Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


Ikki qismli kundalik bilan ishlashga doir topshiriq



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
2-son qushimcha

Ikki qismli kundalik bilan ishlashga doir topshiriq.
Quyidagi tarixiy-badiiy asarlarni o‘qing va ikki qismli kundalikni to‘ldiring: G‘iyo
-
siddin Alining “Hindiston g‘azovoti kundaligi”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, 
Ispaniya elchisi Klavixoning Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi
Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”.
Ikki qismli kundalik uchun talabalar yozilmagan qog‘ozning o‘rtasidan tik chiziq 
o‘tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Kog‘ozning chap tomoniga matnning qaysi qis
-
mi ularga eng ko‘p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, u qandaydir xotirani 
uyg‘otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taaj
-
jubga solar. Yoxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg‘otar. O‘ng tomonida 
ular sharh berishlari kerak: ayni shu sitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularga 
qanday fikrlar uyg‘otdi? Shu munosabat bilan ularda qanday savol tug‘ildi? Qisqasi, 
matnni o‘qirkan, o‘quvchilar vaqti-vaqti bilan to‘xtashlari va o‘zlarining qo‘shaloq kun
-
daliklarida shunday belgilar qo‘yib borishlari kerak.
Ikki qismli kundalik namunasi. 
Klavixo boshqa elchilar bilan 
birga, podshoh saroyidagi bazmda 
ishtirok etadi.
Amir Temur Klavixoning kuy 
chalinayotgan harakatidan uning yevropalik 
ekanligini fahmlab oladi.
Eslatma: qatorlar qo‘shib borilishi mumkin.
II.
 Informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishga doir o‘quv topshiriq
-
lari.
Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida informatsion-analitik kompetentlikni rivojlantirishga 
doir o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishda ko‘proq refleksiv usullarga tayanildi.
Refleksiv usullar kibermakonda xavfsizlikni ta’minlash yo‘llarini aniqlashga olib 
keluvchi virtual muloqot jarayonida talabalarga o‘z shaxsiy qiyofasini boshqa inson 
qiyofasiga aylantirish imkonini beradi. 
Kibermakonda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talabalarning refleksiv nuqtayi na
-
zarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan vaziyatli topshiriq namunalarini ko‘rib chiqamiz.
1-vaziyat. Yangiliklar taqdim etib boriladigan saytni ko‘rib turib, tarixiy meros haqi
-
dagi yangiliklarga sharhlarga oid dialogda quyidagi fikrlarga guvoh bo‘ldingiz:
x: axborot texnologiyalari rivojlangan davrda tarixiy merosni o‘rganish bizga nima
-
ga kerak?
u: to‘g‘ri shu tarix, tarixiy meros haqida gap ketsa, menda ham shunday fikr uyg‘o
-
nadi.
x: tarixiy merosning allaqachon nou-xaularni o‘rganish kerak edi.
Topshiriq. Dialog ishtirokchilarining fuqarolik pozitsiyasini baholang. Internetdagi 
mazkur muloqot tarixiy merosga nisbatan boshqalarda ham shunday fikrlarni hosil qil
-
maydimi? Siz dialogga aralashib, qanday munosabat bildirgan bo‘lar edingiz. Sizning 
fikringiz qanday?
2-vaziyat. Siz bildingiz, Sizning o‘rtog‘ingiz doimiy ravishda xaker sifatida ta’qiq
-
langan saytlarning faol ishtirokchisi. Tasavvur qiling, ana shunday saytlardan birida 
o‘zbek xalqining kelib chiqishi, tarixiy merosi va milliy siyosati haqida buzg‘unchi g‘o
-
yalar tarqatiladi. O‘rtog‘ingiz ham ana shu g‘oyalarga ishonadi. Masalan, deylik – O‘z
-


11
bekistonning Buxoro shahrida joylashgan tarixiy yodgorliklar o‘zbek xalqiniki emas
degan fikrga.
Topshiriq: Siz tarixiy meros vositasida qanday tarzda mazkur axborot tahdidiga 
qarshi fikr bildirasiz? Siz o‘rtog‘ingizning buzg‘unchi g‘oyaga ergashayotganiga o‘zin
-
gizni aybdor deb hisoblaysizmi? O‘rtog‘ingizni vatanparvar va milliy g‘ururi bor inson, 
deb hisoblaysizmi? O‘zingizni vatanparvar, millatparvar, xalqparvar, deb hisoblaysiz
-
mi? Mazkur vaziyatdan qutilish uchun nima qilishi kerak?
Talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda refleksiv nuqtai nazarni shakllanti
-
rishga yo‘naltirilgan “Ideal” mashqidan foydalanish mumkin. Mazkur mashqni bajarish 
uchun muammoli savollar talabalar bilan birga ular uchun dolzarb va hayratlantiruvchi 
mavzular asosida shakllantiriladi. 
Mashq beshta qadam orqali amalga oshiriladi: 1) “I” – qiziq, muammo nimada – 
muammoni umumiy ko‘rinishda shakllantirish bosqichi; 2) “D” – muammoli savollar tu
-
zish – savol ko‘rinishida muammoni shakllantirish; 3) “YE” – muammoni hal etishning 
qandaydir yechimi bormi – dastlab individual, keyin juftliklarda ko‘proq yechim topish; 
4) “A” – tanlov qilish qanday qiyin – muammoning maqbul va ratsional yechimini tan
-
lab olish; 5) “L” – qiziquvchanlik, hayotda qanday kechadi – qarorni amalga oshirish 
jarayoni bosqichi. 
Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalarning dunyo miqyosida keng tarqali-
shi va jamiyatning rivojlanishida ahamiyati oshib borayotganligini inobatga olsak, endi 
talabalarda ham mazkur texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikma
-
larni shakllantirishi lozim ekanligini anglashimiz mumkin. Bu vazifani amalga oshirish 
jarayoni umumta’lim maktablarida o‘tiladigan barcha fanlar qatori tarix fanini o‘z ichiga 
qamrab olishi lozim. Chunki, bugungi kunda keng tarqalayotgan raqamli texnologiya
-
lar bilan bog‘liq dizayn sohalari hamda texnologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan 
multimedia ta’lim vositalarida ishlash asoslari tarix fani bilan bevosita bog‘liq. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin