8
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
texnologiyalar darslardagi interfaollikni ham oshirishga xizmat qiladi. Interfaollik tus
-
hunchasi bu yangi muhitda o‘rganish haqida fikr yuritganimizda asosiy xususiyatga
aylanadi. Ta’lim nazariyotchilari o‘tmishda auditoriya sharoitida interaktivlikka katta
e’tibor be rishgan, lekin asosan guruhda muammolarini hal qilish, guruhli muhokama,
qisqa namoyishlarni kiritish yoki qisqa, asossiz yozish kabi ta’lim strategiyalariga e’ti
-
bor berishgan, mashqlar, fikr-mulohazalar, bahs-munozaralar, muammolarni hal qilish
modellari va rolli o‘yinlaridan foydalanishgan. Hozirda esa mazkur metodlar bilan bir
qatorda yangi vositalar orqali interaktivlikning o‘rni va uning faol ta’lim bilan aloqasi
o‘rganilmoqda.
Raqamli texnologiyalarni tarix ta’limida o‘qitishda qo‘llash borasida fikr yuritilgan
-
da, ta’lim mazmuniga mosligi va talabalarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompeten
-
siyalar bilan bog‘liqligini inobatga olish zarur. Xususan, Pepplerning fikricha raqamli
texnologiyalarning tarkibiy qismi bo‘lgan informatsion ta’minotni yaratish uchun muhim
uchta keng tushunchalar mavjud:
– o‘quv jarayonida faol ishtirok etish;
– yoshlarning o‘z ishi bilan shaxsiy aloqasi, bu o‘rganishga umumiy muhabbatni
uyg‘otadi va avvalgi tajribalariga asoslanadi;
– keng jamoatchilik uchun muhim bo‘lgan loyihalarni yaratish.
Raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida informatsion-
analitik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasining tashkiliy-pedagogik komponen
-
tini takomillashtirish maqsadida ikkita blokdan iborat o‘quv topshiriqlari majmui ishlab
chiqildi: informatsion-analitik kompetensiyani va tarixiy-analitik kompetensiyani rivoj
-
lantirishga doir.
I.
Dostları ilə paylaş: