Birlamchi (Yagonalik) modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko‘ra, faqat ma
-
sofali o‘qitishda va ‘‘masofali’’ talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O‘kitish
shunday amalga oshiriladiki, bunda ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi. Barcha
o‘qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o‘qitishda xududiy markazlar
bo‘lib, ularda talabalar o‘qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshi
-
rishlari mumkin. Bunday oliygohlarda o‘qituvchilarga ham talabalarga ham o‘quv faoli
-
yatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o‘quv jadvallariga
qat’iy chegaralar qo‘yilmaydi. Bunday tamoyilda o‘qitish ochiq universitetlarda, masa
-
lan, Buyuk Britaniyaning ochiq universiteti (United Kingdom Open University – http://
www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.
Ikkilamchi (Ikkilangan) modeli. Bunday tizimda oliygoh kunduzgi talabalarni
ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o‘qitadi. Har ikkalasida
ham dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo‘ladi.
Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygoh kunduzgi talabalar soni maso
-
fali o‘qiyotgan talabalar sonidan katta bo‘lgan ana’naviy oliygohlardir. Shuning uchun
bir universitetning o‘zida ikki shaklning birgaligida ko‘proq o‘zlarida katta o‘quv ma
-
teriallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan kunduzgi ta’lim olayotgan talaba
-
lar yutadilar. Bunday oliygohlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi,
ba’zan u qisman kunduzgi talabalarni o‘qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday
holatlarda asosiy urg‘u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovasiyalar tadqiqotiga va
boshqalarga beriladi. Masofali o‘qitishning bunday modeli Avstraliyaning Yangi Angliya
universiteti (University of New England, Australia – http://www.une.edu.au) da tashkil
etilgan.