Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88
2-son qushimcha

Aralash model.
Ushbu model universitet talabalarini masofali o‘qitishning turli 
shakllarini, aniqrog‘i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi 
shaklda o‘qiyotgan talabalar masofali o‘qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ush
-


81
bu universitetining o‘qituvchisi o‘qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qis
-
man o‘qiydilar. Shuningdek, bu modelda an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, 
taqdimotlar, ma’ruzalar ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar alohida shakllarining birlashmasi 
bo‘lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan 
qanchalik yuqori jihozlangan bo‘lsa, shunchalik o‘qitish shakllari turli-tuman bo‘ladi. 
Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zelandiyadagi Massey universitetida (Massey 
University, New Zealand – http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium.
Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular 
o‘quv materiallari bilan almashadilar yoki ba’zi vazifalarni bo‘lishib oladilar. Masalan, 
bir universitet masofali o‘qitish uchun o‘quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi vir
-
tual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofali o‘qitish dasturlarini 
rasmiy akkreditatsiyasini o‘tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning 
alohida markazlari, fakultetlari, xatto ta’lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki 
davlat tashkilotlari hamkor bo‘lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat markazlashgan 
boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material xuquqlarini rioya 
etish shartlaridagina samarali bo‘ladi. Kanadadagi ochiq o‘quv Agentligi (Open Lear
-
ning Agency, Canada – http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo‘lishi mumkin.
Franchayzing.
Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o‘qitish modelida 
hamkor universitetlar bir – birlariga o‘zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta’lim 
xizmati bozorida o‘zini ko‘rsatgan qandaydir universitet o‘zida ishlab chiqqan kurslarini 
masofali o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o‘qitish uchun o‘quv ashyo
-
larini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lmagan boshqa oliygoh – hamkorlariga 
o‘qitish huquqini berishi mumkin. Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar 
o‘zlarining universitetida o‘qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg‘or oliygoh talabasi 
kabi o‘sha hajmda va o‘sha sifatda ta’lim xizmatlariga, o‘qishni bitirganlaridan keyin 
xatto diplomlariga ega bo‘ladilar. Bunda ilg‘or universitetning barcha atributlari o‘z ku
-
chini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq 
universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Brita
-
in) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish mumkin.
Validasiya.
Masofali o‘qitishning juda keng tarqalgan modeli bo‘lib, bunda ta’lim 
muassasalari masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada 
bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs 
va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni 
berish ga mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygoh (davlat akk
-
reditasiyasiga ega bo‘lgan taniqli oliygoh) va uning hududlardagi ko‘p sonli filiallari 
orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin