89
Maqolada zamonaviy didaktikaning innovatsion yo‘nalishi – maktab o‘quvchilarining vita-
gen ta’limiga bag‘ishlangan bo‘lib, u o‘rta maktabning o‘quv jarayonida o‘quvchilarning
hayotiy
tajribasining intellektual va psixologik salohiyatidan foydalanish g‘oyasiga asoslangan.
Kalit so‘zlar.
Vitagen ta’limning texnologiyasi, ta’limning tarkibi, vitagen tajriba, hayotiy tajriba.
Статья посвящена инновационному направлению современной дидактики – витагенному
обучению школьников, в основе которого лежит идея использования интеллектуального и
психологического потенциала жизненного опыта учащихся в процессе обучения в средней
школе.
Ключевые слова.
Витаген технология обучения, содержание обучения, витаген опыт,
жизненный опыт.
The article is devoted to innovating direction in modern didactics – vital pupils’ teaching in
the base of which is the idea of actualization using in secondary school educational process of
pupils’ psychological potential of their vital experience.
Key words.
Technology
of vital teaching, educational content,
vital experience, life experience.
Iroda SAMATOVA,
Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot
instituti doktaranti
VITAGEN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING
MAZMUN VA MOHIYATI
Annotatsiya
M
amlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig’i yoshlar ekanligidan kelib chiqib,
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va yoshlarning manfaat
-
larini har tomonlama huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishga alohida eʼti
-
bor berilib, qator maqsadli chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilmoqda. Davlatimiz rahba
-
ri: “Maʼlumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb aha
-
miyatga ega bo‘lib kelgan. Аmmo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan
ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda”, deb alohida qayd etdi. Shu bois,
mamlakatimizda ‘‘mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni o‘z
zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash’’ ijtimoiy sohani
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shu bois, O‘zbekis
-
ton Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g’risida”gi Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida”gi PF-60-son Farmoni qabul
qilinishi yoshlarning barcha jabhada o‘z imkoniyatlaridan foydalanishi va sifatli ta’lim
olishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Jahonda fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlanti
-
rishning metodologik jixatlari, ijtimoiy muhitni tahlil etish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar
-
ning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish tizimi samaradorligini taʼminlash, ularning
ijtimoiy-siyosiy xabardorligini oshirishning taʼsirchan mexanizmlari innovatsion tarbi
-
ya texnologiyalarini tadqiq etish muhim ahamiyatga molikdir. Tadqiqot predmeti bilan
bog‘liqlikda pedagogik texnologiya deganda umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchilari
-
ning ijtimoiy intellektini rivojlantirish, ijtimoiylashuvi va ijtimoiy tarbiyasi bilan aloqador
maqsad va vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan,
uzviy birlikni aks ettiruvchi,
90
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
alohida komponentlardan tashkil topuvchi pedagogik tizim koʼzda tutildi. Texnologiyani
loyihalash uchun asos sifatida vitagen taʼlim tanlandi.
Pedagogika fanlari doktori, professor, akademik А. Belkin tomonidan XX asrning
so‘nggi choragida vitagen taʼlimning nazariy jihatlari ishlab chiqildi. Vitagen taʼlimning
mohiyati ― taʼlim jarayonida o‘quvchilarning olgan bilim va ko‘nikmalari bilan hayo
-
tiy tajribalarining bog‘liqligi unda asosiy g‘oya hisoblangan, yaʼni, vitagen taʼlim naza-
riyasining tayanch soʼzlari sifatida hayotiy tajriba, vitagen tajriba talqin etilgan.
Professor R. Safarova ilmiy rahbarligida yaratilgan
pedagogik ensiklopediyada
vitagen taʼlim texnologiyasi tushunchasiga quyidagi tarzda aniqlik kiritilgan: “Vitagen
taʼlim – didaktikaning yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, taʼlim oluvchilarda mavjud boʼlgan ij
-
timoiy tajribalarni dolzarblashtirish asosida tashkil etiladi. Bunda shaxsning vitagen
tajribasidan taʼlimiy maqsadlarda bosqichma-bosqich foydalanish ko‘zda tutiladi”. Vi
-
tagen taʼlim – shaxsning hayotiy tajribasini dolzarblashtirishga qaratilgan oʼqitish tizimi
boʼlib, uning intellektual-ruhiy quvvatlaridan taʼlimiy maqsadlarda foydalanishni nazar
-
da tutadi.
Rossiya pedagogi V.A. Krivenko o‘zining tadqiqot ishida quyidagi fikrlarni bildirib
o‘tgan: ‘‘Rossiya ta’limini modernizatsiya qilish kontseptsiyasi zamonaviy bosqichda
umumiy ta’limning maqsadlarini belgilaydi. U “ta’limni nafaqat o‘quvchilar tomonidan
ma’lum hajmdagi bilimlarni o‘zlashtirishga, balki ularning shaxsiyatini, kognitiv va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga ham e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlaydi. Umumta’lim
maktabi umuminsoniy bilim, ko‘nikma va malakalarning, shuningdek, o‘quvchilarning
mustaqil faoliyati va shaxsiy mas’uliyatining yaxlit tizimini, ya’ni ta’limning zamonaviy
sifatini belgilovchi asosiy kompetensiyalarni shakllantirishi kerak”.
Mamlakatimizda ta’limning zamonaviy mazmunini
tushunishga qaratilgan yon
-
dashuvlar birining zamirida “tajriba” tushunchasi yotadi, shunga muvofiq, ta’lim maz
-
munining asosiy elementlari: tabiat, jamiyat, inson haqidagi bilimlar; ma’lum usullar
bo‘yicha faoliyat tajribasi; ijodiy faoliyat tajribasi; hissiy-qadriyatli munosabatlar tajri
-
basi hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘quv jarayonining asosiy qarama-qarshiliklaridan
biri, bolalarning hayotiy tajribasi va ta’limga oid (ilmiy) bilimlari o‘rtasidagi nomuvofiq
-
likdadir. O‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish, shaxsni shakllantirishga oid
pozitsiyalar orasida bolaning shaxsiy tajribasini o‘rganish, uni o‘quv jarayonida qo‘llash
bo‘yicha ma’lumotlar to‘plangan. Ta’lim jarayonida individual kognitiv faollik amalga
oshiriladi, u bola faolligining tabiatiga ko‘ra juda erta, stixiyali tarzda, tizimli maktab
-
gacha ta’limidan oldin ham shakllanadi. Maktabga ta’lim olish uchun kelgan bola o‘z
hayotiy tajribasining tashuvchisi, ya’ni o‘z-o‘zini rivojlantiradigan va o‘z imkoniyatlarini
amalga oshiradigan ta’lim jarayonining bir subyekti hisoblanadi.
Maktabning asosiy
vazifasi bola tajribasini qadrsizlatirish, ahamiyatsiz, deb rad etish emas, aksincha, ijti
-
moiy-tarixiy tajriba natijalarini boyitish orqali uni maksimal darajada aniqlash, foydala
-
nish, “o‘stirish” dir.
Zamonaviy amerikalik pedagog-tadqiqotchi U. Glasser fikriga ko‘ra: “Agar maktab
dasturlari bolaning hayotiy tajribasiga hech qanday tarzda mos kelmasa, unda o‘quv
motivatsiyasi rivojlanmaydi. O‘quv jarayoni murakkablashib borar ekan,
faqat moti
-
vatsiya bolaga qiyin mavzularni yengishga yordam beradi, ammo u yo‘q ekan, bolalar
muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Maktab bolalar hayotiy tajribasi va kuzatishlari aso
-
sida o‘z fikrlarini ochiq ifoda eta oladigan joy bo‘lishi kerak. Maktab tomonidan bola
dunyosiga bo‘lgan qiziqishi ularda qoniqish hissini uyg’otadi”.
Tadqiqotlar natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, vitagen ta’lim – bu o‘qituvchi va o‘quvc
-
91
hilarning darsda o‘zaro bir-birini to‘ldirib, boyitib boradigan muloqotni tashkil etishdagi
birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u shaxsning hayotiy tajribasini (rivojlanishning ushbu bosqi
-
chida dunyoqarashni belgilaydigan shaxs uchun muhim hayotiy tajribasi) va jamoa
-
viy hayotiy tajribasini aktuallashtirish jarayoniga asoslanadi. Vitagenik ta’limni tash-
kil etish, muayyan tashkiliy shakllar va texnologiyalarning mavjudligini, shuningdek,
o‘qituvchi ish dasturning ma’lum bir bo‘limida maktab o‘quvchilarining vitagenik ongini
bilishini nazarda tutadi.
Bola – o‘z faoliyatining subyekti bo‘lib, unda faqat kattalar ta’siri obyektini ko‘rmas
-
lik kerak. Hamkorlik pedagogikasi nuqtai nazariga ko‘ra ta’limni individuallashtirishning
yondashuvlaridan biri bu – hayotiy (vitagen) ta’lim bo‘lib, unda o‘quvchilarning hayotiy
tajribasiga tayaniladi.
Keling, asosiy tushunchalarni aniqlab olamiz. Hayotiy tajriba deganda, shaxsning
mulkiga aylangan, uzoq muddatli xotira zaxiralarida saqlanadigan va adekvat vaziyat
-
larni aktuallashtirishga doimiy tayyor bo‘lgan ma’lumotlar tushuniladi. Bu individ to
-
monidan to‘plangan va u uchun ma’lum (ko‘pincha juda muhim) qiymatga ega bo‘lgan
fikrlar, bilimlar, his-tuyg’ular, harakatlarning birlashishi. Bu ma’lumot ong, his-tuyg‘ular,
xulq-atvor xotirasi bilan bog’liq, ya’ni inson boshidan kechirgan narsadir.
Dostları ilə paylaş: