati vujudga kelishida hal qiluvchi faoliyat maqomidadir. Gender bag‘rikengligi – 
bu gender farqlari va tasavvurlari mavjud bo‘lganda, hayotning turli sohalarida, oilada 
va jamiyatda yashash va hamkorlik qilish istagi va qobiliyatidir. Buning uchun ham 
ustozlardan, ham ziyolilardan, boshqa jins tashuvchilarining dunyoqarashi va hayot 
tarzini izzatlash va qabul qilish uchun ozroq istak, rag‘bat, harakat so‘raladi. 
Zamonaviy pedagogika sohasida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi, bu – o‘quvchilar
-
ning gender o‘zini o‘zi tenglashtirishni taʼminlash va o‘quvchilarning shaxsiy moyilligini 
rivojlantirish uchun taʼlim jarayoniga gender yondashuvini keng joriy etish shartlarini 
o‘rganadigan individual gender pedagogikasidir.
Muallimlarning balog‘at yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalar bilan yuritadigan tarbiya
-
viy-o‘quv soatlarining foydalilik koeffitsiyenti mezonlarini ishlab chiqish o‘ta eʼtiborga 
molikdir. Ushbu mezonlar quyidagilar:
1. Pedagoglarning o‘g‘il va qiz bolalarga nisbatan o‘z kasbiy nuqtayi nazaridan 
alohida-alohida jins vakillari sifatida qarash;
2. Bugungi hamjamiyatda erkaklik va ayollik xususiyatlarining yetilishining zaruriy 
omili sifatida jinsi, munosabatlar madaniyatini shakllantirishni hisobga olgan holda biti
-
ruvchi o‘g‘il va qizlarning o‘z-o‘zini tushunib yetishini qo‘llab-quvvatlash.
Bugungacha muallimning gender tajribasini takomillashtirish masalalari atroflic
-
ha ko‘rib chiqilmagan. Gender kompetensiyasi yetakchi pedagogik kompetensiyalar
-
ning jami to‘plamiga asoslanadi va o‘ziga xos sintezlovchi xususiyat sifatida ishlaydi. 
Shu bois, o‘qituvchining malakasini oshirish uchun sharoit tug‘dirish vazifasi bo‘lib, uni 
anʼanaviy taʼlim vositalari orqali hal etib bo‘lmaydi.
Gender kompetensiyasi – bu muallimning o‘quv jarayonidagi gender yondashu
-
vining o‘zaki mohiyatini bilishi, dars berishni tashkil etishda gender siyosatini yuzaga 
chiqarish iqtidori hamda gender bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish.
O‘qituvchining 9-11-sinflarda gender kompetensiyasini rivojlantirish barobarida 
quyidagilarni ham eʼtiborda tutish lozim:
– umumtaʼlim maktablarida pedagogik jarayonni yaratishda o‘qituvchi-tarbiyachi
-
ning gender bilim va qobiliyatlari;
– o‘qitish davrida o‘qituvchi-tarbiyachining o‘z gender roli va o‘zini tutishning yak
-


124
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
ka tartibdagi gender metodi haqida tasavvur paydo qildirish;
– o‘qituvchi-pedagogning professional hozirligi va gender savodxonligi gender 
yondashuvi maqsadlariga mosligi;
– o‘qituvchi-pedagogning maktabda uning dars berishi davomida gender kompe
-
tensiyasi monitoringini yaratish.
Quyidagilar o‘qituvchi-pedagogning o‘rta maktab o‘quvchilari bilan o‘qitish va tar
-
biyaviy ishlar samaradorligini kafolatlash yuzasidan gender kompetensiyasini vujudga 
keltirish qoidalarini tashkil etadi:
– o‘qituvchi-tarbiyachining gender tayyorgarligini insonparvarlik jihatiga yo‘nalti
-
rish qoidasi;
– umumtaʼlim maktab o‘quvchilarining gender xislariga asoslanib o‘qituvchi-peda
-
gogning gender kompetensiyasini shakllantirishni tashkil etish va mazmunini farqlash 
prinsipi;
– o‘qituvchi-tarbiyachining gender qobiliyatini shakllantirish uchun fanlararo integ
-
ratsiya;
– o‘qituvchi/pedagogning gender taʼlim texnologiyalari uning kasbiy o‘sish qonun
-
lariga uyg‘unligi prinsipi.
Аyni damlarda umumiy o‘rta taʼlim muassasasida o‘rta maktab o‘quvchilari shax
-
siyatining barkamollashuviga qarshilik ko‘rsatuvchi qoliplardan qutulishni va xulq-at
-
vorining ijtimoiy maqbul modellarini shakllantirishni ko‘zda tutadigan (turli xil) gender 
yondashuvini qo‘llash ehtiyoji ko‘ndalang bo‘lmoqda.
Balog‘at yoshidagi o‘g‘il va qizlarni kelajakdagi turmushga tayyorlab, oilaviy ha
-
yotni boshlash davri yaqinlashganda, har ikki jins vakillari mashaqqatlar bilan yuz
-
lashadilar, buning oqibatida, genderni anglatuvchi vakolatli pedagoglar soni ortadi. 
Va nihoyat, umumiy o‘rta taʼlim muassasasi o‘quvchisi shaxsiyatining muvaffaqiyatli 
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan qoliplarni bartaraf etish va shaxsiy qiziqishlari, ijtimo
-
iy ehtiyojlari asosida uning xulq-atvorining sotsial maqbul modellarini shakllantirishni 
qamragan gender yondashuvidan foydalanish zarurati tug‘iladi.
O‘qituvchilarni tayyorlashda gender jihatlarni ishlab chiqish jarayoni va amalga 
oshirish tamoyillari ularni pirovard natijaga olib keluvchi asosiy bosqich hisoblanadi. 
Gender jihatlarni tushungan o‘qituvchi gender muammolaridan xabardorligi va his 
qila olishi asnosida yosh avlodni ongli fikrlash va harakat qilishiga imkon yarata ola
-
di. Shunday ekan, taʼlimda gender tenglikni amalga oshirish harakati o‘qituvchidan 
boshlanib, uning kasbga tayyorlash bosqichidan, to uzluksiz malaka oshirish bosqi
-
chigacha, butun faoliyatini qamrab olishi kerak. Shu bois, oliy taʼlim muassasalarida 
talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko‘nikma
-
larni, shu jumladan, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal qilish, 
moslashuvchanlik, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, mus
-
taqil va hamkorlikda ishlashga o‘rgatish, gender kompetentlikni shakllantirish juda mu
-
him hisoblanadi. Buning uchun oliy taʼlim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish va 
uni boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. O‘qituvchining 
gender tengsizlikni bartaraf qilishning eng samarali mexanizmlaridan – bu o‘quvchilar
-
ning gender faoliyati vaqtida faol qatnashishi, erkak va xotin-qizlar orasidagi o‘rtoqlik
-
ning namunali isboti va boshqa xilma-xil vaziyatlarida qatnashishidir.
Taʼkidlash kerakki, gender o‘qitish muayyan uslubiy yo‘riq bo‘lib, hududning taʼlim 
muassasalari sharoitida taʼlim va tarbiya qatnashchilarining gender ijtimoiylashuvi bi
-
lan bog‘liq holatni, xilma-xil jinsdagi o‘quvchilarning manfaatli sherikligi va o‘zaro taʼsi
-


125
rini yaxshi tomonga o‘zgartirish maqsad qilingan.
Olib borilgan kuzatishlardan maʼlum bo‘ladiki, XXI asrda umumiy o‘rta maktab 
o‘quvchilari o‘tgan asr yoshlariga qiyoslaganimizda ular, anchagina tanqidchi, mustaqil 
qaror qabul qiluvchi, pragmatik va shijoatli bo‘lib borishmoqda. Zero, ular biror narsani 
tabiiy deb qabul qilmaydilar, boshqalarning qarashi, fikri, qarorlari, baholari bilan kiri-
shib ketishga intilmaydilar, ular bu o‘rinda darrov isbot talab qiladilar. Ular o‘zlarining 
jamiyatga qo‘shgan ulushlariga ehtiyotkorlik bilan yondashadi, shuningdek, kelajakdan 
ko‘proq umidvor bo‘lib, hayotda shaxsiy muvaffaqiyatga erishishga ishonishadi va buni 
kasbga ko‘tarilish vositasi, yaʼni narvon sifatida taʼlim olish zarurligi bilan bog‘laydilar. 
“Jamiyat tomonidan tan olinishi” va “faol harakatchan hayot” kabi qadriyatlar juda mu
-
himdir.
O‘smirlarning ijtimoiylashuvi tengdoshlar guruhida muloqot orqali sodir bo‘ladi, 
ular taʼlim faoliyati doirasida jamiyat tomonidan o‘rnatilgan yaqin munosabatlarni o‘rna
-
tadi va ko‘pincha, shaxsiyatning gender komponenti, yaʼni o‘zini tutish sharoitida o‘zini 
boshqarishning ustun modellari maʼlum bir jinsning vakili sifatida xabardorlik bilan bel
-
gilanadi. Gender ijtimoiylashuv masalalarini o‘rganish ijtimoiy o‘zaro taʼsir sharoitida 
o‘zini tutishning shaxslararo xulq-atvor o‘rtasidagi aloqa mexanizmlarini ko‘rish, o‘rta 
maktab o‘quvchilari (o‘g‘il bolalar va bolalar) da guruh va shaxsiy prinsiplarning o‘zaro 
bog‘liqligi va qarama-qarshiligini tushunish imkoniyatini ochib beradi.
Shunday qilib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ko‘p jihatdan 
gender tenglikni taʼminlashga bog‘liq.
Zero, bugun bizning jamiyatimiz yangi siyosiy munosabatlar shakllanishi, uchin-
chi renessans jarayonining ilk bosqichida turibdi. Ushbu jarayonda erkaklar va ayollar 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va boshqa sohalarda gender tengligini taʼminlash, 
ayniqsa, o‘g‘il-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini takomillashtirish ta
-
lab etiladi. Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, bu borada yuqori samaradorlikka eri-
shishda quyidagilarga eʼtiborni kuchaytirish lozim:
– taʼlim muassasalarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuniga ushbu 
masala bo‘yicha ustuvorlik berish; 
– 
taʼlim muassasalarida “Gender tenglik strategiyasi” maxsus kurslarini, naza
-
riy-metodik laboratoriyalarni tashkil etish va ular uchun dasturiy mahsulotlarni yaratish 
maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin