44
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
Ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan boshqa hujjatlarning
barchasida sohaga innovatsion ta’lim texnologiyalarini kiritish hamda xorijiy tajribalarni
o‘zlashtirish, ijodiy yondashuvlarni qo‘llab quvvatlash, ta’lim turlari integratsiya
jarayonlarini kuchaytirish bilan bog‘liq umumiy jihatlardan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimida
mavjud kamchiliklarni o‘rganish jarayonidagi tahlil shuni ko‘rsatadiki, pedagogik ta’lim
yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish, istiqbolni rejalashtirish, ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi
aloqa va integratsiyaning sustligi, ta’lim subyektlari faoliyatidagi tarqoqlik ta’lim
sifatining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu sababli ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida kasbiy
kompetensiyani yaratish bilan bog‘liq yangi tizimni o‘zining ustuvor strategik yo‘nalishi
sifatida belgilab olish va shu tizim asosida muayyan ishlarni amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Innovatsion texnologiya asosida jamiyatning barqaror rivojlanishidagi yuqori
ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va
ularni hal qilishda fan va ta’lim bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash uzluksiz
pedagogik ta’limning faoliyati sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi.
Innovatsion texnologiyaning kasbiy layoqatlilik darajasi asosida raqobatbardoshligi,
yangiliklarni qabul qila olish qobiliyatini va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga
oshira olish qobiliyatiga ega zamonaviy ta’lim mutaxassislarini tayyorlash uchun
birlashtirish lozimdir.
Pedagogik ta’lim rivojlanishining klaster tizimi ta’lim berish, yangi avlod o‘quv
adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va tarbiya
uzviyligi bilan bog‘liq umumiy yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Ayni paytda bu
umumiy yo‘nalishlar ta’limni boshqarish va tashkillashtirish, ta’lim turlari va yo‘nalishlari
o‘rtasida uzviylik va integratsiyani taminlash, o‘qitish shakllari, metodlari, vositalari va
texnologiyalaridan foydalanish kabi yo‘nalishlarda xususiylashadi.
Xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida eng oliy maqsad ta’lim oluvchilarga samarali
ta’lim va tarbiya berish hisoblanadi. Ta’lim – yoshlarga nazariy bilimlarni berish
asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda ularning bilish
qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayondir.
Ta’limning asosini ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi tashkil etadi. Ta’lim oluvchi o‘quvchi,
talaba va bir qator o‘z aql salohiyatiga ega bo‘lgan shaxslar hisoblanadi, ta’lim
beruvchi albatta pedagog, professor-o‘qituvchilar bo‘ladi. Barcha pedagog, professor-
o‘qituvchilar ta’lim berishni to‘g‘ri tashkil etishda ijodiy yondashuv asosida pedagogik
mahoratga ega bo‘lishi bilan birgalikda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llay olish
ko’nikmaga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: