51
tushuntiriladi. Yurtimizda yashayotgan turli millat vakillarining urf-odatlari haqida hiko
-
ya qilinib, misollar keltiriladi.
“Vatanga sodiqlik – muqaddas burch”. Mavzu vatandoshlarimizning oila, jamiyat,
el-yurt oldidagi burch va mas’uliyati xususidagi fikrlar bilan boshlanadi. Yurtning tinch
-
ligi, davlatimizda harbiy, iqtisodiy, g‘oyaviy, ekologik, informasion tahdidlardan muho
-
faza etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot beriladi. Yosh avlodni ona
vatan himoyasiga tayyorlash, ularda harbiy vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish
Vatanga cheksiz muhabbat uyg‘otishga, uni ardoqlashga, muhofaza etishga, har qan
-
day bosqinchilardan himoya qilishga zamin tayyorlaydi. Shu o‘rinda, Surxondaryoning
tog‘li hududlarida vatan mudofaasi uchun qurbon bo‘lgan o‘g‘lonlarimizning qahramon
-
liklari haqida misollar keltiriladi. Ularning jasorati minglab o‘zbek o‘g‘lonlariga china
-
kam fidoiylik namunasi bo‘lib qolganligi izohlanadi. Shu bilan birga, talabalarga mam
-
lakatimiz tinchligi, osoyishtaligini samarali va ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan,
tezkor, jangovar qobiliyati yuksak, har jihatdan yaxshi ta’minlangan Qurolli kuchlarning
shakllanganligi, ularning zarur texnika hamda qurol-yarog‘lar bilan yetarli miqdorda
ta’minlanganligi haqida ma’lumotlar beriladi. Milliy Armiyamizning kuch-qudratini,
mamlakatimizda ona-Vatan va xalqni himoya qilish, tinchlik, osoyishtalikni saqlash
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni misollar asosida izohlab o‘tish ta’lim-tarbiya
samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Talabalarda vatanni himoya qilish muqad
-
das burch ekanligi haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.
Ta’lim jarayonida yuqorida keltirilgan matnlarga o‘xshash mazmundagi mavzular
-
dan foydalanish o‘quvchi-talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda asosiy vosita
bo‘lib hisoblanadi. Bunday materiallar xorijiy tillarni o‘zlashtirishda foydalaniladigan
eshitish, so‘zlash, o‘qish, yozish faoliyatida qo‘l keladi. Matnni chet tilida o‘qib eshitti
-
rish, ingliz tili mutaxassisi, ya’ni filolog tomonidan ifodali o‘qilgan matn yozib olingan
diktofonda eshittirish samarali usul hisoblanadi. Shuningdek, maxsus tayyorlab eshit
-
tirilgan matnning mazmunini so‘zlab berishga o‘rgatish o‘quvchilarning xotirasini mus
-
tahkamlaydi, nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kishi qanchalik ko‘p tilni bilsa, jahondagi
millatlar, elatlar hayoti, madaniyati, turmush tarzi bilan yaqindan tanishadi, shuning
-
dek, o‘zbek millatining qadriyatlari, boy ma’naviy merosini, madaniyati va bugungi yu
-
tuqlarini ham dunyoga tarannum eta oladi. Shuningdek, dunyoning rivojlangan mam
-
lakatlari tajribalarini o‘rganish, ulardagi ijobiy jihatlardan unumli foydalanish, ayniqsa,
madaniyat, fan, ta’lim sohalaridagi yutuqlarini mamlakatimiz hayotiga tadbiq etish va
-
tanparvarlikni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: