Ключевые слова.
Паломничество, паломнический этикет, святые места, культура,
исламские учения, мечети, духовность, Сурханский оазис.
In the territory of Uzbekistan, there are many sacred places related to Islamic culture, like
other religions. They are considered the most valuable monuments and recognized as UNESCO
World Heritage Sites. This article talks about the holy places and shrines in our country and
their importance in people’s lives. There are also ideas about the history of shrines and their
educational significance today.
Key words.
Pilgrimage, pilgrimage etiquette, holy places, culture, Islamic teachings,
mosques, spirituality, Surkhan oasis.
D.N. ABDULLAYEVA,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Geografiya va uni o‘qitish
metodikasi” kafedrasi dotsenti v/b, p.f.f.d.
T.M. QURBONOVA,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Geografiya va uni o‘qitish
metodikasi” kafedrasi magistranti
MUQADDAS ZIYORATGOH MASKANLARINING
BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
(Surxondaryo viloyati misolida)
(Chilgiz ota, Takiya ota, Sulaymon ota)
Annotatsiya
MILLIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
“Z
iyorat” so‘zining ma’nosi rus-tilidan tarjima qilinganda “Biror nasaga yaxs
-
hi qarashga imkon beradigan joy yoki mavqe” degan ma’noni anlatadi.
Ziyorat – muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib muayyan
rasm-rusmlarni bajarib kelish. Islom dini aqidasiga ko‘ra, aziz avliyolarning maqba
-
ralariga ziyorat uchun borganda ularning ruhidan madad so‘rashlik, dardlarga shifo
berilishini, farzand ato etilishi kabilarni so‘rash nojoizdir. Chunki, bu amallarni bajarish
faqat ollohning ixtiyoridadir. Ziyorat qiluvchilar payg’ambar bo‘ladimi, avliyo yoki tariqat
shayxi bo‘ladimi, ulardan najot so‘rash o‘rniga haqlariga duoyi xayr qilish, sadaqa-eh
-
93
son savoblarini ularning ruhlariga haqya etish o‘rinlidir. Muhammad (sollolohu a’layhi
vasallam) o‘zlarining bir hadisi shariflarida aytganlar: “Qabristonlarni ziyorat qilib yu
-
ringizlar, zero oxiratni eslatadi”. Oxiratni eslash esa kishini yovuzlikdan uzoqlashtirib,
ezgulikka yaqinlashtiradi.
Ziyorat maqsadi – ko‘p yillik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab avaylash, dun
-
yo ilmu fani va ma’daniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bag’rikeng
-
lik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilat va qadriyatlarini davom ettirishga
ko‘maklashishdir.
Ziyorat vazifasi quyidagilar hisoblanadilar:
1. Fuqorolarning diniy, ma’naviy va intelektual salohiyatini oshirishga qaratilgan
tashabbuslarni qo‘llab quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;
2. Masjidlar va diniy ta’lim muassasalarning binolarini qurish, ta’mirlash, rekonst
-
ruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
3. Tarixiy-memoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta’mirlash obodonlash-
tirish, ularning tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘q
-
tuvchilari, tadqiqotchilari, mutaxasis va o‘quvchi talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘l
-
lab-quvvatlash;
4. Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarni, xususan imom noiblar, mutavallilar, mu
-
azzinlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
5. Islom ilm-fan va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz,
zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma’rifiy asarlarni chop
etish va aholiga yetkazishga ko‘maklashish;
6. Musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xo
-
rijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish;
7. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati chek
-
langan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.
Ziyorat odobi deganda quyidagilar tushuniladi:
1. Avvalo, niyatni to‘g’irlamoq, ixlos bilan, xolis olloh uchun ziyorat qilmoq, yor
-
damni, najotni, yolg’iz ollohdan tilamoq lozim.
2. Ziyorat paytida tahoratli bo‘lmoq sunnatdir.
3. Qisqa muddat bo‘lsa ham dunyo mashg‘ulotlarini tark etib, oxiratni o‘ylamoq.
4. Ikki rakat nomoz o‘qimoq sunnatdir.
5. Ziyoratda viqor bilan sokin yurmoq.
6. Qabr ahliga salom bermoq.
7. Oyoq tomonidan borib, mayitga yaqin va yuzma-yuz o‘tirmoq.
8. Qabrni siypash, ushlash va o‘pishdan saqlanmoq.
9. Qabr boshida “Yosin” surasini yoki o‘zi bilgan boshqa sura yoxud oyatlarni o‘qimoq.
10. Ziyoratga poyabzalni yechib kirish sunnatdir.
11. Qabrni bosmaslik lozim. Qabr usti mayitning haqqidir.
12. Mo‘minlarning yaxshi sifatlarini eslash sunnatdir.
13. Ziyoratdan behad sokin, vazmin holatda qaytish lozim.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq muqaddas ziyoratgohlarga madaniy va ma’naviy
merosimiz yodgorliklari sifatida alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Islom dini va mada
-
niyatining jamiyat manaviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, O‘zbekiston Respub
-
likasida yoshlarning tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash, dinimiz
tarixi, buyuk allomalar va aziz avliyolarimiz merosini o‘rganish va targ’ib etish, yurti
-
mizning o‘ziga xos tarixi, madaniyati va bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganish
94
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
bizning oldimizda turgan eng asosiy vazifamizdir.
Termiz shaxrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan Surxon vohasidagi ziyorat
-
gohlar qaytadan ta’mirlandi va u yerga keluvchilar soni kundan-kunga oshib bormoq
-
da. Bu maqbaralar mahalliy aholi doimiy ravishda ziyorat uchun boradigan muqaddas
qadamjolar, ruhiy poklanish hamda, ma’naviy yuksalish maskanlaridir.
Xo‘sh, biz nima uchun o‘tmishda o‘tgan azizu avliyolarimizni qabrlarini yillar mo
-
baynida ziyorat qilib kelamiz? Chunki, Alloh taolo o‘z kalomi bo‘lmish Qur’oni Karimda
“Ogoh bo‘lingkim, Allohning do‘stlariga xavf yo‘qdir va ular xafa ham bo‘lmaslar. Ular
iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir. Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham
xushxabar bor” (Yunus so‘rasi 62-63-oyatlar). Yana bir oyatda “Allohning yo‘lida qatil
bo‘lganlarni o‘liklar deb hisoblamanglar. Balki, ular – tirik, Robbilari huzurida rizqlan
-
moqdalar”, (Oli Imron so‘rasining 169-oyatida) deb marhamat qilgan.
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollollohu a’layhi va sallamning hadislarida
“Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir” deyilgan. Mutaaxxirin ulomolarning ta’rifi
-
da shunday deyilgan: “Qilich qinidan chiqqanda, uning keskirligi kuchli bo‘lganidek, av
-
liyolarning ruhi tanasidan chiqgach, ularning ruhi ham shu qilich kabi o‘tkir bo‘lur”. Shu
sabab aziz avliyolarni dunyodan o‘tgandan so‘ng ham hurmati joyiga qo‘yilishi shart.
Bizning musulmon diyorlarda aziz-u avliyolarga maqbara barpo qilish shu sababli joriy
qilingan. Quyida shu kabi ziyoratgohlardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: |