82
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
dimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o‘qituvchilar va olimlar yig‘iladigan ilmiy-uslubiy
markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat
(xudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o‘qitish vaqtinchali hisoblanib, loyi
-
hada mo‘ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so‘ng tugatiladi. Bu modelga
misol sifatida Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro
tashkilotlar o‘tkazgan qishloq xo‘jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo‘yi
-
cha masofali o‘qitish kurslari olish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari
elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko‘r
-
satish mumkin:
• mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);
• virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Sys
-
tems);
• ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management Systems).
Hammamizga ma’lumki, har bir universitet yoki ta’lim muassasi o‘z ta’lim jarayoni
-
ni boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqqan holda, o‘zining virtual
axborot ta’lim muhitini yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, virtual axborot
ta’lim muhitini yaratishning hojati qolmagan, chunki Web muhitiga moslashgan har hil
turdagi dasturiy majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim sohasida ishlab kelayotgan
xodimlarning hamkorlikda ishlashlari, shuningdek, ta’limga yo‘naltirilgan fondlar tomo
-
nidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratil
-
gan. Bu o‘quv modulimizda masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini
beruvchi erkin va ochiq kodli dasturlar majmuasining tahlili keltiriladi. O‘quv modulida
keltirilgan dasturiy majumalar tahlili ko‘p yillar davomida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar
natijasida yozilgan.
Dostları ilə paylaş: