Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
2-son qushimcha

Ilyosjon SIDDIQOV,
Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, 
falsafa fanlari doktori
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA BO‘LAJAK TARIX
O‘QITUVCHILARIDA INFORMATSION-ANALITIK 
KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING 
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASI
XXI 
asrda axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanis
-
hi barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida, xususan tarix 
fanini o‘qitishda ham zamonaviy talablar asosida ta’lim sifatini 
yanada oshirishni taqozo qilmoqda. Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamona
-
viy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng 
qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga ax
-
borot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda”.
Raqamli texnologiyalarning o‘rni YUNESKO tomonidan 2015-yilda “Ta’lim – 2030” 


7
doirasida qabul qilingan “Barqaror rivojlanish uchun ta’lim” dasturida ham alohida 
ta’kidlangan. Shu nuqtayi nazardan, Xalqaro ta’lim texnologiyalari jamiyati ma’lumotla
-
riga ko‘ra, texnologiya talabalarga axborot texnologiyalari bilan ishlash, muammolarni 
hal qilish va qarorlar qabul qilish, mazkur vositadan ijodiy va samarali foydalanuvchi 
bo‘lish imkonini beradi (ISTE, 2000). Ta’lim jarayonida texnologiyani qo‘llash orqali bu 
boradagi ko‘nikma va malakalarini shakllantirish talabalari kelajakdagi kasb-hunarga 
tayyorlashga yordam beradi. 
Bugungi zamonaviy talabalar allaqachon raqamli, kibernetik bo‘lib, ularning hayo
-
ti, nutqi, fikrlari, xatti-harakatlari murakkab qurilmalar va mahsulotlar bilan shakllantiril
-
gan. Zamonaviy bo‘lish bugungi davrning talablaridan biri. Shunday qilib, talabalarda 
raqamli texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishda tarix fani 
uchun ajratilgan o‘quv soatlari, mavzularda raqamli texnologiyalar bilan ishlash im
-
koniyatlarini inobatga olgan holda o‘quv materiallarni ikki guruhga ajratish mumkin: 
nazariy darslarda foydalanish uchun mo‘ljallangan interaktiv vositalar hamda amaliy 
bajarish uchun mo‘ljallangan grafik ilovalar. 
Raqamli texnologiyalar yordamida yaratiladigan multimediali formatdagi materi
-
allar o‘zining tasvirlarni aniq taqdim qilish, ma’lumotlarni yanada chuqurroq anglash 
uchun maxsus effektlarni yarata olish hamda keng ko‘lamli vizual ma’lumotlar taqdim 
eta olish imkoniyatlari bilan ta’lim sohasida beqiyos salohiyatga ega. Pedagogning 
raqamli texnologiyalar borasidagi savodxonligi uning darslarni tashkil etishi, ma’lumot
-
larni tez va sifatli yetkazib berishi hamda talabalarda ham zamonaviy bilimlarni shakl
-
lantirishida alohida o‘ringa ega. 
Raqamli texnologiyalar bilan ishlay olish o‘quv jarayonining har ikki subyekti fa
-
olligini oshiradi, o‘quv jarayonini individuallashuviga olib boradi, talaba shaxsining ri
-
vojlanishi rag‘batlantiriladi – uning qarorlari mustaqilligi, tashabbusi, vazifalarni aniq 
bajarishga bo‘gan talablar ortadi, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida mavzuni o‘zlashtirish 
bo‘yicha qaytar aloqa sezilarli darajada oshadi. Masalaning pedagogik tomoniga e’ti
-
bor qaratadigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash kerakki, informatsion raqamli texnologiyalarini 
joriy etish ta’limning asosiy tamoyillari – ko‘rgazmalilik va qulaylik tamoyillarini amalga 
oshirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonida qo‘llanmalarni (elektron yoki bosma) ishla
-
tish, shuningdek, ularni mustaqil ravishda ishlab chiqarish va har xil turdagi pedagogik 
ehtiyojlar uchun ko‘rgazmali material tayyorlash imkoniyatlari raqamli texnologiyalar 
asosida amalga oshiriladi. 
Informatsion texnologiyalari sohasida mahorat va bilimlarga ega bo‘lgan pedagog 
talabalarning turli yosh guruhlarida nazariy va amaliy bilimlar blokini o‘zlashtirish jara
-
yonini sezilarli darajada yengillashtirishi va tezlashtirishi, shuningdek, o‘rganilayotgan 
ma’lumotlarni taqdim etish uslubini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.
Hozirgi davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib bunday talablarga javob bera oladi
-
gan shaxsni shakllantirishda quyidagi mezonlarni tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb 
etadi:
1. Zamonaviy va ilg‘or ta’lim texnologiyalari.
2. Raqamli texnologiya + zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiya.
3. Xalqaro tajribalar.
Texnologiyalar bilan hamnafas yurish yoshlarni madaniyat bilan bog‘laydigan va 
ta’limda an’anaviy ravishda taklif qilinadigan modellarga qaraganda yoshlarni o‘rga
-
nish jarayoniga faolroq jalb qiladigan metodlarni loyihalashtirish, yaratishga ko‘mak
-
lashadi hamda talabalardagi tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiradi. Shuningdek, raqamli 


8
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
texnologiyalar darslardagi interfaollikni ham oshirishga xizmat qiladi. Interfaollik tus
-
hunchasi bu yangi muhitda o‘rganish haqida fikr yuritganimizda asosiy xususiyatga 
aylanadi. Ta’lim nazariyotchilari o‘tmishda auditoriya sharoitida interaktivlikka katta 
e’tibor be rishgan, lekin asosan guruhda muammolarini hal qilish, guruhli muhokama, 
qisqa namoyishlarni kiritish yoki qisqa, asossiz yozish kabi ta’lim strategiyalariga e’ti
-
bor berishgan, mashqlar, fikr-mulohazalar, bahs-munozaralar, muammolarni hal qilish 
modellari va rolli o‘yinlaridan foydalanishgan. Hozirda esa mazkur metodlar bilan bir 
qatorda yangi vositalar orqali interaktivlikning o‘rni va uning faol ta’lim bilan aloqasi 
o‘rganilmoqda.
Raqamli texnologiyalarni tarix ta’limida o‘qitishda qo‘llash borasida fikr yuritilgan
-
da, ta’lim mazmuniga mosligi va talabalarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompeten
-
siyalar bilan bog‘liqligini inobatga olish zarur. Xususan, Pepplerning fikricha raqamli 
texnologiyalarning tarkibiy qismi bo‘lgan informatsion ta’minotni yaratish uchun muhim 
uchta keng tushunchalar mavjud: 
– o‘quv jarayonida faol ishtirok etish; 
– yoshlarning o‘z ishi bilan shaxsiy aloqasi, bu o‘rganishga umumiy muhabbatni 
uyg‘otadi va avvalgi tajribalariga asoslanadi; 
– keng jamoatchilik uchun muhim bo‘lgan loyihalarni yaratish.
Raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida informatsion- 
analitik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasining tashkiliy-pedagogik komponen
-
tini takomillashtirish maqsadida ikkita blokdan iborat o‘quv topshiriqlari majmui ishlab 
chiqildi: informatsion-analitik kompetensiyani va tarixiy-analitik kompetensiyani rivoj
-
lantirishga doir.
I. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin