Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88
2-son qushimcha

Key words.
Facilitator-teacher, independent thinking, creative research, working program 
of science, voluntary independent work.
Shoira KARIMOVA, 
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
TALABALARNING TADBIRKORLIK KO‘NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN MUSTAQIL 
ISHLARNI TASHKIL ETISHNING 
LOKAL-MODULLI TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya
U
zluksiz ta’lim tizimida xususan, OTMlarda mustaqil ishlarning asosiy maq
-
sadi fasilitator-o‘qituvchi rahbarligida va nazorati ostida talabada muayyan 
o‘quv materiallarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Talabalarning bilim 
egallashini faollashtiradigan, barcha uchun qo‘lay bo‘lgan usul va vositalardan foyda
-
lanilgan holda pedagogik jarayonni tashkil qilish ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, 
ijodiy izlanishga yo‘naltiradi.
Metodist olimlar mustaqil ishlardan dars jarayonida keng foydalanishni doimo 
yoqlab chiqqanlar. Chunki, bilim oluvchilarni bilimlarni egallash va mustaqil fikrlashga 
o‘rgatish, avvalambor, mustaqil ishlarni bajarish oldida turgan muammo va masala
-
larning yechimini topish jarayonida shakllanadi. Ba’zi olimlar mustaqil ishlar deganda 
o‘qituvchining bevosita yordamisiz, ammo uning nazorati osida bajariladigan vazifalar
-
ni tushunishsa, boshqalari bilimlarni amaliyotda qo‘llashni talab qiladigan ishlar, deb 
bilishadi. Ta’kidlash joizki, mustaqil ishlar bilim oluvchilarning aqliy imkoniyatlarni na
-
moyon qilishga imkon beradigan, ularning bilvosita va bevosita ishtirokida, ammo be
-
vosita yordamisiz nazariy-amaliy materiallar ustida bajaradigan vazifalari hisoblanib, 
bilim oluvchilarning nafaqat bilim darajalari, balki o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda 


84
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
qo‘llay bilishlari hamda mustaqil mantiqiy fikrlash darajalarini aniqlash va shakllantirish 
imkoniyatini beradigan ongli faoliyatdir. Zamonaviy ta’lim jarayonida mustaqil ishlar 
tasnifiga oid bir qancha qarashlar mavjud. Metodist olimlar guruhlarga ajratishda mus
-
taqil ishlarning u yoki bu jihatlariga e’tibor qaratishadi.
Uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida bilim oluvchilarni mustaqil fikrlashga, ongli faoliyat 
yuritishga o‘rgatish kelajakda ularning jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyoti uchun za
-
rur, barkamol shaxs sifatida shakllanishida bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimida mustaqil ishlarni tashkil etishning 
mazmunini ishlab chiqdik:
Oliy ta’lim Talabalarga mustaqil ishlarga oid kasbiy sifatlar
-
ni takomillashtirish bo‘yicha yondashuvlar tav
-
siya etiladi, ularning mustaqil ishlari o‘qituvchi 
tomonidan nazorat qilinib, baholanadi, tegishli 
tavsiya va xulosalar beraladi. O‘quvchilarning 
o‘ziga xos kasbiy sifatlari shakllantirishga alo
-
hida e’tibor beriladi. Bunda mutaxassislikka oid 
bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy layoqatning 
shakllantirilishiga alohida e’tibor beriladi. 
Mutaxassislikka oid 
bilim, ko‘nikma, mala
-
ka va kasbiy layoqat 
shakllantiriladi. 
Ma’lumki, ta’limni tashkil etish jarayoni juda murakkab bo‘lib, unga asosan ta’lim
-
ning asosiy dars shaklidan tashqari o‘quvchining mustaqil ravishda bilimlarini o‘zlash-
tirishi katta ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, o‘qituvchi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib, 
bilim olish jarayonini tezlashtirishga yordam bersa, bilim oluvchining mustaqil intilishi 
evazigagina bilimni mukammal o‘rganishi mumkin bo‘ladi. 
O‘quv jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga asosan qo‘yidagilar kiradi:
– yozma va og‘zaki shaklda mashqlarni, uy vazifalarini bajarish;
– mustaqil mavzular bo‘yicha matnlar tuzish, o‘qib va so‘zlab berish, tahlil qilish; 
– noma’lum matnlarni izohlash; 
– dars vaqtida og‘zaki va yozma mashq bajarish;
– lingafon tizimi, video va kompyuter texnologiyalari yordamida ishlash; 
– amaliy darslarda o‘quvchilarning bilim saviyasini aniqlash maqsadida o‘zaro 
suhbatlarni uyushtirish
– yozma ishlar (OO‘Yu talabalari uchun referat, kurs va malakaviy-bitiruv ishlari) 
ni bajarish, nazorat savollari va testlarning javoblarini tayyorlash; 
– maxsus adabiyotlar bilan ishlash (uzluksiz ravishda), takrorlash va boshqalar.
Oliy ta’lim amaliyotida fasilitatsiya ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ish
-
larni bajarish jarayonida talabalar bilan o‘zaro munosabatda ularning o‘z fikrlari, mu
-
nosabatlarini o‘qituvchining fikri, munosabatidan qat’iy nazar bildira olishlaridadir. Buni 
K. Rodjersning mulohazalari bilan ifodalaydigan bo‘lsak, “o‘rganishga o‘rgatish” de
-
makdir. Oliy ta’lim tizimida talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda 
qo‘yidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:
– muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
– talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch 
bilimi);
– fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; 
– talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi;
– mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik dara
-


85
jasi va b. 
Talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshi
-
rib, ularni topshiriqlarni bajarishga ongli, tizimli va ijodiy yondashishga shart-sharoitni 
ta’minlash kerak bo‘ladi. Talabalarda mstaqil ishlarini tashkil etishda talabaning akade
-
mik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda ayrim shakllardan foyda
-
lanish mumkin. Yangicha yondashuv jarayonida bilim talabalarning o‘z ijtimoiy tartiblari 
asosida paydo bo‘ladi va xulq-atvor shaklining ham o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Mustaqil 
fikrlarni bildirar ekan, talaba ta’lim jarayonining faqat subyekti sifatida ham namoyon 
bo‘ladi, ya’ni teng huquqli ta’lim dialogini vujudga keltiradi. 
O‘zlashtirishning keyingi darajalarida o‘quvchilardan olgan bilimlarini amalga 
tatbiq etish, ma’lum natijalarini qo‘lga kiritish, to‘ldirish, boyitish, o‘zgartirish, o‘zining 
mustaqil nuqtayi nazariga ega bo‘lish talab etiladi. Mazkur o‘zlashtirish darajalari uc
-
hun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi. 
Mashg‘ulotni muammoli tarzda tashkil etish uchun birinchi galda talaba bahs-mu
-
nozara yuritishga fikrlarini erkin bayon etishga, tanqidiy munosabat bildirishga tayyor
bo‘lishi lozim. Buning uchun quyiladigan muammolarga bog‘liq bo‘lgan tushunchalar 
yuzaga chiqariladi. So‘ngra muammoga aniqlik kiritilib, ma’lum xulosalar chiqariladi. Bu 
jarayon fikr-mulohazalarda ifodalanadi. Ta’lim jarayoniga o‘ziga xos psixologik jihatdan 
yondashuv talabalarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini erkin bayon etishga undaydi. Shu 
bilan birga, qo‘yiladigan muammoni mustaqil ijodiy hal etish uchun sharoit yaratadi. 
Xulosa qilib aytganda, pedagogika OTM talabalarida pedagogik komponentlardan 
biri, bu tadbirkorlik fazilatining ma’lum darajada yuqori bo‘lishi taqozo qilinadi. Bun
-
dan tashqari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarga ko‘ra, bir nechta fanlarga 
oid bilimlarning integratsiyasi, o‘zaro aloqadorligi va undan foydalanish metodikasini 
o‘z ichiga oladi. Har bir talaba o‘z imkoniyati, asosan bilimga bo‘lgan intilishiga qa
-
rab o‘zining bilimlar manbasiga ega bo‘ladi. Bu bilimlar strukturasiga ko‘ra, texnik va 
texnologik mazmundagi, psixologik va pedagogik, falsafiy, fizik-matematik, iqtisodiy, 
amaliy va boshqa imkoniyati, asosan bilimga bo‘lgan intilishiga qarab o‘zining bilimlar 
manbaiga ega bo‘ladi. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin