95
dan oldin u shogirdlariga shunday vasiyat qiladi: - ‘‘Janozam o‘qilishi bilan biroq tuya
paydo bo‘ladi. Jasadimni shu tuyani o‘z ixtiyoriga qo‘yingiz, Agar tuya qayerda cho‘ksa
va shomgacha o‘rnidan qo‘zg’almasa mening so‘ngi makonim o‘sha yer bo‘ladi, meni
o‘sha yerga dafn etingiz. Lekin zinhor tuyaning xohishiga monelik qilmangiz! Voqea
huddi avliyo aytganidek sodir bo‘ladi, unga janoza o‘qib bo‘linishi bilanoq, uy oldida
katta oq tuya paydo bo‘ladi. Xalifalar avliyo jasadini tuyaga yuklab, uning izidan yo‘lga
tushishadi.
Xullas yura-yura yayloq dasht o‘rtasidagi bir ko‘l yoniga
yetishganda tuya asta
cho‘kadi hamda shomgacha qimir etmaydi. Pirining so‘ngi manzili shu yer ekanini tu-
shungan xalifa pirini dafn etishga hozirlik ko‘radi. Ular birgalashib avliyo jasadini shu
yerga dafn etishadi.
Dostları ilə paylaş: