Ключевые слова.
Yчебно-экспериментальная площадка, учебные занятия, потоки,
растения, этапы развития, стебель, лист, цветение, прорастание, концепция, воображение,
дерево, кустарник, травянистое растение, цветок, семя, плод, корень.
This article discusses the importance of using the educational and experimental site
when teaching the topics ‘‘Plants’’ in the natural science lessons of class 2. The peculiarities
of the teaching sessions held on the school’s experimental site are that pupils get an idea of
the stages of plant development, their stems, leaf-falls, flowering and shoots, which they not
only learn, but also try in practic
Key words.
Educational and experimental site, training lessons, flows, plants, stages of
development, stem, leaf, flowering, germination, concept, imagination, tree, shrub, herbaceous
plant, flower, seed, fruit, root.
Zulayxo ISMATOVA,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, PhD
Xojiraxon JAMOLOVA,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim”
fakulteti talabasi
2-SINF TABIIY FANLAR DARSLARIDA “O‘SIMLIKLAR”
MAVZULARINI O‘QITISHDA O‘QUV-TAJRIBA
MAYDONCHASIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
B
archa zamonaviy maktablarda o‘quvchilarda qishloq xo‘jaligi mehnatiga qi
-
ziqish uyg‘otish va o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalari
-
ni shakllantirish maqsadida doimiy foydalanish uchun maktab o‘quv-tajriba
maydonchasi bo‘lishi kerak. Maktab hududida tajriba ishlar olib boriladi, buning asosi
-
da bolalarda tadqiqot ko‘nikmalari shakllanadi.
Boshlang‘ich maktab o‘quv-tajriba maydonchasi mustaqil qism sifatida ajralib tu
-
radi. Maktab o‘quv-tajriba maydonchalarining kattaligi birinchi navbatda o‘quvchilar
soniga bog‘liq.
Boshlang‘ich maktab o‘quv-tajriba maydonchasida sabzavot, meva va rezavorlar
yig‘ish bo‘limlari tashkil etilgan.Shahar maktabida eng katta maydonni gulzor va man
-
53
zarali daraxt va butalar, qishloq maktabida esa sabzavot bo‘limi egallagan.
Bolalarning qishloq xo‘jaligidagi mehnati maktab o‘quv-tajriba maydonchalarida
amaliy ishlarni olib borish bilan bir qatorda ishning maqsadlarini belgilash va ish reja
-
sini belgilashdan boshlanadi. Rejalashtirilgan ish amalga oshirilgandan so‘ng natijalar
umumlashtiriladi va ish natijalari qayd etiladi. Jismoniy mehnat va tabiiy fanlardagi
tadqiqot ishlari fenologik kuzatishlar bilan birga olib borilishi kerak.
O‘quv-tajriba maydonchasining o‘ziga hos bajariladigan ishlariga qarab, as
-
bob-uskuna va vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda o‘quvchilar o‘simliklarni ekadilar,
ularni parvarish qiladilar, rivojlanishini kuzatib, tahlil qilib boradilar. Bundan tashqari
o‘simliklarning rivojlanish bosqichlarini aks etgan gerbariyli albomlar tayyorlash im
-
konini beradi. Maktab o‘quv-tajriba maydonchasidan olinadigan matеriallardan o‘quv
jarayonida foydalanish katta samara beradi. Chunki o‘quvchilar o‘zlari parvarish qi
-
lishgan narsalar haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladilar. Maktab o‘quv-taj
-
riba maydonchasida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘ziga xos xususiyatlari
shundan iboratki, oquvchilar o‘simliklarning rivojlanish bosqichlari, ularning poyasi,
barg chiqarishi, gullashi va ururlashi haqida ular nafaqat tushuncha va tasavvurga ega
bo‘ladilar balki amalda o‘zlari bajarib ko‘radilar.
Maktab o‘quv-tajriba maydonchasi o‘simliklar ustida kuzatish va tajriba ishlarini
olib borish uchun juda muhimdir. U ochiq havodagi laboratoriya hisoblanadi. U yerda
o‘quvchilar o‘z nazariy bilimlarini chuqurlashtiradilar, o‘simlik va hayvonlarni parvarish
qilish bo‘yicha o‘quv va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, o‘simliklar hayoti va rivojlanishini
kuzatish bo‘yicha amaliy ishlar olib boradilar.
2-sinf Tabiiy fanlar darsligida berilgan “O‘simliklar” bobida “O‘simliklarning xil
-
ma-xilligi”, “O‘simlik organlari”, “O‘simliklarning hayot sikli” mavzulari hamda “Urug‘ning
tuzilishini o‘rganish” va “Urug‘ning unib chiqish jarayonini o‘rganish” amaliy ishlari be
-
rilgan bo‘lib, bu mavzular haqida o‘quvchilarda tasavvur va tushunchalarni shakllanti
-
rishda o‘quv-tajriba maydonchasini o‘rni benihoya kattadir.
“O‘simliklarning xilma-xilligi” mavzusida o‘simliklarning hayotiy shakllari, ya’ni da
-
raxt, buta, o‘t o‘simliklar haqida ma’lumot beriladi. Bunda o‘quvchilarda tasavvurlarni
shakllantirishda maydonchadagi o‘simliklar asosida tahlil qilib, tushunchalar beriladi.
Masalan: o‘t o‘simliklar haqida ma’lumotlar berilganida ularning yashil poyaga ega
ekanligi, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik guruhlarga bo‘linishi haqida aytiladi. Bunda bir
yillik o‘t o‘simliklarga o‘quvchilar tomonidan parvarish qilinayotgan pomidor, baqlajon,
bodring kabi o‘simliklar misol bo‘lishi, sababi bir yillik o‘simliklar yoki ko‘proq mavsu
-
miy o‘simliklar, deb ataladigan o‘simliklar – bu yiliga atigi bir necha oy yashaydigan,
ya’ni sovuq kelganda yoki gullash to‘xtaganda, ular qurib o‘ladigan yoki ular bahorda
urug‘dan unib chiqib, gullab, meva berishi va kuz mavsumida nobud bo‘lishi, ularning
tuzilishi haqida ma’lumotlar beriladi. O‘zbekistonda uchraydigan o‘simliklarning yar
-
midan ko‘prog‘ini bir yillik o‘simliklar tashkil qilishi, ularga oq sho‘ra, jag‘-jag‘, machin,
qora ituzum, baliqko‘z kabilar kirishi aytiladi.
Qishloq xo‘jaligida o‘stirilayotgan madaniy o‘siliklarning juda ko‘pchiligi bir yillik
o‘simliklar ekanligi, g‘oza, bug‘doy, arpa, zig‘ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, pomi
-
dor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir yillik o‘tlar orasiga juda
mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko‘tarilib o‘sadigan momaqaldirmoq, qo‘ytikan kabilarni,
bo‘yi 1 m ga yetadigan va hatto undan ham oshadigan kanakunjut, makkajo‘xori va
kanopga o‘xshash o‘simliklarni ham ko‘plab uchratish mumkin.
Ikki yillik o‘simliklar – urug’idan ko‘karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan,
54
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
barg (to‘pbarg) hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to‘playdigan o‘simlik
-
lar ekanligi, ular ikkinchi yili poya chiqarib va gullab, meva tugishi va bularga lavlagi,
sabzi, sholg‘om, karam va boshqalar kirishi aytiladi.
O‘qituvchi maydoncha yonidagi ariq yoki g‘umay o‘simligini ko‘rsatib, ular ko‘p
yilli o‘t o‘simliklarga kirishini aytib, quyidagi ma’lumotlarni beradi: ko‘p yillik o‘tlar – yer
usti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar. Bularga
beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sallagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq,
lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o‘simliklar kiradi. Ko‘p yillik o‘tlar,
ayniqsa, tog‘larda keng tarqalgan.
Yarimbutalar – poyasining yuqori qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik
o‘simliklardir. Cho‘llarda keng tarqalgan yem-xashak o‘simliklaridan izen, keyreuk, te
-
resken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir
Butalar – poyasi yog‘ochlashgan, bo‘yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir ne
-
chta poya hosil qiladigan sershox ko‘p yillik o‘simlik. Bularga, ayniqsa, tog‘lar yon
-
bag‘rida keng tarqalgan irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy
o‘simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o‘simliklarni misol qilib kel
-
tirish mumkin. Butalar haqidagi ma’lumotlar berilganda ularning daraxtlardan farqlari
nimada ekanligi tushuntirib beriladi.
Maydonchadagi daraxtlarni ko‘rsatib, daraxt - tana va shoxlari yogʻochlangan koʻp
yillik oʻsimlik ekanligi, ular boʻyiga qarab 3 guruhga:
1) 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qaragʻay);
2) 25–35 m (qayragʻoch, yongʻoq, oq qayin, tol, qatrangʻi);
3) 25 m gacha (zarang, chetan, shumurt) boʻlinishi aytiladi. Mevali daraxtlar ham
shakliga qarab 3 guruhga:
1) shoxshabbasi koʻp, baland boʻlib oʻsadigan (nok, gilos, yongʻoq, olmaning ay
-
rim navlari);
2) tanasi koʻrimsiz, ildiz bachkilaridan ham koʻpayadigan boʻyi past (shaftoli, olma
-
ning pakana xillari, olcha va olxoʻrining ayrim turlari);
3) birinchi va ikkinchi guruh oraligʻidagi oʻrta boʻyli daraxtlar (olma va oʻrikning
koʻpchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga boʻlinadi, deb ma’lumot beri
-
ladi va bir-biridan farqi tushuntiriladi:
– daraxtlarning doim yashil va barglarini har yili kuzda toʻkadigan xillari (doim yas
-
hil daraxt barglari vaqt-vaqti bilan toʻkilib, oʻrniga yangisi chiqaveradi);
– daraxtlar yoshi ularning kesilgan toʻnkasidan yoki oʻsib turgan ildiz boʻgʻzidan
(parmalab olingan oʻzagigacha), yogʻochligidagi yillik halqalar soniga, shuningdek,
daraxtlarning tashqi belgilari (bargining rangi, tanasining shakli, poʻstlogʻining tusi va
tuzilishi)ga qarab aniqdanadi.
Daraxtlarni oʻgʻitlash yoki hosil berishini toʻxtatish bilan hayotini uzaytirish mumkin.
Shaftoli daraxti 15-20, saksovul 50-60, terak 70-80, tok 100, tol 300, xandon pista 350,
tut va yongʻoq 400, qaragʻay, shumtol, zarang 700-1000, chinor 1000, eman 2000,
shamshod 3000, mamont daraxti 6000-yil yashaydi. Daraxt insonlar uchun juda katta
ahamiyatga ega. Masalan, daraxtlar karbonat angidrid (CO
2
) yutib, kislorod chiqaradi,
insonlar esa kislorod yutib karbonat angidrid chiqaradi. Mana shu tariqa tabiat va inson
oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik shakllanadi.
“O‘simlik organlari” haqidagi tushunchalarni shakllantirishda o‘qituvchi maydon
-
chadagi o‘quvchilar tomonidan ekib parvarishlanayotgan o‘simliklardan birini oldiga
borib, uning organlari haqida ma’lumotlar beradi.
55
O‘simliklar gul, urug‘, meva, bargain, ildizi, barg, poyalardan tashkil topgab bo‘lib,
ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
–
gul - o‘simlikning ko‘payishi uchun xizmat qiladi;
–
urug‘dan yangi o‘simlik rivojlanadi;
–
meva - urug‘ni himoya qiladi va tarqalishiga yordam beradi;
–
barg - yorug‘lik va havo yordamida oziq moddalar hosil qiladi;
–
poya - suv va oziq moddalarni o‘tkazadi;
–
ildiz - tuproqdan suv va mineral tuzlarni shimib oladi.
O‘simlikning organlari bilan tanishtirishda uning guliga e’tibor qaratishlarini so‘ray
-
di. Gulning kosachabarg, tojibarg, changchi va urug’chilarini ko‘rsatib, ularning vazifa
-
lari nimalardan iboratligini aytib o‘tadi.
O‘quvchilarga o‘zlari ham istalgan o‘simliklarni tanlab olib, ularning organlarini no
-
mini hamda ularning vazifalarini aytish vazifasi beriladi. Vazifani bajarish jarayonida
o‘qituvchi ularni diqqat bilan kuzatadi va kamchiliklarini tuzatib boradi.
56
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
“O‘simliklarning hayot sikli” haqidagi tushunchalarni berishda o‘simlik gerbariysi
-
dan ham foydalanish mumkin. Buning uchun o‘sha o‘simlikning rivojlanish bosqichlari
davomida ulardan gerbariylar tayyorlab boriladi. Bahor mavsumida qoqio‘tning barcha
sikllarini topib kuzatish mumkin bo‘ladi.
“Urug‘ning unib chiqish jarayonini o‘rganish” mavzusida o‘quv-tajriba maydoncha
-
sida quyidagicha ishlar olib borish mumkin.
10 dona loviya, mosh, bug’doy urug‘ini suvli idishga solib, bir kun ivitish, ivitilgan
urug‘larni yerga ekish, har kuni urug‘lardagi o‘zgarishlarni kuzatib, daftaringizga qayd
etib, urug‘lar ildiz, poya va dastlabki barglarni hosil qilishini kuzatib borish, ozroq qis
-
mini ustini engil yopish ya’ni qorong‘u qilish lozim bo‘ladi. Har kuni suv purkab turiladi.
O‘n kun davomida o‘simliklardagi o‘zgarishlarni kuzatib boriladi va yorug‘, qorong‘i joy
-
da rivojlanayotgan o‘simliklar taqqoslanadi. O‘quvchilar xulosalari tinglanadi va o‘qi
-
tuvchi tomonidan umumiy xulosa beriladi.
Demak, o‘quvchilarda qishloq xo‘jaligi mehnatiga qiziqish uyg‘otish va o‘simliklar
-
ni yetishtirish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida doimiy foy
-
dalanish uchun maktab o‘quv-tajriba maydonchasi bo‘lishi kerak. Maktab hududida
tajriba ishlar olib boriladi, buning asosida bolalarda tadqiqot ko‘nikmalari shakllanadi.
O‘quv-tajriba maydonchasining o‘ziga xos bajariladigan ishlariga qarab, as
-
bob-uskuna va vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda o‘quvchilar o‘simliklarni ekadilar,
ularni parvarish qiladilar, ularnining rivojlanishini kuzatib, tahlil qilib boradilar. Maktab
o‘quv-tajriba maydonchasidan olinadigan matеriallardan o‘quv jarayonida foydalanish
katta samara beradi. Chunki o‘quvchilar o‘zlari parvarish qilishgan narsalar haqida ya
-
nada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladilar. Maktab o‘quv-tajriba maydonchasida o‘tkazi
-
ladigan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, oquv chilar
o‘simliklarning rivojlanish bosqichlari, ularning poyasi, barg chiqarishi, gullashi va
urug‘lashi haqida nafaqat tushuncha va tasavvurga ega bo‘ladilar balki amalda o‘zlari
bajarib ko‘radilar.
Dostları ilə paylaş: |