Kalit so‘zlar.
Maktab, qattaq jismlar fizikasi, ijodiy faoliyat, ruhiyat, kreativ, iste’dod. kreativ
kompetentlik.
Методика преподавания тем, связанных с ‘‘Физикой твердого тела’’ общеобразовательного
курса физики средней школы, является предметом координации педагогического процесса,
состоящего из деятельности учителя с учащимися по достижению определенных целей
‘‘что?’’, ‘‘кому?’’, ‘‘как?’’ и ‘‘сколько?’’ служит для решения вопросов о необходимости
обуче ния.
Ключевые слова.
Школа, физика твердого тела, творческая деятельность, психика,
творчество, талант. творческая компетентность.
The methodology for teaching topics related to “Physics of the Solid State” of the gen
-
eral education course in physics of a secondary school is the subject of coordination of the
pedagogical process, which consists of the activities of the teacher with students to achieve
certain goals “what?”, “to whom?”, “how?” and how many?” serves to address questions about
the need for training.
Key words.
School, solid state physics, creative activity, psyche, creativity, talent, creative
competence.
O‘ral XUSHVAQTOV,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Fizika va uni o‘qitish
metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
“QATTIQ JISMLAR FIZIKASI”NI O‘QITISH
JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING KREATIV
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
68
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
qizlarimizning sochini yig‘ib qo‘yadigan rezina, prujina va hokazolarning cho‘zilishi va
aksincha sim, novda va boshqa qattiq jismlarning cho‘zilmasligini tekshirish mumkin.
Kreativ kompetentlik tushunchasi va tuzilishi haqida quyidagi pedagoglar ishlarida
ko‘rib chiqiladi. Bular: I.S. Bekesheva, I.E. Buryakova, Y.F. Varlamova, R.U. Davletova,
M.M. Kashapov, S.M. Ovcharov, O.F. Chuprova, A.G. Shumovskaya va hokazo.
I.YE. Bryakovaning tadqiqotida kreativ kompetentlik – bu shaxsiy xususiyat yoki
muammolarni hal qilish natijalariga ta’sir qiluvchi ko‘p qirrali mahorat. Shu bilan birga,
muallif “kreativ kompetentlik” va “kreativ kompetensiya” tushunchalarini farqlaydi. Kre
-
ativ kompetentlikdan farqli o‘laroq, kreativ kompetensiya insonning ijodiy vazifalarni
hal qilish uchun o‘z qobiliyatlarini safarbar qilish qobiliyatini anglatadi va ijodiy kompe
-
tentlikning tarkibiy qismidir.
Keyingi yillarda iqtisodiyotning rivojlanishida bozor mexanizmlarining shakllanishi
va nisbatan barqarorlashuvi ta’limning barcha darajalarida, shu jumladan, fizika fanini
va shu bilan birgalikda turmushda, texnikada hamda mikroelektronikada ko‘p ishlatila
-
digan “Qattiq jismlar fizikasi”ga oid mavzularni chuqurroq o‘rganishning ahamiyati va
zarurligiga ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa bozor talablari asosida (texnikada ayniqsa bu
-
gungi kunda elektromobil, elektrobus, elektr texnikalarni ishlashida muhim sohalardan
biri sanaladi) shu bois, fizika ta’limini rivojlantirishi hamda ta’lim sifatining oshishida o‘z
samarasini beradi. Masalan, Superkondensatorlar va qayta zaryadlanuvchi batareya
-
lar elektr transport vositalarining (ETV) harakatga kelishida ikkita eng muhim elementi
-
dir. Bir tomondan, qayta zaryadlanuvchi batareya ETV bir zaryad bilan bosib o‘tadigan
masofa uchun javobgardir. Bu masofa hozirda 350 km dan 1000 km gacha o‘zgarib
turadi. Superkondensator esa (1) to‘xtash joyidan boshlanganda va (2) harakatlana-
yotgan avtomobil tezligini keskin oshirganda ETV tez tezlashishi uchun zarur dinamika
-
ni ta’minlaydi. Ikkala holatda ham elektr motori nominalga qaraganda ancha ko‘p oqim
oladi, bu faqat superkondensator tomonidan bir necha soniya davomida maksimal 15
soniyagacha ta’minlanishi mumkin. Ushbu ikkita funksiyadan birini bajargandan so‘ng,
superkondensator elektron tizimlarni kuzatish orqali avtomatik ravishda nominal bata
-
reya zaryadiga qadar qayta zaryadlanadi. Kuchli superkondensatorlarning parametrla
-
ri ETV ishlab chiqaruvchilarining talablariga qarab keng diapazonda o‘zgaradi. “Har bir
o‘qituvchi o‘z amaliyotida ertami-kechmi ba’zi talabalarlar uchun mavzu bo‘yicha ta’lim
motivatsiyasi yo‘qligi muammosiga duch keladi. Bu tabiiydir-inson bir vaqtning o‘zida
hamma narsaga ulgurmaydi”. Motivatsiya, o‘quvchining hatti-harakati yo‘nalishini, o‘z
maqsadiga erishish uchun amalga oshirilgan harakatlarni tushuntiradi. Shu bilan birga
kreativ kompetentlikning shakllanishi va rivojlantirishiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda fizika kursining “Qattiq jismlar fizikasi”ga oid mazularni o‘qitish ja
-
rayonida ta’lim sifatini oshirish o‘quvchilar qo‘yayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda
kelajakda Oliy talim muassasalarida o‘qishi va fan-texnika sohasida qo‘llab asosiy va
-
zifasi o‘z sohasida hamda mehnat bozorida o‘z yo‘lini oson topib olishi uchun krayetiv
kompetentlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim sohasini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy investitsiyalar keng jalb qilingan
holda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqalar ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Qittiq jismlar
fizikasiga oid granlar, Ta’lim muassasalarining maqsad va vazifalari zamonaviy talab
-
lardan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ayniqsa, zamon talablaridan ke
-
lib chaqqan halda Fizika fani bo‘yicha qabul qilingan qator hujjatlar ijrosini ta’minlash
ishlari amalga oshirilmoqda. Qattiq jismlarsiz turmush, texnika va mikroelektronika va
69
boshqa sohalarni tusavvur qilib bo‘lmaydi.
Hozirga kunda o‘quvchilarning shaxs sifatida shakllanishi murakkab tadrijiy rivoj-
lanish yo‘liga ega bo‘lib, har bir o‘quvchi ruhiyati o‘ziga xos bo‘lgan murakkab konfi
-
guratsiyasi bo‘ladi, shu bilan birga unga ta’sir etuvchi omillar va ularning ta’siri ham
juda xilma-xil bo‘ladi. Bu murakkab jarayonni to‘liq o‘rganib chiqish uchun ko‘plab ilmiy
tadqiqotlar olib borilishi talab etiladi.
Xususan, bolaning 2-6 yoshlar orasidagi davrida 80 foizgacha o‘quvchi xususiyat
-
lari shakllanishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Bu davrda qattiq jismga oid tushun
-
chalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, yosh bolaga qattiq nar
-
salarni va yumshoq narsalar haqidagi dastlabki tushunchalarni oilada oladi. biror qattiq
narsani qo‘li bilan urganda og‘riydi keyingi marta u narsani qo‘li bilan qattiq urmaydi,
ya’ni qattiq ekanligi haqida tushuncha paydo bo‘ladi. O‘quvchining xususiyatlari shak
-
llanishida ilk tajriba muhim hisoblanadi. Qattiq jismlar fizikasi tushunchalarini shakl
-
lantirishda qattiq jism turlari, deformatsiya va uning turlari, mustahkamlik va hakazolar
haqida o‘rgatilishi kerak. Demak, bu davrning muhimligini hisobga olib, o‘quvchida kre
-
ativ qobiliyatlarni rivojlantirish yo‘llarini qidirishimiz kerak bo‘ladi. Bizning fikrimizcha,
o‘quvchilarda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishni quyidagi tartibda ko‘rishimiz mumkin:
1. Fizika fanida fizik hodisalar, fizik jismlar, harakatlar va qonunlarni o‘rganish.
O‘rganish jarayonida o‘quvchilardagi fizik tushunchalar, fizik qonunlar, fizik hodisalar
va ularning vujudga kelishi shakllana boshlaydi va kreativ kompetentligining dastlabki
kurtaklarini amaliy faoliyatda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.
2. Qattiq jismlar fizikasiga oid mavzularni o‘qitishda qattiq jismlarning tuzilishi, qat
-
tiq jism turlari, qattiq jismlarning mexanik xossalari, Guk qonuni va deformatsiya va
uning turlari hamda deformatsiyalanish sabablarini o‘rgatish. Deformatsiya va Elas
-
tiklik kuchining paydo bo‘lish sabablari haqida ham tushunchalar berilishi o‘quvchi
-
lar qattiq jismlarning xususiyatlarni ham o‘rganadi. Shu bilan birga o‘qitish jarayonida
o‘quvch ilardagi qattiq jismlar fizikasi tushunchalar shakllanishiga va kreativ kompe
-
tentligining dastlabki kurtaklarini amaliy faoliyatda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Qattiq jismlar fizikasi”ga oid mavzularni o‘qitish va o‘rganish hamda ijod qilish
jarayonida o‘quvchilarni muvaffaqiyatli shug‘ullanishlarini ta’minlash va ular orqali sa
-
marali natijalarni qo‘lga kiritish uchun televizor tomosha qilish va kompyuter o‘yinlari
o‘ynashni aniq reja asosida shug‘illanishini ta’minlash kerak bo‘ladi. Qattiq jismlar fizi
-
kasiga oid murakkab bo‘lmagan, masalan, pol qoqilgandan so‘ng ma’lum vaqtdan ke
-
yin uning shakli o‘zgarishi, prujina yoki rezina nima uchun cho‘zilishini o‘rganib kelishni
topshiriq berilsa, bu o‘quvchilarga qiyinchilik tug‘dirmaydi hamda nostandart test tops
-
hiriqlarini berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bunday vositalar vaqtini behuda
o‘tkazish va ishyoqmaslikka ma’lum darajada moyil bo‘lgan o‘quvchi ruhiyatini, aqliy
faollik (aqliy mehnat) va irodaviy zo‘r berish bilan kechadigan yuqoridagi faoliyatlardan
chetlanishining oldini olib o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortishi hamda ixtiroc
-
hilik qobiliyatining shakllarini yuzaga chiqaradi.
Ko‘p hollarda o‘quvchilarning noan’anaviy, yangicha (nostandart) yondoshilgan
ishini ko‘rgan o‘quvchi buni faqat o‘ta qobiliyatli yoki iste’dodli shaxsgina bajara olishi
mumkinligi haqida o‘ylaydi. (Misol) Qattiq jismlar fizikasi bo‘yicha Nobel mokofoti lou
-
riyatlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Holbuki, insoniyatni hayratga soluvchi bunday ish
-
larni hamma ham bajara olishi mumkin. O‘quvchilarda layoqat, iste’dod, kreativlik har
qancha hayratomuz bo‘lmasin, ta’lim-tarbiyadan tashqaridagi faoliyatda kamol topa
olmaydi. Kreativlikni rivojlantirishning eng unumli yo‘llaridan biri barcha o‘quvchilarni
70
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
boshlang‘ich sinfdanoq ijod haqida tushuncha berib, ijodga va fanlarni demostratsiya
va vertual hamda kasbga o‘rgatish bilan mashg‘ul bo‘lishga jalb etish, darslarni ijodiy
va ixtirochilikka yo‘naltirilgan tarzda tashkil qilish, turli xil noan’anaviy dars usullaridan
keng foydalanishdir.
Kreativlik-ijodiy tafakkur va tasavvurni rivojlantirish, vazifalarni ijodiy bajarish
-
ga yo‘naltirilgan aqliy qobiliyatdir. Qobiliyatni rivojlantirish ma’lum bir o‘quvchida in
-
soniyatning moddiy va ma’naviy boyliklari, bilimlarining tarixiy rivojlanishi natijasida
to‘plangan tajribasini egallashi hamda bugungi kun rivojlanishi bilan ham nafas bo‘l
-
mog‘i kerak. Shu sababli o‘quvchilarga qattiq jismlar fizikasiga oid mavzusini o‘qitishda
qattiq jismlarning turlari o‘tilgandan keyin keramik qattiq jismlarga misol sifatida Super
-
kondensatorlar, uning tuzulishi va ishlash prinsipi haqida ma’lumotlar yoritib beriladi.
Uning xarakteristikalari kichik va o‘rta quvvatga ega (30 dan 80 kw gacha) ETV uchun
superkondansatorlar mos ravishda sig‘imi 25 dan 70-80
F
gacha bo‘lishi samaradorligi
yuqoriligidan dalolat beradi. “Kuchliroq ETVlar uchun quvvati 80 kW dan yuqori va
sig‘imi 150-200
Dostları ilə paylaş: |