80
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
5. Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
6. Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim elementlarini
ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu
kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Axborot kommunikasiya
texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan
ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti, bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchisi,
maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.
1. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qo‘rilmalari, yuqori
tezlikdagi
internet tarmoqlari,video konferensiya jihozlari va hokazo.
2. Dasturiy ta’minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan
tortib, shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami kiradi.
So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib
kelinayotgan in
-
ternet yoki Interanet tarmog‘i orqali elektron shakldagi ta’lim turi Elearning (elektron
ta’lim) atamasi bilan kirib keldi.
Elektron ta’limi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli
ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elearning o‘z ichiga elektron o‘quv kon
-
tenetlarni bilim oluvchiga yetkazish usulidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish
mumkin. YUNESKO institutining 2000-yildagi tahliliy tadqiqot materiallarida (“Distance
Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Develop
-
ment”) keltirilgan masofali o‘qitish modellarini keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: