11
bekistonning Buxoro shahrida joylashgan tarixiy yodgorliklar o‘zbek xalqiniki emas,
degan fikrga.
Topshiriq: Siz tarixiy meros vositasida qanday tarzda mazkur axborot tahdidiga
qarshi fikr bildirasiz? Siz o‘rtog‘ingizning buzg‘unchi g‘oyaga ergashayotganiga o‘zin
-
gizni aybdor deb hisoblaysizmi? O‘rtog‘ingizni vatanparvar va milliy g‘ururi bor inson,
deb hisoblaysizmi? O‘zingizni vatanparvar, millatparvar, xalqparvar, deb hisoblaysiz
-
mi? Mazkur vaziyatdan qutilish uchun nima qilishi kerak?
Talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda refleksiv nuqtai nazarni shakllanti
-
rishga yo‘naltirilgan “Ideal” mashqidan foydalanish mumkin. Mazkur mashqni bajarish
uchun muammoli savollar talabalar bilan birga ular uchun dolzarb va hayratlantiruvchi
mavzular asosida shakllantiriladi.
Mashq beshta qadam orqali amalga oshiriladi: 1) “I” – qiziq, muammo nimada –
muammoni umumiy ko‘rinishda shakllantirish bosqichi; 2) “D” – muammoli savollar tu
-
zish – savol ko‘rinishida muammoni shakllantirish; 3) “YE” – muammoni hal etishning
qandaydir yechimi bormi – dastlab individual, keyin juftliklarda ko‘proq yechim topish;
4) “A” – tanlov qilish qanday qiyin – muammoning maqbul va ratsional yechimini tan
-
lab olish; 5) “L” – qiziquvchanlik, hayotda qanday kechadi – qarorni amalga oshirish
jarayoni bosqichi.
Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalarning dunyo miqyosida keng tarqali-
shi va jamiyatning rivojlanishida ahamiyati oshib borayotganligini inobatga olsak, endi
talabalarda ham mazkur texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikma
-
larni shakllantirishi lozim ekanligini anglashimiz mumkin. Bu vazifani amalga oshirish
jarayoni umumta’lim maktablarida o‘tiladigan barcha fanlar qatori tarix fanini o‘z ichiga
qamrab olishi lozim. Chunki, bugungi kunda keng tarqalayotgan raqamli texnologiya
-
lar bilan bog‘liq dizayn sohalari hamda texnologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan
multimedia ta’lim vositalarida ishlash asoslari tarix fani bilan bevosita bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: