4
X
alq
a’limi
T
Inson ilmu ziyosi, kasbu kori bilan go‘zal erur. Beshikdan to qabrgacha ilm olishga
intilib, hayoti davomida biror bir hunarning etagidan tutmoqlik xatto muqaddas islom
dinida ham farz sanalgan. Buyuklarimiz ilmni yorug‘lik, nuru ziyoga qiyoslashgan. Ilmga
oshno qalbning hayot yo‘llari hamisha charog‘on bo‘lib, umri davomida hurmatu ehti-
romga loyiq, nomlari ham boqiy yashagaydir. Bilimli kishining hayot yo‘llari poyoniga
yetsa ham nomi hamisha tirik, ilmsizni esa garchi ul tirik bo‘lsa-da, tiriklikda ham misoli
o‘lik, deyish mumkin. Demakki, inson umri mobaynida ilm olib, kelgusi avlodlariga
doimiy ulashishni farz qilgan ekan, buni biz bizgacha saqlanib kelinayotgan o‘lmas
bitiklar, betakror asarlar, boy adabiyotlarda ko‘rishimiz mumkin.
Farzandi ulg‘aygani sari ilm olishiga sharoit yaratib, o‘ziga munosib biror kasbu
hunar tanlashga yo‘l ko‘rsatib borishlik azaldan oilaviy an’anaga aylanib ulgurgan. Bu
o‘rinda muhimi – ota-onaning farzandiga ilmu hunar o‘rgatishi bilan birga axloq va
odob fazilatlarini tobora ko‘proq o‘qtirib borishlari hamda o‘z farzand va nabiralariga
yaqindan ko‘maklashishlari samaraliroqdir.
Binobarin, bolaga ta’lim-tarbiya berish – e’tiborli, mashaqqatli va albatta uzoq vaqt
talab etadigan mas’uliyatli jarayondir. Bugungi kunda ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar
bo‘layotgan bir paytda bog‘cha yoshidan boshlab bolaning qarashlarini o‘rganish,
qiziqishlariga sayqal berish hamda boyitish, kerak bo‘lsa, shu davrdanoq kasbga
yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Ta’bir joiz, ta’lim-tarbiyaning hamohangligi va uzluk
-
siz kasbga yo‘naltirish masalalarining tub ildizi ham shu maskandan, shu davrdan
una boshlaydi. Bu esa ta’lim tizimida ayni damda ilgari surilayotgan dolzarb va aslo
kechiktirib bo‘lmaydigan, ya’ni bolani uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirishdek rejadagi
sharafli islohotlarga o‘zining mustahkam poydevorini qo‘yadi.
Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarni uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari
ta’lim tizimining eng muhim vazifasi bo‘libgina qolmay, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosati darajasida ham ko‘tarildi. Shu bilan bir paytda, ta’lim tizimida olib borilayotgan
tub o‘zgarishlar hamda islohotlar e’tiborlidir.
Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflaridayoq bolalarning ijtimoiylashuvi,
ularda o‘z qiziqishlariga mos ravishda ma’lum bir kasblarni tanlash motivatsiyaning
shakllanganligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarining mavjudligi, ma’naviy ruhiy va
aqliy salohiyat darajasining ta’lim talablariga mutanosibligi bilan izohlanadi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, boshlang‘ich,
o‘rta va yuqori sinf, professional ta’lim o‘quvchilari hamda oliy ta’lim talabalarining yosh
hususiyatlarini inobatga olgan holda uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib
borish hamda ularda mehnat ko‘nikmalari va malakalarini rivojlantirish, kasbiy o‘zlikni
anglash, kasbiy tanlov va kasbiy qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirish
oldimizda turgan eng muhim vazifa ekaligini bilamiz.
Erta kasb-hunarga yo‘naltirish bosqichida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tar-
biyachilar tomonidan “Kasblar alifbosi” bilan tanishtirish, boshlang‘ich kasb-hunarga
Dostları ilə paylaş: