Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


UZLUKSIZ KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARI



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
2-son qushimcha

UZLUKSIZ KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARI
(TAVSIYA)
TAHRIRIYAT


5
yo‘naltirish bosqichida boshlang‘ich sinflarda (1- 4-sinflar) kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilar uchun “Kim bo‘lsam ekan?” texnologiya darsi hamda sinf soatlari, o‘quv 
mashg‘ulotini amalga oshirish, qidiruv-rivojlantiruvchi kasbga yo‘naltirish bosqichida 
o‘rta sinflar (5- 6- 7-sinflar) umumta’lim maktablarining kichik va o‘rta yoshdagi o‘smirlar 
uchun “Kasblar olamiga sayohat” sinf soatlari va texnologiya darslari hisobiga o‘quv 
mashg‘uloti tashkil etish, shaxsning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish va rivojlantirish 
bosqichi kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida 
(8- 9-sinflar) katta yoshdagi o‘smirlar uchun “Men orzu qilgan kasb” maktab ixtiyoridagi 
soatlar va texnologiya darslari hisobiga psixologik-pedagogik tashxis metodikalari sinf 
soatlari o‘tkazish, kasbiy o‘zlikni anglash bosqichida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
yuqori sinf o‘quvchilari (10-11-sinf) va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida 
o‘z tanlagan kasb-hunarlariga dastlabki kirish, kasbiy tanlovning aniqlashtirish hamda 
mustaxkamlash yuzasidan ta’lim muassasasida, ishlab chiqarish korxonalaridagi “Men 
tanlagan kasb” psixologik-pedagogik tashxis metodikalari mustaqil va ma’naviyat 
soatlari, amaliy mashg‘ulotlar hamda amaliyot hisobiga kasbiy faoliyatdagi amaliy 
mashg‘ulotlar orqali olib boriladi. 
Oliy ta’lim bosqichida ham kasbiy tanlovni ongli ravishda tanlagan, ota-ona maslahati 
va tengdoshlariga ergashib, shuningdek, kasbni tasodifan tanlagan shaxslar uchraydi. 
Ularning har biri bilan induvidual yondoshgan holda tyutorlar (guruh rahbarlari), ishlab 
chiqarish ustalari va fan o‘qituvchilari tomonidan kasbiy maslahatlar, to‘g‘ri kasbga 
yo‘naltirish ishlari amalga oshirilishi lozim bo‘ladi.
Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda texnologiya (mehnat 
ta’limi) o‘qituvchilariga, professional ta’lim muassasalari maxsus fan o‘qituvchilari, guruh 
rahbarlari, oliy ta’lim tashkilotlari tyutorlari, umumkasbiy hamda maxsus fan o‘qituvchilari 
uchun amaliy faoliyatlarini tashkil etishning quyidagi bosqichlarini tavsiya etamiz:
Birinchi bosqich – “Kasblar alifbosi” bilan tanishish, erta kasb-hunarga yo‘naltirish.
Ikkinchi bosqich –“Kim bo‘lsam ekan?” boshlang‘ich kasb-hunarga yo‘naltirish. 
Uchinchi bosqich–“Kasblar olamiga sayohat” qidiruv-rivojlantiruvchi kasbga 
yo‘naltirish.
To‘rtinchi bosqich – “Men orzu qilgan kasb” shaxsning kasbiy yo‘nalganligini 
shakllantirish va rivojlantirish.
Beshinchi bosqich – “Men tanlagan kasb” kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy moslash-
ish, kasbiy o‘sish va shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi.
Oltinchi bosqich – “Kasbiy barqarorlashuv” kasbiy qaror qabul qilish va kasbiy 
tanlovning yakuniy bosqichi. 
Hozirda kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari mamlakatimiz siyosatining ustivor 
yo‘nalishlaridan biri sanalib kelinmoqda. Azaldan qadr topgan ilm ahli va kosiblarning 
hozirda ham hurmat topayotganlari quvonarli, albatta. Buni biz yurtimizda har yili turli 
kasb egalari va ma’rifatli insonlarning ilm-fan hamda xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi 
fidokorona mehnatlari uchun yuksak mukofotlar bilan taqdirlanayotganlari misolida 
ham ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa shulki, ota-ona yoxud ustoz bolani yoshlik chog‘idanoq bilim olishi va hunar 
o‘rganishi uchun to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatsa, kelgusida kamol topachak avlod yanada barka-
mol bo‘ladi. Bunda ayniqsa, boshqa xalqlarda deyarli uchramaydigan ustoz-shogirdlik 
an’anasi asrlar mobaynida davom etishining ijobiy natija berishi shubhasizdir.


6

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin